Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Tushum – O„X = MF – DX = Foyda
Bu yerda, 
MF- marjinal foyda 
O‗X- o‗zgaruvchan xarajatlar, ya‘ni: 
• ijara haqi; 
• doimiy maoshlar; 
• reklama xarajatlari; 


179 
• kommunal xizmat xarajatlari; 
• sug‗urta xizmat xarajatlari; 
• sug‗urta badallari; 
• soliqlar; 
•amortizatsiya ajratmalari. 
DX- doimiy xarajatlar, ya‘ni: 
• xomashyo va materiallar; 
• ishbay ish haqlari; 
• texnik xizmat ko‗rsatish; 
• mukofot summalari va h.k. 
Har bitta korxona mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasini tuzishda 
albatta kutiladigan foyda normasini hisoblashga va biznes samaradorligini 
baholashga ahamiyat berishadi. Foyda normasini belgilab olish, erkin bozor 
iqtisodiyoti sharoitida yanada murakkab masala hisoblanadi. Negaki uning hisob-
kitobida turli tahlikalarni (risklarni) hisobga olishga to‗g‗ri keladi.
Foyda normasini hisoblashni murakkabligi shundaki, bunda resurslar, 
mahsulotlar bahosi, soliqlar, to‗lovlar firma va kompaniyalar faoliyatiga bog‗liq 
bo‗lmagan holda o‗zgaruvchanlikka ega bo‗ladi. Ularni hisob-kitob qilish imkoni 
tug‗iladi qachonki aniq ko‗rsatkichlar manbasiga ega bo‗linsa. Bu manba 
inflyatsiyani ta‘sir darajasi, baholarning o‗zgarish holatlari, ishlab chiqarish 
xarajatlarini o‗zgaruvchanligi (mahsulot hajmi va resurslar bahosini o‗zgarishi 
hisobiga) bo‗lishi mumkin. 
Kritik hajm darajasini aniqlashga quyidagi hollarda murojaat qilinadi: 

korxona yangi tashkil etilganda; 

ishlab chiqarish va marketing tadqiqotlari tahlilida; 

yangi mahsulot turini ishlab chiqarish yoki eski mahsulot turini rad 
qilish qarorini tayyorlashda; 

ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda; 

mahsulotlarni tarkibiy o‗zgarishlarini amalga oshirishda. 
Kritik hajm tahlilida javob tayyorlanadigan yo‗nalishlar: 


180 

xarajatlarni kamaytirish mumkinmi? 

sotish hajmi o‗sadimi yoki kamayadimi? 

baho oshadimi yoki kamayadimi? 

doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlar qanday bo‗ladi? 
Kritik hajm darajasi doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlar summasi va
mahsulotlarni sotish baholari orqali hisob-kitob qilinadi. 
Sotishning tegishli hajmiga erishish uchun avvalo baho birligi belgilanishi 
lozim. Baho birligi belgilangandan keyin kritik hajm darajasi qaytadan hisob-kitob 
qilinadi. Agar olingan natija zararsizlik darajasini qanoatlantirmasa baho 
korrektirovka qilinadi va daraja hisob-kitobi qaytadan amalga oshiriladi. Marjinal 
foydaning ko‗zda tutilgan darajasiga erishilmasa, mahsulot tannarxini kamaytirish 
choralari ko‗riladi. 
Tahlil yakunida yakuniy zararsizlik darajasi hisob-kitob qilinadi va davriy 
oraliqda korxonaning moliyaviy rejasi belgilab olinadi. 
Kritik hajm darajasini tahlil etishning maqsadi – foyda olish imkoniyatini 
belgilashdan iborat. Agar korxonaning foydaga ishlash imkoniyatini aniq 
baholasak, ijobiy pul oqimlariga ega bo‗lish imkoniyatlari ham bilinadi. 
Doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlarni qanday hisob-kitob qilish mumkin? 
Ushbu xarajatlar buxgalteriya hisobining mahsulot ishlab chiqarish bo‗yicha 
xarajatlarini alohida, kalkulyatsiya moddalari bo‗yicha o‗rganish orqali bilib 
olinadi.
Xalqaro amaliyotda kritik hajm darajasini aniqlashda analitik tadbirlarning 
quyidagi metodikasi belgilangan. 
1.
O‗zgaruvchan va o‗zgarmas xarajatlar tarkiblanadi. 
2.
Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi belgilanadi 


181 
5.5-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin