Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Buxgalteriya balansini “o„qish” 
Korxonalarning moliyaviy hisobotlarini o‗qish undagi pul munosabatlariga
moliyaviy holatiga baho berish uchun muhimdir. 
Moliyaviy hisobot va moliyaviy hisobotlarni ―o‗qish‖ga olimlar tomonidan 
turlicha tavsiflar beriladi. 
Moliyaviy hisobotlarni ―o‗qish‖ so‗zi juda keng ma‘noli tushuncha.
Balansni qanday ―o‗qish‖ mumkin? Uni ―o‗qish‖ orqali nimalar o‗rganiladi? 
―O‗qish‖ tahlil usulimi yoki tahlil o‗qishning usulimi? Bu kabi savollarga javob 
topish yuzasidan uning lug‗aviy ma‘nosini tushunib olish lozim.
―O‗qish‖ga matnni tushunishga qaratilgan murakkab kodlash jarayoni deb 
qaraladi. Lekin moliyaviy hisobotlarda matnlar yo‗q, unda faqat ko‗rsatkichlar, 
qatorlar va ularga tegishli raqamlar mavjud. 
―O‗qish‖ – til, muloqot, axborot va g‗oyalarni almashish vositasidir. 
―O‗qish‖ ijodiy yondashuvni va tanqidiy tahlilni talab etadi.
―O‗qish‖ga qonunlar yo‗q, o‗qish paytida hech narsa cheklanmadi. 


311 
―O‗qish‖ moliyaviy hisobotlar, moliyaviy tahlilning muhim va dastlabki 
usuli hisoblanadi. 
O‗qish deganda adabiy tilda matnni o‗qish va tovushlarda ifoda etish 
tushuniladi. Moliyaviy hisobotda esa yondashuv biroz murakkablashadi.
―O‗qish‖ so‗zi moliyaviy hisobotlar va ularning shakllariga nisbatan 
ishlatishning mohiyati shundaki, ushbu hisobotlar faqat raqamlar ifodasidagi 
ko‗rsatkichlarni tartibli joylashtirishdan iborat matnga o‗xshaydi. Matndagi 
raqamlar nimani ifoda etishini bilgan holdagina, matnni o‗qish mumkin. Sodda 
qilib aytganda, moliyaviy hisobotlarni o‗qish deganda korxona moliyaviy ahvolini, 
moliyaviy natijalarini, pul mablag‗lari va xususiy kapitalini moliyaviy hisobot 
shakllarida raqamlarda yashiringan so‗zlar orqali bilish, tushunish, anglash 
tushuniladi.
Moliyaviy hisobotni ―o‗qish‖ni mazmunini nima tashkil etadi. Bizningcha, 
moliyaviy hisobotni o‗qish deganda ko‗rsatkichlarni arifmetik hisob-kitoblarsiz uni 
mantiqiy tavsiflash tushuniladi.
―O‗qish‖ uchun alifbo asoslarini bilish lozim. Moliyaviy hisobotlarni 
o‗qishda bunday asos bo‗lib, moliyaviy hisobot qatorlarida aks etgan tushunchalar 
hisoblanadi. Ularning bir qismi barcha uchun tushunarli bo‗lishi mumkin, lekin 
ayrim qatorlarini faqat maxsus bilimga va kasb malakasiga ega bo‗lganlar 
tomonidangina tushuniladi. Bunda tushunchalar sifatida moliyaviy hisobotning
balansning istalgan qatorini keltirish mumkin. Masalan: moliyaviy qo‗yilmalar, 
investitsiyalar, majburiyatlar, kapital, pul ekvivalentlari, zaxiralar va h.k. Shu 
sababli, balansni o‗qishdan oldin uning barcha moddalarini tushunib olish talab 
etiladi. Nafaqat ularni tushunish balki, baholanishi, faoliyatdagi rolini, boshqa 
tushunchalar bilan aloqasini, iqtisod va moliyaviy jihatdan uning o‗zgarishlarini 
ahamiyatini ham anglash talab etiladi.
 
Buxgalteriya balansini o‗qish orqali: 
- korxona to‗g‗risida muhim ma‘lumotlarni olish; 
- aylanma mablag‗larni ta‘minlanish darajasini baholash; 
- o‗z aylanma mablag‗lari bilan ta‘minlanganligini bilish; 


312 
- korxonaning moliyaviy holatini dastlabki baholash imkoni tug‗i- 
ladi. 
Buxgalteriya balansini dastlabki o‗qishda moliyaviy jihatdan quyidagilar 
o‗rganiladi: 
- aktivlarning umumiy summasi va uning yil davomida o‗zgarishi; 
- xususiy sarmoya va majburiyatlarning summasi, ularning yil davomida 
o‗zgarishi; 
- uzoq muddatli va joriy aktivlarni moliyalashtirish holati va ularning 
o‗zgarishi; 
- debitorlik va kreditorlik qarzlari tarkibi, holati va o‗zgarishi; 
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning tarkibi, holati va o‗zgarishi; 
- joriy aktivlarning tarkibiy tuzilishi va o‗zgarishi. 
Buxgalteriya balansi asosida moliyaviy holat baholanadi. Shu sababli 
moliyaviy holat tahlili deganda ko‗pincha buxgalteriya balansi tahlili tushuniladi. 
Uning muhim yo‗nalishlariga quyidagilar kiradi: 
1.
Qisqa muddatga moliyaviy holat tahlili
2.
Uzoq muddatga moliyaviy holat tahlili; 
3.
Korxona ish aktivligi tahlili. 
Moliyaviy hisobotni tahlil etish
deganda – korxonaning muayyan sanaga 
bo‗lgan moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‗zgarishlar haqidagi 
axborotlarni analitik qayta ishlash jarayonlari tizimi tushuniladi. 
Moliyaviy hisobotni o‗qishda, bir xil holatning har xil jihatlarini aks 
ettiruvchi hisobot shakllaridagi ma‘lumotlarning o‗zaro mosligiga ham ahamiyat 
qaratiladi. Masalan, buxgalteriya balansida ayrim qatorlar boshqa moliyaviy 
hisobot shaklining tegishli qatorlari bilan mos kelishi lozim.
Buxgalteriya balansini o‗qish va tahlil etish orqali korxona moliyaviy 
holatiga baho berishda o‗rganiladigan masalalar kengligi sababli ularni bir tizimga 
solib olish talab qilinadi. 
Bu holatni quyidagi o‗rganiladigan mavzular bo‗yicha tuzib chiqish 
mumkin. 


313 
10.12-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin