Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Mahsulot sotish hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari va natija



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Mahsulot sotish hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari va natija 
aloqadorligini ko„rsatkichlar tizimi 
Daromad 
Xarajat 
Natija 



Mahsulot sotishdan sof 
tushum 
(2500.0 m.s.) 
Sotilgan mahsulotni ishlab 
chiqarish tannarxi 
(2250.0 m.s.) 
Mahsulot sotishdan yalpi 
foyda 
(250.0 m.s.) 
A)O‗zgaruvchan xarajatlar 
(2000.0 m.s.) 
Marjinal foyda 
(500.0 s.m.) 
B)O‗zgarmas xarajatlar 
(250.0 m.s.) 
Mahsulot sotishdan sof 
foyda 
(250 m.s.) 
Operatsion faoliyatdan 
tushum 
(230.0 m.s) 
Operatsion xarajat 
(335.0 m.s) 
Operatsion faoliyatdan 
foyda (zarar) 
(-105 m.s.) 
Jadval natijalaridan shuni xulosa qilish mumkinki; mahsulot sotishdan 
olingan sof tushum 2500.0 ming so‗mni va uning ishlab chiqarish tannarxi 2250.0 
ming so‗mni tashkil etgan. Mahsulot sotishdan ko‗rilgan natija 250 ming so‗m 
ijobiy farqlanishga ega bo‗lgan. 
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining ichida 2000.0 ming so‗mi 
o‗zgaruvchan xarajatlar, 250 ming so‗mi o‗zgarmas xarajatlar sifatida belgilangan. 
Bu orqali mahsulot sotishdan marjinal foyda va sof foyda ko‗rsatkichlari 
aniqlangan.
 
5.3. Mahsulot (ish, xizmat)larning kritik hajm darajasi va uning omilli 
tahlili 
 
Firma va kompaniyalar faoliyat yuritayotganda turli kutilmagan hodisalarga 
duch keladi. Bu esa to‗g‗ri baholashni talab etadi. Mahsulot (ish, xizmatlar)ni 
ishlab chiqarishda uning qanday hajmi korxonaga zararsiz ishlash imkonini 


178 
tug‗diradi yoki mahsulotning qaysi birligida mahsulot sotishdan olinadigan tushum 
to‗la o‗zgaruvchan va o‗zgarmas xarajatlarni qoplay oladi? 
Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini aniqlash yuzasidan 3 xil 
yondashuv mavjud: 
Grafik usul (mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlashning xarajat-tushum-
foyda aloqadorligidagi kompleks grafigi tuziladi); 
Tenglik usuli (Tushum-xarajat=foyda formulasidan iborat tenglikdan 
foydalaniladi); 
Marjinal 
daromad 
usuli 
(sotishdan 
sof 
tushum-o‗zgaruvchan 
xarajatlar=marjinal foyda-doimiy xarajatlar=yalpi foyda). 
Ushbu vazifani bajarish uchun firma va kompaniyalarda mahsulot ishlab 
chiqarishning kritik hajm darajasi ko‗rsatkichi aniqlanadi: 
ST-O‗X>DX 
Boshqacha qilib aytganda, rentabellikka erishishning eng afzal quroli – bu 
o‗zgaruvchan xarajatlarni minimallashtirish (kamaytirib borish)dir. Buning uchun 
rentabellikning chegaraviy nuqtasi, ya‘ni ―Zararsizlik nuqtasiˮni aniqlash zarur. 
―Zararsizlik nuqtasiˮ deganda foyda va zarur zonalarini bir-biridan ajratib 
turadigan chegaraviy nuqta tushuniladi. Bu nuqta xarajatlarni qoplash uchun zarur 
bo‗lgan, minimal oborot hajmini yoki minimal tushum hajmini ko‗rsatadi. Bu 
nuqtaga erishish tufayli ishlab chiqarilgan (sotilgan) qandaydir minimal mahsulot 
hajmi bilan korxona xarajatlarini butunlay qoplashga erishish mumkin. Bu g‗oya 
―marjinal foyda konsepsiyasiˮga asoslanadi. Uning formulasi quyidagicha: 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin