Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


 Biznes tadqiqotlarining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

2.2. Biznes tadqiqotlarining maqsad va vazifalari 
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish 
va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, xamda uning 


29 
maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga karatilgandir. U 
ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga 
erishgan xolda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. 
Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni xal etmogi lozim:

xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o’rganish; 

tovarlarga bo’lgan ichki va tashki talablarni o’rganish; 

korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 

talab va taklif to’g’risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;

tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga 
qiziqishini oshirish;

tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish 
uchun ma’lumotlar tuplash va tahlil qilish;

tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar 
olish;

to’ldiruvchi tovarlar va urnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar 
yig’ish;

tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat 
qilishdan iboratdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy 
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning makbul darajasini 
belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida 
hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama xam muhimdir. 
Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini mustaxkamlash, yangi 
xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida 
reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan 
birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga boglanib kolish xususiyati 
(imidj) ga xam egadir. Sotishni rag’batlantirish – marketingning vazifalaridan biri 
bo’lib, bozorga chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta’minlashga 
imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini koplash va foyda olish demakdir. 
Sotishni rag’batlashtirishning kuyidagi faol shakllari mavjud – ko’rgazma-savdo, 


30 
yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar. 
Baho sistemasi yordamida talab va taklif o’rtasidagi nisbatlar tartibga solinadi. Bu 
masala xozirgi kunda bizning korxonalar uchun kiyin muammolardan biridir. 
Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish 
jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha 
bo’lgan harakatining xar bir bosqichida kabul kilinadigan qarorlarga ta’sir 
qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu xolda sotish deganda ishlab chiqarish bilan 
savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgrji va chakana savdoni, tashish 
va saklashni uz ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar 
siyosati kabi vazifasi xam muhim ahamiyatga ega, xar tomonlama uylab yuritilgan 
tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati xar 
bir ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste’molchilar guruhiga muljallangan 
bulishini ta’minlaydi. Ya’ni, xar kanday tovar aniq iste’mol manziliga ega bulishi 
kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda 
mavjud bulmagan «urtacha» deb ataluvchi iste’molchiga muljallanganidan juda 
xam yutkazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga karab taqsimlangan tovarlar 
tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday vaziyatlar yuz 
berishidan mustasno. Yuqorida sanab utilgan marketing harakatlarining 
barchasidan bir vaktda foydalanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat 
iste’molchidan sanoat korxonalariga va savdoga, ulardan esa karama – karshi 
yo’nalishdagi uzluksiz axborot okimini ta’minlaydi. Bu esa uz vaktida ishlab 
chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko’rsatish sohasiga 
o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab utilgan maqsadlari va 
vazifalari bozor faoliyatini tashkil to’g’risida tulik tushuncha bera olmaydi. Chunki 
bozor muammolarini tulik xal qilish uchun tayyor retseptning uzi bulishi mumkin 
emas. Marketingning kullashdan oldin avvalombor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy – 
iqtisodiy tarakkiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki marketing – murakkab, 
harakat va sabr tokkat talab kiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U 
bir tomondan axolining etarli darajada yuqori bo’lgan ehtiyoji v talabiga, uning 
xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka 


31 
javob berish kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash uchun tovar 
assortimentini tez o’zgartirish, uni ommaviy ravishda uzlashtirishga javob 
beradigan berishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga 
imkon beradi. Bundan tashkari, marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani 
boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashki 
savdodagi aloqalar, yuqori darajada jixozlangan bozor kanallari orkali realizatsiya 
qilishdan iborat tashkiliy masalalarni xal qilish zarur. Bugungi kunda barcha tovar 
ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari xam 
marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari 
lozim. Qisqacha xulosalar Marketing tadqiqotlarining yalpi marketing faoliyatini 
tashkil etishda, uni boshqarishda, rejalashtirishda va nazorat etishda muhim 
ahamiyatga ega bulishi – zamonaviy marketing nazariyasining asosiy 
xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo’lmoqda. Marketing tadqiqotlarinig 
yuqori darajada tashkil etilishi, ularning kulami, tahliliy va qayta ishlash 
jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig’indisi, bevosita korxona va 
tashkilotlarning marketing strategiyasini belgilashda, amalga oshirishda, dastlabki 
bosqich, «tayanch nuqta» hisoblanadi. Iste’mol bozori tobora yangi tovarlar va 
xizmatlar bilan boyib borayotgan bugungi sharoitida yangi imkoniyatlarni aniqlash 
va ulardan okilona foydalanishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati kun sayin 
ortib bormoqda. Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, 
shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, xamda 
uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga karatilgandir. 
U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga 
erishgan xolda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin