Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


  1.2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o’rni



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 


11 
1.2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o’rni 
hamda boshqa o’quv fanlari bilan bog’liqligi 
Biznesni tadqiq etish usullari fani qator iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liq. 
Chunki, biznes faoliyatini mukammal tashkil etish va uning samaradorligini 
oshirish uchun eng avvalo tegishli ko’nikma, bilim va malakaga ega bo’lish kerak. 
Biznesni tadqiq etishning mamlakatimiz va xorij o’quv adabiyotlarida qayd etilgan 
usullarini o’rganish bo’yicha xulosalarga tayanadigan bo’lsak, bugungi kunda 
mazkur fanni mukammal o’zlashtirish uchun talaba “Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik”, 
“Iqtiso-diyot nazariyasi”, “Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni 
prognozlashtirish va modellashtirish”, “Marketing”, “Menejment”, “Ilmiy tadqiqot 
metodolo-giyasi” kabi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Chunki mazkur fanlar 
kursning asosiy jihatlarini qamrab olgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, biznesni 
tadqiq etish usullari eng avvalo marketing va ilmiy tadqiqot metodologiyasi kabi 
fanlar uzviy bog’liq. Chunki biznesdan asosiy maqsad foyda ko’rishdir. Foydani 
maksimallashtirish iste’molchilar bozorini o’rganish marketing tadqiqotlarisiz 
amalga oshmaydi. Biznesda marketing tadqiqotlarini qay yo’sinda olib borish va 
iste’molchilar uchun qanday mahsulotlar ishlab chiqarish
Fanning vazifasi - talabalarga ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sog’lom 
raqobatni ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlarini, bozor kon’yunkturasini tahlil 
qilish yo’llari va usullarini, turli iqtisodiy matematik modellar yordamida tahlil 
qilish va prognozlashni amalga oshirish yo’llarini, iste’molchilar va ishlab 
chiqaruvchilar bozorida vujudga kelishi mumkin bo’lgan turli vaziyatlarni 
mantiqiy evristik va iqtisodiy matematik modellar orqali tahlil qilish amalga 
oshirish, firmaning bozor strategiyasini tanlash bo’yicha turli holatlarni tahlil qilish 
va qarorlar qabul qilishni o’rgatishdan iboratdir. 
Mazkur fan orqali talabalar biznes jarayonining tahlili nazariy va uslubiy 
asoslarini; biznesni tadqiq etish modellarini; biznes jarayonining empirik tahlili 
usullarini; xalqaro va ichki bozorni segmentlash, baholarni shakllanishi va 
iste’molchilarga servis xizmat ko’rsatish strategiyalarini; biznes jarayonini 
prognozlash; tovar va xizmatlar sotilishini kengaytirish imkoniyatlari va uni 


12 
raqobatga bardosh bera olish usul va yo’llari tanishadilar. Shuningdek, ular 
biznesni tadqiq etishning zamonaviy kontseptsiyasi asosida boshqaruv 
strategiyalarini ishlab chiqish; biznes jarayonlarini baholash va tahlil qilish 
usullarini qo’llay olish; ishbilarmonlik xavfini hisobga olgan holda biznesning 
faoliyat yuritish chegarasini aniqlash, yangi zamonaviy biznes strategiyalarini 
tanlashda analitik usullarni ishlatish, bozor va raqobat muhitini tadqiq etish
biznesni prognozlash usullaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’ladilar. 
Ma’lumki, mazkur sohaga bugungi kunda ko’proq ahamiyat berib borilmoqda. 
Shunday ekan mazkur fanni o’rganish shu sohaga qiziquvchilarda biznes 
muammolarini tahlil qilishda tizimli 
yondashuv, iste’molchilar, ishlab 
chiqaruvchilar, resurs egalari, etkazib beruvchilar hamda davlatning xulq-atvorini 
o’rganishda iqtisodiy tahlil usullarini qo’llash, qarorlar qabul qilish usullari, 
marketing faoliyatini prognozlash va tahlili oshirish usullarini qo’llay olish, 
moliyaviy tahlil usllarini qo’llay olish, inson kapitalini o’rganish bo’yicha 
zamonaviy usullarni ishlatish, biznesda odob-axloq me’yorlariga rivoya qilish 
usullarini qo’llash; ishbilarmonlik xavfini hisobga olish, raqobat muhitini tahlil 
qilish, biznesni prognozlash usullarini tanlash, investitsion tahlilni amalga oshirish 
hamda natijalardan foydalanish malakalariga ega bo’lishlariga imkoniyat beradi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin