Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


Biznes tadqiqotlarini o’tkazishda axborotning mohiyati



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

2.3. Biznes tadqiqotlarini o’tkazishda axborotning mohiyati 
Biznes tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng o’rin 
egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan 
kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va 
tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda 


32 
muayyan yo’nalishga va maqsadga bo’lgan marketing tadqiqotlari muhim o’rin 
egallaydi. Bu o’rinda mashhur «Marks end Sienser» kompaniyasining boy tajribasi 
diqqatga sazovor. Angliyada yirik va nufuzli sanalgan ushbu tashkilot «yumshoq 
tovarlari» (kiyim-kechak va to’qimachilik mahsulotlari) chakana tovar oborotida 
16 foizni tashkil etadi. Har bir kvadrat metrga to’g’ri keluvchi tovar oboroti hajmi 
bo’yicha bu kompaniya dunyoda birinchi o’rinda turadi. 80-yillarda «Marks end 
Sienser» Parijda o’z shahobchasini ochish va frantsuz xaridorlari didiga mos 
keluvchi tovarlarni taklif qilish maqsadida 18 oy mobaynida muttasil marketing 
tadqiqotlarini o’tkazdi. Vaholanki, britaniyalik va frantsuz oilalarining turmush 
tarzi, hayotiy ko’nikmasi, qiziquvchanligi, daromadlari bir-birlariga juda o’xshash 
bo’lsa ham, mahalliy bozor tabiati, undagi raqobat, xaridorlar talabi birmuncha 
farq qilar ekan. Bundan ko’rinib turibdiki, har bir tashkilot, firma o’z bozori va 
xaridori ko’lamini saqlash, ular salmog’ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish 
uchun doimiy tarzda marketing tadqiqotlarini amalga oshirmog’i lozim.
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf harajatlarni talab etadi. Asosan 
yirik firmalar o’z tarkibiy tuzilmalari, sho’’ba tashkilotlari miqyosida marketing 
tadqiqotlarini o’tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo’yicha tadqiqotlarni o’tkazishga 
imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo’lmaganligi hamda xodimlarni butun 
yil davomida ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim 
muammolarni ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va 
davriy tarzda axborot olib turadilar. AQShda eng yirik va mashhur firmalar o’z 
marketing tadqiqotlarini asosan besh sohada amalga oshiradilar. 
1. Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar.
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar.
3. Tashkilotning ichki va tashqi ma’suliyatini baholashga oid tadqiqotlar.
4. Bozordagi holat tahlili.
5. Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar.
Mavzu jihatdan marketing tadqi-otlari bir-birini to’ldiruvchi bo’lishi bilan 
birga, bir-biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga 
qaratilganligi bilan farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor 


33 
imkoniyatlarini izlanishi, qisqa va uzoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar 
mahsulotlari tahlili, yangi mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv 
shaxobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va hk. Ushbu 
mavzudagi marketing tadqiqotlari yil sayin yangi uslublarning qullanishi, axborot 
ko’lamining qayta ishlanishi, boshqa ko’rsatkichlarning inobatga olinishi, bir 
necha variantli echimlar taklif etilishi bilan boyib bormoqda. Xususan, ushbu 
mavzular bo’yicha sunggi paytlarda ishlab chiqarilga umumiy va maxsus 
kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin.
Umuman olganda, marketing dasturi va tadqiqotlarida ishlatilayotgan korxona 
faoliyatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi:

demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendentsiyalar; 

aholi va korxonalarning daromadi, xarajati, iste’mol jamg’armalarining 
tarkibi; baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;

soliqlar tizimi;

raqobatchilar faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar ham ana shunday axborotlar 
jumlasiga kiradi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin