1.5. Fanning mamlakat iqtisodiyotini yangilash va modernizatsiyalash
qilish va yangilashni izchil davom ettirishning davr talablariga xos va
mos vazifalari.
Kichik biznesni jadal rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining
barqaror o’sishini ta’minlovchi asosiy bo’g’in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Respublikamizda ham kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish va uni qo’llab-quvvatlash
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri
qilib belgilangan.
Darhaqiqat, mamlakatimizda kichik biznesni davlat tomonidan doimiy
qo’llab-quvvatlanishi natijasida uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yilda
31,0 foiz tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2011 yilga kelib 54,0 foizga etgan.
Shu jumladan, jami iqtisodiyotdagi band bo’lganlar soniga nisbatan kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2011 yilda 74,8 foizni tashkil etmoqda. 2012
yildagi yangi ish o’rinlarining 64 foizdan ortiq qismi ham aynan kichik biznes va
20
xususiy tadbirkorlik sohasida yaratilish ko’zda tutilmoqda. Ko’rinib turibdiki,
kichik biznes makroiqtisodiy jihatdan mamlakat iqtisodiyotining barqaror
rivojlanishini ta’minlash, ijtimoiy jihatdan esa yangi ish o’rinlarini yaratish
hisobiga aholi daromadlari va to’lov qobiliyatini oshirish imkoniyatini bermoqda.
Shuningdek, kichik biznesni barqaror rivojlantirish, qo’llab-quvvatlashdagi
davlatning oqilona iqtisodiy siyosati natijasida mamlakatimizda qulay
makroiqtisodiy muhit yaratildi. Jumladan, xususiy mulk va tadbirkorlik huquqini
himoya qilish borasidagi qonunchilik mustahkamlandi, ro’yxatga olish, ixtiyoriy
ravishda ro’yxatdan chiqarish va tugatish, ayrim faoliyat turlari bo’yicha litsenziya
va ruxsatnomalarni berish jarayonlari soddalashtirildi, davlatning kichik biznes
faoliyatiga
aralashuvi
cheklandi,
tadbirkorlik
sub’ektlari topshiradigan
hisobotlarning barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirildi, soliq stavkalari
unifikatsiya qilindi, moddiy-texnik resurslardan keng foydalanishga imkon
beradigan bozor mexanizmi shakllandi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, birinchi navbatda soliq yukini
kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati natijasida, kichik biznes sub’ektlari
uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 1996 yilda 38 foizdan 2012 yilda 5 foizga
kamaytirilishi kichik biznes sub’ektlarining ishbilarmonlik faoliyati va moliyaviy
barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda (1-rasm). Buning natijasida, kichik
biznes sub’ektlarining investitsion faoliyati kengaymoqda va bo’shab qolgan pul
mablag’larini birinchi navbatda ishlab chiqarishni texnologik yangilash va
zamonaviy texnikani joriy etishga yo’naltirish imkoni paydo bo’ldi.
Shuningdek, kichik biznes sub’ektlariga O’zbekiston Respublikasi tijorat
banklari tomonidan berilgan kreditlarning miqdori sezilarli darajada oshmoqda.
Jumladan, 2001 yilda ushbu sohani rivojlantirish uchun banklar tomonidan
ajratilgan kreditlar miqdori 171,5 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, ushbu
ko’rsatkich 2011 yilga kelib qariyb 26 barobarga oshdi va 4377 mlrd. so’mni
tashkil qildi. O’sish tendentsiyasining mavjudligi banklar tomonidan kichik
biznesni kreditlash siyosati izchillik bilan davom ettirilayotganligidan dalolat
beradi.
21
Biroq, bugungi kunda jahon miqyosida raqobat va iste’molchilar talabining
kuchayishi,
tarmoqlar
ishlab
chiqarishidagi
diversifikatsiyalashuv
va
ixtisoslashuvning chuqurlashuvi jarayonlari ta’siri ostida kichik biznes
faoliyatining o’zgarishi kuzatilmoqda. Bunday jarayon kichik biznesning iqtisodiy
mohiyati va uning mamlakat iqtisodiyotidagi tutgan o’rniga nisbatan kengroq
yondashuv zarurligini talab etmoqda.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichi innovatsion jarayonlar
uzluksizligini ta’minlash va ko’lamini oshirish bilan xarakterlanadi. Bunday
sharoitda kichik biznes samaradorligi o’z faoliyatini fan yutuqlariga asoslangan
ishlanmalar, sanoatda keng ko’lamli ilm-fan sig’imi yuqori bo’lgan mahsulotlar
ishlab
chiqarishni
joriy
qilish,
shuningdek,
ilmiy
ixtiro
natijalarini
tijoratlashtirishga yo’naltirgan-ligi bilan belgilanadi. Ushbu omillar iqtisodiyotda
kichik innovatsion biznes shakllanishiga asos bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jahon va mamlakat miqyosidagi
raqobatning kuchayishi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik
innovatsion
biznesni
rivojlantirishning
tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kichik
innovatsion
biznesni
rivojlantirishning
tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini takomillashtirish, fikrimizcha, quyidagi yo’nalishlarda amalga
oshirilishi lozim.
Kichik
innovatsion
biznesni
rivojlantirishning
tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini takomillashtirish yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
Birinchidan , kichik innovatsion biznesni institutsional qo’llab-quvvatlash.
Ular quyidagilardan iborat:
mamlakatda industrial-innovatsion yo’naltirilgan va moslashuvchan ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan xo’jalik yuritishning yangi modelini shakllantirish;
innovatsion kodeks doirasida yagona huquqiy normalar tizimini yaratish,
unda innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi, ilm-fan sig’imiga ega tadbirkorlik
sohasida asosiy atamalarni aniqlashtiruvchi, kichik innovatsion biznesni davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlash (respublika va hududiy darajada) choralari,
22
shuningdek, intellektual mulkni himoya qilish bilan bog’liq bir qator asosiy
qonunlarni aks ettirish;
kichik innovatsion biznesni paydo bo’lishi va rivojlanishiga zamonaviy
moliya-kredit mexanizmi bilan ko’maklashayotgan tizimlarga rag’batlantirish
mexanizmini yaratish, kichik innovatsion biznes faoliyatini moliyalashtirayotgan
tijorat banklariga maxsus imtiyoz va pereferentsiyalar tizimini o’rnatish;
kichik innovatsion biznes faoliyatini rag’batlantirish uchun soliq imtiyozlari
va soliqqa tortish umumiy darajasini pasaytirish yo’li bilan ularning xo’jalik
yuritish
sharoitini
takomillashtirish,
venchurli
moliyalashtirish
tizimini
kengaytirish, yirik kompaniyalar, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlarning kichik
innovatsion biznes sub’ektlari bilan hamkorlik qilish qiziqishlarini oshirish;
kichik innovatsion biznesni bozorlar “muhit” va “sotish” o’rtasidagi
munosabatni kengaytirish, bunda ularning qimmatli qog’ozlar, birinchi navbatda,
korporativ bozorda, mehnat va resurslar bozorlarida, shuningdek, birjalar,
sotuvlarda, yarmarkalar va auktsionlarda faol qatnashishini ta’minlash;
davlat va kichik innovatsion biznes o’rtasida sheriklik aloqalarining turli
shakllarini joriy qilish. Bu davlat va kichik innovatsion biznes o’rtasida
kooperatsiya aloqalarning turli shakllarini amalga oshirish, kichik texnologik
firmalarni rag’batlantirish va moliyalash bo’yicha maxsus dasturlarni ishlab
chiqish, shuningdek, ilmiy-texnik mahsulotlar bo’yicha davlat buyurtmalari
tizimini kengaytirishni nazarda tutadi;
innovatsion-faol
korxonalar
uchun
konsalting
xizmatlari
bozori
infratuzilmasini shakllantirish, maslahat xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha bozor
institutlarini rivojlantirish, professional innovatsion menejment tizimi, innovatsion
loyihalarni mustaqil ilmiy ekspertiza qilish standartini yaratishda davlat ishtirokini
ta’minlash;
kichik innovatsion biznes vakillaridan tashkil topgan respublika va
hududlarda uyushmalar, biznes markazlar, shuningdek, halqaro tadbirkorlar
uyushmalarini tashkil qilish;
23
innovatsion menejment bo’yicha maxsus kurslarni tashkil qilish va ushbu
yo’nalish bo’yicha mutaxassislar malakasini doimiy oshirib borish, shuningdek
o’quv, ilmiy, uslubiy, ma’lumot adabiyotlarini kengaytirish va innovatsion
faoliyatni boshqarish masalalari bo’yicha dasturlar yaratish.
Shunday qilib, kichik innovatsion biznesni institutsional qo’llab-quvvatlash
davlat tomonidan tartibga solish vositalari va barcha bozor mexanizmlaridan
foydalanishga asoslangan chora-tadbirlar majmuasini o’zida aks ettirishi lozim.
Xususan, kichik innovatsion biznes sub’ektlarini rag’batlantirishga yondashuv
kichik innovatsion biznesning erishgan natijalari, ular faoliyatining tashqi yoki
ichki bozorga yo’naltirilganligi, uning qaysi tarmoqqa mansubligi, miqdori va
muddatlari bo’yicha tabaqalashgan bo’lishi zarur.
Ikkinchidan, kichik sanoat korxonalarni innovatsion klasterlar bilan
hamkorligini rag’batlantirish. Ushbu yo’nalish kichik innovatsion biznesni ilmiy-
tadqiqot tashkilotlari, yirik sanoat korxonalari, moliyaviy tuzilmalar va hukumat
organlari bilan klaster bo’g’inlari doirasida kooperatsiya aloqalarini o’rnatishi
hisoblanadi. Bu jarayonda ishtirok etayotgan sub’ektlar uchun o’zaro barqaror
manfaatli aloqalarni shakllantirish, tashqi va ichki bozorlarda raqobat ustunliklarga
erishish uchun asos bo’ladi.
O’zbekistonda innovatsion klasterlarni shakllantirish va ularga kichik
innovatsion biznesni kirishi uchun shart-sharoit yaratish davlatning iqtisodiy
siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi va u alohida kichik innovatsion
korxonalarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilishigina emas, balki turli hajmdagi va
turdagi faoliyatni birlashtiruvchi “yuqori texnologiyalar” tizimini rivojlantirishni
rag’batlantirishga asoslanmog’i lozim.
Mamlakatda kichik innovatsion biznes sub’ektlari faoliyatini kengaytirish
maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni ko’rish zarur:
innovatsion klasterlarni rivojlantirish bo’yicha davlat maqsadli dasturlarini
ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika va hududiy kichik biznesni rivojlantirish dasturlarini klaster
loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari bilan uyg’unlashtirish;
24
kichik innovatsion biznesni qo’llab-quvvatlash institutlari faoliyatini barcha
darajada tarmoqlararo va ijrochi organlar bilan kelishilgan holda amalga oshirishni
ta’minlash.
Shuningdek, kichik innovatsion biznesni innovatsion klasterlarga kirishini
ta’minlovchi tashkiliy va uslubiy tadbirlarni amalga oshirish, axborot ta’minoti
bo’yicha qo’llab-quvvatlash, klasterlar doirasida faoliyat yuritayotgan hukumat
boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va yirik ishlab chiqarish
korxonalari bilan hamkorlik masalalari bo’yicha maslahat markazlarini
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Klasterlar doirasida kichik innovatsion biznesni moliyaviy qo’llab-
quvvatlash davlat va xususiy tarmoq sherikligi sharoitida amalga oshirish
maqsadga muvofiq va bu jarayonlarga davlat va mahalliy byudjet
mablag’larinigina emas, balki venchur fondlar, yirik kompaniyalar va tijorat
banklar kreditlarini jalb qilish zarur. Shu bilan bir qatorda, innovatsion loyihalarni
amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash va jalb qilishga
mas’ul bo’lgan franchayzing kompaniyalarni shakllantirish lozim.
Shuningdek, innovatsion klaster sub’ektlari tomonidan olingan kreditlarni
kafolatlash tizimini joriy qilish, kredit kooperatsiyasi va sug’urtasini rivojlantirish
maqsadga muvofiq.
Uchinchidan , kichik innovatsion biznes tashqi iqtisodiy faoliyati
samaradorligini ta’minlash. Shu jumladan, raqobat barqarorligini ta’minlash, tashqi
iqtisodiy faoliyat tizimida kichik korxonalar manfaatlarini himoya qilish va
qo’llab-quvvatlash, ularning eksport salohiyatini oshirish va mamlakat eksport
hajmida innovatsion mahsulotlar ulushini oshirish maqsadida, fikrimizcha, kichik
korxonalar eksportni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks
chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim. Unda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratish
maqsadga muvofiq:
tashqi bozorlarga chiqish uchun tadbirkorlarni tayyorlash dasturini ishlab
chiqish va amalga oshirish;
25
kichik innovatsion korxonalar uchun ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni halqaro standartlar bo’yicha litsenziyalash, berilgan qarzlarni davlat
tomonidan kafolatlash sharti bilan eksport faoliyatini kreditlash, tashqi iqtisodiy
faoliyat bilan bog’liq siyosiy, tijorat, moliyaviy va boshqa xatarlarni sug’urta
qilishni ta’minlash, eksporterlarga axborot-maslahat ko’magini tashkil qilishda
maxsus imtiyozlar tizimini taqdim etish;
innovatsion mahsulotlar yarmarkasi va ko’rgazmalarini o’tkazish,
reklamani tashkil qilish va xorijiy davlatlarda sheriklarni topishda ko’maklashish;
innovatsion-texnologik infratuzilmalarni takomillashtirish;
xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish
bo’yicha shart-sharoitlar yaratish.
Kichik innovatsion biznesni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning ushbu
yo’nalishi xo’jalik yuritish sub’ektlari eksport salohiyatini oshirish va ularning
tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.
Shunday qilib, davlat va bozor iqtisodiyotning innovatsion tarmog’i
faoliyatini kengaytirishga ko’maklashishi, samarali milliy sanoat siyosatini olib
borish, kichik ishlab chiqarish korxonalar innovatsion faolligini rag’batlantirish, bu
birinchi navbatda jamiyatdagi innovatsion taraqqiyotga turtki bo’lmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: |