6.2. Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili Asosiy vositalar xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatida, ayniqsa ishlab
chiqarish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki asosiy vositalarsiz ishlab
chiqarish jarayonini tashkil etish imkoni bo‘lmaydi.
Asosiy vositalarning to‘g‘ri buxgalteriya hisobining zaruriy sharti – bu
ularni baholashning yagona tamoyilidir. Asosiy vositalarni baholashning quyidagi
bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi:
boshlang‘ich;
tiklanish;
joriy;
qoldiq;
tugatish.
Boshlang‟ich qiymat (5-sonli BXMS 3-bandi, d-abzats) – to‘langan va
qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal
bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
etkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa
xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib
bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymati.
Tiklanish qiymati belgilangan narx indeksi
, tiklanish qiymati aniqlab
bo‘lingan
o‘xshash turdagi mahsulotlar narxi, narx o‘zgarishlarining
yiriklashtirilgan koeffitsientlari yordamida aniqlanadi. Asosiy vositalar qiymatini
ishlab chiqarishning o‘zgargan iqtisodiy va texnik shart-sharoitlariga
mutanosiblikka keltirish uchun davriy ravishda asosiy vositalarni qayta baholash
amalga oshiriladi. Tiklanish qiymati asosiy vositalarning real miqdorini qoplash
uchun zarur asosiy vositalar miqdorini aniqlashga imkon beradi.
Joriy qiymat (5-sonli BXMS 3-bandi, e-abzats) – ma‘lum sanadagi amal
qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor
qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni
204
amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli
bo‘lgan summa.