34
belgilaydi. F.Kotler firmalarning marketing strategiyalarini 4 ta asosiy turi
mavjudligi va tadbirlar bir-biridan farqlanishini ta’kidlaydi. Jumladan firmalarning
marketing strategiyalarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin.
peshqadamlikka intiluvchi (bozorda o’rtacha 30% ulushga ega);
hamqadam intiluvchi (bozorda 20% ulushga ega);
bozordagi «nisha»ni –«bo’shliq»ni egallovchi (bozorda 10% atrofida
ulushga ega).
Ushbu strategiyani tanlagan va amalga oshirayotgan firmalarning bozordagi
ulushi, kelgusi intilishlari tegishli muammolar bo’yicha marketing tadqiqotlarining
yo’nalishlariga, jaddaligiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, bozorda peshqadam
bo’lgan firma bozordagi kon’yunktura, yangi mahsulotni o’zlashtirish,
sotish
imkoniyatlarini oshirish, kommunikatsiya va reklama yo’nalishlari tadqiqotlariga
ko’proq e’tibor qaratsa, bozordagi «nisha»ni egallovchi firma xaridorlar istagini
o’rganish, raqobatchilar tovarlarini va narxlarni tahlil
qilish bozor chegaralarini
kengaytirish borasidagi tadqiqotlarni amalga oshiri bo’ladi. Jumladan, avtomobil
bozorining shakllanishi va rifojlanishiga nazar tashlasak, ushbu fikrimizning to’g’ri
ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. XX asrning 60-70 yillarida jahon
avtomobil bozorida Yaponiya va Janubiy Koreya avtomobillarining nomi hali tilga
olingani yo’q edi.
Hozirgi paytda esa, ushbu davlatlarda yaratilgan avtomillar
AqSh, Olmoniya, Frantsiya, Italiya kabi davlatlardagi
mashhur firmalarning
tajribasini o’rganish, avtomobillarni tadqiq qilish asosida rivojlandi.Hozirgi kunda
Yaponiyaning Toyota, Nissan, Mittsibushi, Xonda, Janubiy Koreyaning Xunday,
Deu kabi kompaniyalari ayrim davlatlar bozorlarida peshqadamlikka erishish
strategiyalarini amalga ashirishga harakat qilmoqdalar.
35
Tadqiqotlarni turkumlash belgilari
Tadqiqotlarning yo’nalishlari va ularni amalga
oshirish xususiyatlari
Tadqiqot maqsadlariga ko’ra
Axtarish, tavsiflash, eksperiment o’tkazish
yuzasidan tadqiqotlar
Marketing elementlari bo’yicha
Tovar, narx, distribyutsiya, kommunikatsiya
yo’nalishidagi tadqiqotlar
Bozordagi tadqiqotlarni amalga oshirish
ko’lamiga ko’ra
Mahalliy, milliy, xalqaro miqyosida
Tadqiqotlarni amalga oshiruvchi
sub’ektlar ishtirokiga ko’ra
Bevosita firma ishtirokida, 47 marketing vositachisi
ishtirokida,
tanlangan
maxsus
ishtirokchilar
vositasida
Tadqiqotlarni o’tkazish davriyligiga
ko’ra
Bir
marotabali, mavsumiy, favqulodda va boshqa
jihatdagi tadqiqotlar
Dostları ilə paylaş: