Asosiy vositalar tarkibi tarmoqning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi va
korxonalarning ishlab chiqarish-texnik xususiyatlarini aks ettiradi. Fondlar
tarkibini tahlil qilishda aktiv va passiv qismlar nisbatini aniqlash zarur.
Fondlarning aktiv qismi mehnat predmetiga bevosita ta‘sir qiladi. Passiv qismni
ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni vujudga
keltiruvchi fondlar tashkil qiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda fondlarning aktiv qismi
tarkibi bo‘yicha yagona qarash shakllanmagan. Ayrimlar bino va inshootlarni
hisobdan chiqargan holda barcha fondlarni aktiv qism deb hisoblasa, boshqalar –
faqatgina mashina va uskunalarni aktiv qism deya e‘tirof etadilar.
Sanoatning aksariyat tarmoqlarida fondlarning aktiv qismiga mashina va
uskunalar (ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi mashina va uskunalar, o‘lchash va
me‘yorlash pribor hamda moslamalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi,
boshqa mashina va uskunalar), shuningdek, transport vositalari kiritiladi.
Fondlarning passiv qismini bino va inshootlar tashkil qiladi. Biroq ayrim sanoat
tarmoqlarida – elektr energetikasi, neft-kon sanoati, gaz va boshqalarda inshootlar
fondlarning aktiv qismi tarkibiga kiritiladi. Keyingi hisob-kitoblarda biz mashina
va uskunalar qiymatidan kelib chiqamiz, chunki ular mahsulot ishlab chiqarish
o‘sishiga, mehnat unumdorligi oshishiga bevosita ta‘sir qiladi va fond qaytimi
dinamikasini belgilab beradi.
206
6.3-jadval Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili Fond nomi Yil boshi uchun Yil oxiri uchun Mutlaq o‟zgarish O‟sish sur‟ati,