Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


O’zbekistonda biznesni rivojlantirish to’g’risidagi qonunlar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

1.4. O’zbekistonda biznesni rivojlantirish to’g’risidagi qonunlar, 
farmonlar va nizomlar. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 
fevraldagi Farmoniga muvofiq qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini 
oshirishda, ularning sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishda muhim 
dasturilamal bo’lmoqda. 
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi doirasida 
respublikamizda investitsiya iqlimini yaxshilash, qulay ishbilarmonlik muhitini 
yaratish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni 
rag’batlantirishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlarning amalga oshirilayotganligi 
natijasida O’zbekiston o’tgan qisqa fursat ichida biznes muhitini yaxshilash va 
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha dunyodagi etakchi davlatlar 
qatoridan o’rin oldi. 
Bu borada olib borilayotgan ko’lamli islohotlarning samaralari Jahon 
bankining «Biznesni yuritish» («Doung Buziness») xalqaro hisobotining so’nggi 
nashrida ham o’z e’tirofini topdi. 


16 
Joriy yilning 31 oktabrida e’lon qilingan «Biznesni yuritish 2018: ish 
o’rinlari yaratish uchun islohotlar» ma’ruzasiga ko’ra, O’zbekiston dunyoning 190 
davlati ichida 74-o’rinni egallab, o’tgan yildagi mavqeini bir yo’la 13 pog’onaga 
yaxshiladi. Mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish 
bo’yicha islohotchi davlatlarning birinchi o’ntaligiga kirishga muvaffaq bo’ldi. 
Jahon bankining «Biznesni yuritish 2018» hisobotidagi 10 ta indikatorning 6 
tasi bo’yicha sezilarli o’sishning qayd etilganligi ham ishbilarmonlik muhitini 
yaxshilash 
borasida 
amalga 
oshirilayotgan 
chora-tadbirlar 
ko’lami va 
natijadorligidan darak bermoqda. 
Shu o’rinda respublikamizda tadbirkorlik subektlarini davlat ro’yxatidan 
o’tkazishning onlayn tizimi joriy etilganligini va buning natijasida ro’yxatdan 
o’tish jarayoni avvalgi ikki ish kuni o’rniga atigi 30 daqiqani band etayotganligini 
alohida ta’kidlab o’tish kerak. Bu O’zbekistonning korxonani ro’yxatdan o’tkazish 
ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda 11-o’ringa ko’tarilishiga olib keldi. Buning 
samaralarini mamlakatimizda joriy yilning 9 oyi davomida o’tgan yilning shu 
davriga nisbatan 1,3 marta ko’p kichik biznes subektlari tashkil etilganligida ham 
ko’rish mumkin. 
Shu o’rinda, tadbirkorlik subektlariga «yagona darcha» tamoyili bo’yicha 
davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari faoliyatining samaradorligini 
alohida qayd etib o’tish zarur. Ularning faoliyati ruxsatnomalar va litsenziyalarni 
rasmiylashtirishning oshkoraligi va tezkorligini ta’minlash, davlat organlari 
o’rtasida o’zaro hamkorlikning elektron shakllarini joriy etish, qolaversa, 
byurokratik to’siqlar va ariza beruvchilarning moliyaviy xarajatlarini sezilarli 
darajada qisqartirish imkonini bermoqda. Buni 2017 yilda faqat «yagona darcha» 
markazlari orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari sonining 16 tadan 34 tagacha 
etganligida ham ko’rish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 oktabrdagi 
«Tadbirkorlik subektlariga faqat «yagona darcha» tamoyili bo’yicha yagona 
markazlar orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari ro’yxatiga qo’shimcha kiritish 
to’g’risida»gi 864-sonli qaroriga muvofiq, elektron raqamli imzo kalitini (ERI) 


17 
ro’yxatga olish va sertifikat berish endilikda faqat «yagona oyna» markazlari 
tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilganligi respublikamizda faoliyat 
yuritayotgan tadbirkorlik subektlariga yanada qulaylik yaratishga xizmat qiladi. 
So’nggi 
yillarda 
mamlakatimiz 
rahbariyati 
tomonidan 
soliq 
ma’muriyatchiligini soddalashtirish va tadbirkorlik subektlariga soliq yukini 
qisqartirish masalalariga alohida e’tibor berilayotganligini ta’kidlab o’tish o’rinli 
bo’ladi. Joriy yilning o’zida soliq tizimini takomillashtirishga oid 
Prezidentimizning bir qator muhim farmon va qarorlari qabul qilindi. 
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi 
«Soliq ma’murchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish choralari to’g’risida»gi 5116-sonli 
Farmoni va joriy yil 1 avgustdagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 3168-sonli qarori davlat 
soliq organlari faoliyatini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, soliq 
to’lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subektlariga to’g’ridan-to’g’ri muloqotsiz 
elektron xizmatlar ko’rsatishni ta’minlashda alohida ahamiyatga ega bo’ldi. 
Amalga oshirilayotgan tizimli ishlar natijasida respublikamizda tadbirkorlik 
subektlari tomonidan soliq hisobotlarini topshirishning to’liq elektron shakliga 
o’tildi. Soliqlarni masofadan to’lash amaliyotining kengayishi soliqqa tortish 
ko’rsatkichi bo’yicha mamlakatimiz reytingining sezilarli yaxshilanishiga olib 
keldi va O’zbekiston bu borada ko’rsatkich bo’yicha 138-o’rindan 78-o’ringa 
ko’tarildi. «Biznesni yuritish» jamoasi ekspertlari baholariga ko’ra, bugungi kunda 
O’zbekistondagi tadbirkorlik subektlariga soliq yuki darajasi AQSh, Avstraliya, 
Germaniya, Shvetsiya, Turkiya, Xitoy va Rossiya kabi davlatlardagidan ancha 
pastdir. 
Prezidentimizning 2017 yil 29 sentabrdagi «Fiskal xotirali nazorat-kassa 
mashinalarini 
qo’llash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi qarori ushbu yo’nalishdagi ishlar sifatini yanada yuksaltirish, yuridik 
hamda jismoniy shaxslar tomonidan naqd pulga tovarlarni realizatsiya qilish, aholi 


18 
bilan hisob-kitobni tezkor amalga oshirish va tizim nazorat funktsiyasini 
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini 
ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. 
Mazkur qarorga muvofiq, 2018 yilning yanvaridan boshlab Toshkent, Nukus 
shaharlari hamda viloyatlar markazlarida onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba-
sinov tariqasida amaliyotga joriy etiladi. 2018 yilning 1 iyulidan ushbu 
hududlardagi yuridik shaxslar, 2018 yilning 1 dekabridan boshlab esa 
mamlakatimizdagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni realizatsiya 
qilish, ishlarni bajarish hamda xizmatlar ko’rsatishda aholi bilan naqd puldagi 
hisob-kitoblarni majburiy tarzda faqat onlayn nazorat-kassa mashinalarini 
qo’llagan holda amalga oshirishga bosqichma-bosqich o’tkazilishi ko’zda 
tutilmoqda. 
Respublikamizda ushbu yangi tizimni joriy etish orqali markazlashgan 
tarzda elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Natijada, davlat byudjetiga soliq 
tushumlari ko’payadi. Soliqlar to’lashdan qasddan bo’yin tovlashning oldi olinadi. 
Davlat 
soliq 
qo’mitasi tomonidan tizimda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ustuvor vazifa etib belgilangan va 
ayni kunlarda bu borada izchil ish olib borilmoqda. 
Davlat soliq xizmati organlarining my.soliq.uz – «Elektron soliq xizmatlari» 
portali test rejimida ishga tushirildi. Bu aholi va tadbirkorlik subektlariga 
ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlarini optimallashtirish, ularning sifatini 
oshirish, xarajatlarni kamaytirish, pirovardida soliq to’lovchilarning xizmatlardan 
qoniqish darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Yangi portal soliq xizmati organlarining barcha elektron davlat xizmatlarini 
yagona veb manbada qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir. Unda soliqqa doir 
barcha elektron davlat xizmatlari interaktiv va axborot davlat xizmatlariga 
saralangan bo’lib, bunda kerakli xizmatlarni tez va osonlik bilan topish mumkin. 
Umuman bugungi kunda portalda davlat soliq xizmati organlarining 35 elektron 
davlat xizmatlari amaliyotga joriy etilgan. Bundan tashqari, 5 yangi xizmat test 


19 
sinovida taqdim etilmoqda. Soliq to’lovchilarning toifasi va joylashgan joyidan 
qat’i nazar, barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan. 
2017 yilning 1 iyul holatiga o’tkazilgan monitoring natijalariga ko’ra, 
O’zbekistonda «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati «Ochiqlik 
indeksi»ning Reytingi» natijalariga ko’ra respublikamizdagi 52 ta davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari orasida Davlat soliq qo’mitasi 96 ball to’plagan 
holda birinchi o’rinni egallaganligi, «ICTWEEK Uzbekistan – 2017» axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
haftaligida 
«Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish bo’yicha eng yaxshi davlat organi» nominatsiyasida 
g’olib deb e’tirof etilganligi ham tizimda olib borilayotgan islohotlar samarasidir. 
Respublikamiz soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, 
soliq ma’murchiligini takomillashtirish yo’lida amalga oshirilayotgan ko’lamli 
ishlar yagona maqsad – mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi 
farovonligini oshirishga qaratilgan. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin