13
harakatchanligi, bozor konyunkturasi o’zgarishlariga moslashuvchanligi va kam
sarmoya talab qilish hisobiga ishlab chiqarishni tez modernizatsiya qilish, ishlab
chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan
xizmat turlarini yangilash; -
uchinchidan, mulkdorlar o’rta sinfini shakllantirish asosida mamlakatda ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashga erishish. Shu boisdan
mamlakatimizda mustaqillik yillarida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini
yaratish, ular huquqini himoya qilish borasida
qonunchilikni mustahkamlash,
bozor infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.
Biznesni ro’yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, shuningdek,
faoliyatning alohida turlari bilan shug’ullanish huquqini beradigan litsenziya va
ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirilib, tartibga solindi. Belgilangan
soliq stavkasi miqdori sezilarli darajada kamaytirildi, ayrim jarima turlari butunlay
bekor qilindi. Biznes sohasiga davlatning aralashuvini cheklashga qaratilgan ishlar
davom etmoqda, biznes sub’ektlariga nisbatan har
qanday sanktsiya faqat sud
qarori bo’yicha qo’llanishi ustidan monitoring olib borilmoqda. Moliya, soliq va
statistika hisobotlarining barcha shakl hamda muddatlari keskin qisqartirildi.
Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilinib, kamaytirildi. Tadbirkorlarga avvalo,
kichik biznes sub’ektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori bo’lgan moddiy
resurslardan keng foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi
shakllandi. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi uchun
etarli darajada qulay imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilgan bo’lsada,
lekin
iqtisodiyotda hali ham uning ulushi dunyoning rivojlangan mamlakatlari darajasi
miqdoridan past bo’lib, bu sohada echimini kutayotgan tashkiliy, iqtisodiy,
huquqiy va ijtimoiy muammolar talaygina.
Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab-
quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani jiddiy
muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani
tejaydigan
texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi
iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda.
14
Shu nuqtai nazardan davlatning innovatsion yangilanish dasturini
shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi
avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o’ta muhim ahamiyatga
ega. Buning uchun O’zbekistonni texnologik rivojlantirish
va ichki bozorni
modernizatsiya qilish bo’yicha kuchli milliy g’oya, milliy dastur kerak. 2018 yil
faol tadbirkorlikni rivojlantirish e’tibor markazida bo’ladi. Bu sohani qo’llab-
quvvatlash, biznes sub’ektlarini jadal va barqaror rivojlantirish yo’lidagi to’siq va
g’ovlarni bartaraf etish bo’yicha zarur choralar ko’riladi.
Ayrim korxonalarga imtiyozlar berilgani erkin raqobat muhiti bo’g’ilishiga
olib keldi. Endi bunday amaliyotdan voz kechiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
teng va halol raqobat muhitini yaratish maqsadida “Mamlakat oziq-ovqat
xavfsizligini yanada samarali ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmon
loyihasi ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi.
Bojxona tartib-taomillarining murakkabligi tadbirkorlikka to’sqinlik
qilayotgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jahon bankining hisobotiga ko’ra,
eksport-import hujjatlarini rasmiylash-tirish bo’yicha O’zbekiston 190 davlat
orasida 175-o’rinda turadi. Bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Belgiyada 1
soat kifoya qilsa, O’zbekistonda 1 oy muddat sarflanadi.
Shu munosabat bilan
kelasi yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko’rigida xavf-
xatardan ogoh etish tizimi, ya’ni, tadbirkorlar qanchalik halol ekaniga qarab, ularni
“yashil” va “qizil” yo’laklar orqali o’tkazish joriy etiladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan
ahamiyatga ega. 2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari
o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash
masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
O’zbekistonda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayoni
boshlandi. Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlariga
to’liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berishi lozim.
15
2018 yilda soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz
kechiladi. Chunki islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi
uchun byudjet barqaror bo’lishi kerak.
O’zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish niyatida
bo’lgan investorlar uchun mamlakatimizni jozibali qilish maqsadida soliq tizimi
takomillashtiriladi. Barcha biznes toifalari uchun
soliq yukini kamaytirish va
qulaylashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani
kengaytirish zarur. Soliq imtiyozlari berishda individual yondashuvlardan voz
kechib, ularni faqat iqtisodiyotning ma’lum tarmoqlari uchun qo’llash amaliyotiga
o’tiladi.
Dostları ilə paylaş: