188
Faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib, ishlab
chiqarilgan mahsulotning sifati hisoblanadi. Mahsulot sifatining oshishi o‗z
navbatida sotilgan mahsulot hajmining oshishiga va foydaning ko‗payishiga,
oqibatda rentabellik darajasining yuqori bo‗lishiga sababchi bo‗ladi.
Mahsulot sifati navlar bo‗yicha belgilanadigan mahsulotlarni ikki kategoriya
bo‗yicha tarkiblash mumkin:
- oliy sifat kategoriyasi;
- birinchi sifat kategoriyasi.
Mazkur sifat kategoriyalari orqali mahsulotning xalqaro va mamlakat
standarti talablariga mosligi o‗rganiladi.
Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mahsulotga
bo‗lgan talabni to‗laroq qondiradi, tovar pul muomalasini tezlashtiradi, eksport
imkoniyatlarini oshiradi.
Mahsulot sifati qator ko‗rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Xarakterli
xossalariga ko‗ra belgilangan belgilangan me‘yorlarga (xalqaro va mamlakat
standartlariga mosligi), pishiqligi, puxtaligi, chidamliligi, va h.k. ko‗rsatkichlari
bilan farqlanadi.
5.10-jadval
Dostları ilə paylaş: