Qisqacha xulosalar
Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng
o’rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish,
ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va
tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda
muayyan yo’nalishga va maqsadga bo’lgan marketing tadqiqotlari muhim o’rin
egallaydi. Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri bo’lib bu –
tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo’lgan
ma’lumotlar va axborotlarni to’plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov
o’tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumotlar va
manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta
ishlash mumkin. Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli baxs
eng ko’p qullaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli
bosqichlarida samarali axborot to’plash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan
samarali foydalanishni nazarda tutadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Biznes tadqiqotlari asosan qanday yo’nalishlarda amalga oshiriladi?
2. Biznes tadqiqotlari yo’nalishlarini belgilashda qanday omillarni inobatga
olish zarur?
3. Firmalarning marketing strategiyasiga ko’ra qanday yo’nalishdagi
tadqiqotlarni uyushtirish lozim.
4. Biznes tadqiqotlari yo’nalishlari qanday belgilariga ko’ra turkumlanadi?
5. Biznes tadqiqotlarida qo’llaniladigan uslublar nimalardan iborat?
39
3-BOB. BIZNESNI TADQIQ ETISh USULLARINI TANLASh
3.1. Biznes tadqiqot jarayonlarini modellashtirish usullari
Katta sonlar qonuni va biznesning taqsimot ehtimollari. Haqiqatdan ham
kichik biznes hammani qiziqtiradigan soha, iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch,
YaIMning asosiy qismini tashkil etuvchi bo’lganligi sababli bozor iqtisodiyoti
sharoitida barcha rivoj-langan va rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarishning
«lokomotivi» bo’lib maydonga chiqadi. Kichik biznes sub’ektlari harakatining har
tomonlama qulayligi, serqirraligi tufayli tez o’zgaruvchan, noaniq, nobarqaror
bozor iqtisodiyoti sharoitida ularda «suv yuzida qalqib turish imkoniyati» nisbatan
yuqoriroqdir.
Mamlakatning hududiy, demografik va boshqa o’ziga xos xususiyat-larini
e’tiborga olgan holda, kichik biznesni rivojlantirishga viloyat yoki xudud bo’yicha
yondoshish maqsadga muvofiq. Kichik biznes rivojlanishini tashkil etish
istiqbollarini bashorat qilish va shu asosda mintaqalarda kichik biznes
rivojlanishini boshqarishda ko’p jihatdan xudud bo’yicha ilmiy asoslangan
iqtisodiy-matematik va ekonometrik modellarning roli nihoyatda katta.
Ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellar asosida ularning faoliyati,
rivojlanishi bashorat qilinadi va shu asosda kichik biznes hududiy darajada
boshqariladi, tartibga solinadi. Bashoratlashning ko’plab usullari mavjud bo’lib,
ular quyidagicha turkumlanadi
1
(2.1.1-rasmga qarang).
Bundan tashqari, professor S.A.Sarkisyan bashoratlashni to’rt pog’o-nali
tasnifini keltirib o’tadi:
2
1-pog’onada: faktografik, aralash va ekspert; 2-pog’onada:
statistik, analogik, oldinlovchi, to’g’ri, teskari bog’-lanishli; 3-pog’onada:
ekstrapolyatsiya va interpolyatsiya, regressiya va korrel-yatsiya, omilli modellar,
matematik analogiya, tarixiy analogiya, ITT ni tadqiq qilish, texnika darajasini
tadqiq etish, so’rov, tahlil, g’oyalarni generatsiyalash, o’yin modellari; 4-
pog’onada esa 3-pog’onadagi har bir basho-ratlash usuliga mansub 30 tadan ortiq
usullar tasnifi keltirib o’tiladi.
1
Е.В. Шикин, А.Г. Чхартишвили «Математические методы и модели в управлении». М.: Дело. 2015 г. стр. 190-208.
2
Теория прогнозирования и принятия решений.под.редак.проф.С.А.Саркисяна. М.:Высшая школа, 2014.стр.76-82.
|