10.6. Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to„lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta‟siri Korxonaning iqtisodiy resurslari.
Iqtisodiy resurslar bu – iqtisodiy manfaatlar ko‗rish yuzasidan mahsulot
ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‗rsatishda foydalaniladigan tabiiy,
ishlab chiqarish va inson omillaridir.
Iqtisodiy resurslar ko‗pincha ishlab chiqarish omillari ham deb yuritiladi.
Ular qatoriga mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (pul mablag‗lari, qimmatli
qog‗ozlar); moddiy-ashyoviy resurslar (bino va inshootlar, mashina va uskunalar,
tabiiy resurslar, energiya resurslari); nomoddiy resurslar (patentlar, nou-xoular,
bilimlar, axborotlar).
Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularning qiymatining
jamlangan hisobotlarda aks etishi nazarda tutiladi. Iqtisodiy resurslarni
buxgalterlar, analitiklar biznes tilida korxona aktivlari sifatida qarash mumkin.
Buxgalteriya balansida aktivlar (ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar
ko‗rsatishda) siklik jarayonda qatnashishi va muhim xususiyatlariga ko‗ra
(operatsion, investitsion, moliyaviy) uzoq muddatli va joriy aktivlarga
tarkiblangan. Uzoq muddatli aktivlarda asosiy kapitalning, joriy aktivlarda
aylanma kapitalning muhim tarkibiy birliklari ifoda etiladi.
Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularni moliyalashtirish
manbalarining tarkibiy tuzilishi (o‗z mablag‗lari va qarz mablag‗lari hisobiga)
nazarda tutiladi.
Korxonalarning o‗z majburiyatlarini (joriy va uzoq muddatli) to‗lash
imkoniyatlarini uning to‗lov layoqati ifoda etadi.
332
Iqtisodiy resurslar, ularning moliyaviy tuzilmasi va to‗lov layoqati korxona
moliyaviy barqarorligining muhim ta‘sir birliklari hisoblanadi.
10.22-jadval