Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Qoldiq qiymat (5-sonli BXMS 3-bandi, j-abzats)



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Qoldiq qiymat (5-sonli BXMS 3-bandi, j-abzats) 

 
jamlangan 
amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich 
(tiklash) qiymati. 
Tugatish qiymati (5-sonli BXMS 3-bandi, z-abzats) 

 
asosiy vositalarning 
chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan 
foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan 
aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. 
Mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar barcha korxonalar uchun asosiy 
vositalarni baholash tamoyillari deyarli bir xil, biroq mulkni qayta baholash
rekonstruktsiya, mavjud bino yoki inshootlarni qayta jihozlash yoki qurib bitkazish 
jarayonida boshlang‘ich qiymat o‘zgarishi mumkin. 
O‘z mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy vositalar ikki guruhga ajratiladi: 

ishlab chiqarish; 

noishlab chiqarish. 
Asosiy vositalar tarkibi va harakati tahlilida hisobot ma‘lumotlari 
dinamikada ko‘rib chiqiladi. Bunda shuni ham nazarda tutish lozimki, asosiy 
vositalarning ishora qilingan ishlab chiqarish xarakteridagi ikkala guruhi bevosita 
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘langan, shuning uchun ular eng katta 
solishtirma og‘irlikka ega bo‘ladi. 
6.2-jadval 
Asosiy vositalar tarkibi va dinamikasi tahlili 
Asosiy vositalar 
guruhlari 
Yil boshi uchun 
Yil oxiri uchun 
O‟zgarishi ( +;- ) 
Summa, 
mln. 
so‟m 
Salmog‟i, 

Summa, 
mln. so‟m 
Salmog‟i, 

Summa, 
mln. 
so‟m 
Salmog‟i, 

Asosiy vositalar - jami 
4594,7 
100 
5759,9 
100 
+1165,2 
+25,3 
jumladan, ishlab 
chiqarish 
3446 
75 
4493 
78 
+1047 
+30,3 
Noishlab chiqarish 
1148,7 
25 
1266,9 
22 
+118,2 
+10,3 


205 
Jadval ma‘lumotlari ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish yo‘nalishidagi asosiy 
vositalarning ulushi yil boshidagi 75% dan yil oxirigacha 78% gacha o‘sib, 
noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar ulushi mos ravishda pasaygan. 
Asosiy vositalar tarkibida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniqlash uchun 
ularning tarkibini tahlil qilish zarur. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin