Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Moliyaviy hisobotlar 
– tadbirkorlik subyektining 
moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining tartibga solingan ifodasidir. Moliyaviy 
hisobotlarning 
maqsadi
turli foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul 


304 
qilishda foydali bo‗lgan, tadbirkorlik subyektining moliyaviy holati, moliyaviy 
natijalari va pul oqimlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni ta‘minlashdan iboratdir. 
Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan 
resurslar boshqarilishining natijalarini aks ettiradi. Ushbu maqsadga erishish 
uchun, moliyaviy hisobotlar tadbirkorlik subyektiga tegishli bo‗lgan quyidagi 
jihatlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni ta‘minlaydi: aktivlar, majburiyatlar, kapital, 
daromad va xarajatlar, foyda va zararlar, mulk egalari tomonidan ularning mulk 
egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo‗yilmalar va ularga taqsimlanadigan 
summalar.
Ushbu ma‘lumotlar, izohlardagi boshqa ma‘lumotlar bilan birga, moliyaviy 
hisobotlardan foydalanuvchilarga tadbirkorlik subyektining kelgusi pul oqimlarini 
va, xususan, ularning muddatini va aniqliligini bashorat qilishda yordam beradi. 
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, buxgalteriya balansi bu xo‗jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy holati to‗g‗risida ma‘lumot beradi va shu sababli ham 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobot 
nomi ko‗proq zikr etiladi. 
Moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobot ikki davrga ya‘ni, davr boshi va oxiriga 
tuziladi va bitta hisobot shaklida aks ettiriladi. Bu bevosita moliyaviy holatning 
tahliliyligini ta‘minlash va o‗zgarishlarni bir paytning o‗zida aniqlash zaruriyati 
tufayli belgilangan. Bu tartib moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida 
quyidagicha izohlanadi. 
―Tadbirkorlik subyekti, kamida, ikkita moliyaviy holat to‗g‗risidagi 
hisobotlarni, ikkita foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar 
to‗g‗risidagi hisobotlarni, ikkita alohida foyda yoki zarar to‗g‗risidagi hisobotlarni 
(agarda taqdim etiladigan bo‗lsa), ikkita pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobotlarni va 
ikkita kapitaldagi o‗zgarishlar to‗g‗risidagi hisobotlarni hamda tegishli izohlarni 
taqdim etishi lozim‖.
30
Bu tartib minimal qiyosiy tahlil qilish sharti tufayli 
belgilangan. 
30
МҲХС ―Молиявий ҳисоботларни тақдим этиш‖ тўғрисидаги, 38 модда 


305 
Xo‗jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida 
yana shunday muhim jihat aks etganki, subyektlar minimal qiyosiy moliyaviy 
hisobotlarga qo‗shimcha tarzda oldingi davrning boshiga bo‗lgan moliyaviy holat 
to‗g‗risidagi uchinchi hisobotni ham taqdim etishi lozim, agarda: 
(a) u hisob siyosatini retrospektiv tarzda qo‗llasa, o‗zining moliyaviy 
hisobotlaridagi moddalarni retrospektiv tarzda qayta hisoblasa yoki ularni qayta 
tasniflasa;
(b) retrospektiv qo‗llash, retrospektiv qayta hisoblash yoki qayta tasniflash 
oldingi davr boshidagi moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobotda aks ettirilgan 
ma‘lumotlarga muhim darajada ta‘sir etgan bo‗lsa. 
Yuqoridagi tartibga ko‗ra, xo‗jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holat 
to‗g‗risidagi uchta hisobotlarni quyidagi davr holatlariga taqdim etishi lozim: 
(a) joriy davr oxiriga; 
(b) oldingi davr oxiriga;
(d) oldingi davr boshiga. 
Ma‘lumotlarning davrlararo qiyosiyligini oshirish foydalanuvchilarga 
iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda, ayniqsa bashorat maqsadlarida, moliyaviy 
ma‘lumotlardagi tendensiyalarni baholash uchun imkoniyat yaratadi.
Ba‘zi holatlarda, joriy davrga nisbatan qiyoslanuvchanlikka erishish uchun 
muayyan oldingi davrdagi qiyosiy ma‘lumotlarni qayta tasniflashning imkoni 
bo‗lmaydi. Masalan, tadbirkorlik subyekti qayta tasniflashga imkon beradigan 
tarzda oldingi davr(lar)dagi ma‘lumotlarni yig‗magan bo‗lishi mumkin va 
ma‘lumotlarni qayta yaratish imkoni bo‗lmasligi mumkin. 
Minimum darajada, moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobot quyidagi 
summalarni aks ettiradigan satrlarda ko‗rsatiladigan moddalarini o‗z ichiga olishi 
lozim: (a) asosiy vositalar; (b) investitsion mulk; (d) nomoddiy aktivlar; (e) 
moliyaviy aktivlar; (f) ulush bo‗yicha hisobga olish usuli bo‗yicha hisobga olingan 
investitsiyalar; (e) biologik aktivlar; (j) tovar-moddiy zaxiralar; (z) savdo bo‗yicha 
va boshqa debitorlik qarzlari; (i) naqd pullar va naqd pul ekvivalentlari; (y) 
sotishga mo‗ljallangan sifatida tasniflangan aktivlar va sotishga mo‗ljallangan 


306 
sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan 
aktivlari; (k) savdo bo‗yicha va boshqa kreditorlik qarzlari; (l) rezervlar; (m) 
moliyaviy majburiyatlar; (n) joriy soliq bo‗yicha majburiyatlar va aktivlar; (o) 
muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari va muddati uzaytirilgan soliq aktivlari; 
(p) sotish uchun mo‗ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan 
moddalarning guruhlariga kiritilgan majburiyatlar; (r) kapital tarkibida aks 
ettirilgan, nazorat kuchiga ega bo‗lmagan ulushlar; (s) bosh tashkilotning mulk 
egalariga tegishli bo‗lgan, chiqarilgan kapital va kapitaldagi rezervlar. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy holatini tushunishda o‗rinli 
bo‗lsa, moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobotning satrlarida ko‗rsatiladigan 
qo‗shimcha moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim etishi lozim. 
Agar xo‗jalik yurituvchi subyekt o‗zining moliyaviy holati to‗g‗risidagi 
hisobotida joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli 
majburiyatlarni alohida turkumlar sifatida aks ettirsa, u muddati uzaytirilgan soliq 
aktivlarini (majburiyatlarini) joriy aktivlar (majburiyatlar) sifatida tasniflamasligi 
lozim. 
Xo‗jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobotda alohida 
taqdim etilishi o‗rinli bo‗lgan mohiyati yoki vazifasi jihatidan etarlicha 
farqlanadigan moddalarning ro‗yxatiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
(a) moddalar hisobotning alohida satrlarida ko‗rsatiladi, qachonki 
moddaning yoki o‗xshash moddalar guruhining hajmi, xususiyati yoki vazifasi 
xo‗jalik subyektining moliyaviy holatini tushunish uchun ushbu moddalarning 
alohida taqdim etilishini talab etsa;
(b) xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini tushunishda o‗rinli 
bo‗lgan ma‘lumotlarni ta‘minlash uchun foydalanilgan tavsiflar va moddalarning 
yoki o‗xshash moddalar guruhining tartibi xo‗jalik yurituvchi subyekt va uning 
operatsiyalarining mohiyatidan kelib chiqib o‗zgartirilishi mumkin.
Xo‗jalik yurituvchi subyekt quyidagilarni baholash asosida qo‗shimcha 
moddalarni alohida taqdim etishi mumkin: 
(a) aktivlarning xususiyati va likvidliligi; 


307 
(b) tadbirkorlik subyekti ichida aktivlarning vazifasi;
(d) majburiyatlarning summasi, xususiyati va muddati. 
Subyekt, moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobotda yoki unga izohlarda, uning 
faoliyatiga to‗g‗ri keladigan ravishda tasniflangan va aks ettirilgan, satrlarda 
ko‗rsatiladigan 
moddalarining 
ikkilamchi 
batafsilroq 
qilib 
tasniflangan 
moddalarini ochib berishi mumkin. 
Xo‗jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobotga izohlar, 
qaydlar va tushuntirishlarda‚ shuningdek‚ quyidagilarni ochib berishi lozim: (a) 
asosiy vositalar, (b) debitorlik qarzlari, (d) tovar-moddiy zaxiralar, (e) zaxiralar, (f) 
kapitalning turkumlanishi haqidagi ma‘lumotlar. 
Subyekt moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobotda yoki kapitaldagi 
o‗zgarishlar to‗g‗risidagi hisobotda, yoki izohlarda, quyidagilarni ochib berishi 
lozim:
(a) aksiyadorlik kapitalining har bir turkumi bo‗yicha (chiqarishga ruxsat 
etilgan aksiyalarning soni, chiqarilgan va to‗liq to‗langan aksiyalarning soni hamda 
chiqarilgan, lekin to‗liq to‗lanmagan aksiyalarning soni, har bir aksiyaning 
nominal qiymati, yoki aksiyalar nominal qiymatga ega emasligi, muomaladagi 
aksiyalar sonining davr boshiga va oxiriga solishtirmasi, ushbu turkumga 
biriktiriladigan huquqlar, imtiyozlar va cheklovlar, jumladan dividendlarni 
taqsimlash va kapitalni qaytarish bo‗yicha cheklovlar, subyekt yoki uning sho‗ba 
yoki qaram tadbirkorlik subyektlari egalik qilayotgan boshqa tadbirkorlik 
subyektidagi ulushlari, opsionlar va aksiyalarni sotish shartnomalari bo‗yicha 
chiqarish uchun saqlanayotgan aksiyalar, shu jumladan ularning shartlari va 
summalari); 
(b) kapitaldagi har bir rezervning xususiyati va maqsadining tavsifini. 
Moliyaviy holat tahlili oldiga qo‗yiladigan asosiy vazifalarni manbalarga 
tayangan holda quyidagi qatorlarda umumlashtirish va tarkiblash mumkin.
31
31
Рахимов М.Ю. Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 
2013. - 388 с., K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION 
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
31



308 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar: 
- mulk, kapital va majburiyatlarini, ularning o‗zgarishlarini tahlil etish; 
- to‗lovga qobillik va mablag‗lar harakatchanligini tahlil etish; 
- asosiy va aylanma kapitalini tahlil etish; 
- iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini tahlil etish; 
- ish aktivligini tahlil etish; 
- firma va kompaniyalar moliyaviy barqarorligini tahlil etish; 
- debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini tahlil etish; 
- iqtisodiy va moliyaviy reytingini baholash; 
- moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan mavjud ichki imkoniyat- 
larni aniqlash va ularni yo‗lga qo‗yish chora-tadbirlarini belgilab olishdan 
iboratdir.
10.11-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin