10
kontorasi, advokat idorasi, bank va h.k.). Demak, biznes — bu yo’q narsadan pul
qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko’rsatishni tashkil
etish demakdir. Tadbirkor — bu doimo o’z
ishining fidoyisi, bilimdonidir.
Tadbirkorlik uchun o’qish kerak, nafaqat, dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir
umr o’qishi, izlanishda bo’lishi kerak.
Biznesni tadqiq etish usullari - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlarni
faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish
muammolarini kompleks, tizimli echish uslublarini,
bozorda vujudga keladigan
o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish,
raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni
tashkil etish, bozor konyukturasini o’rganish va bashorat
qilish hamda biznes
strategiyalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Biznesni tadqiq etish
usullari fani firma va korxonalarni bozorda o’z maqsadlarga erishish quroli sifatida
qarashga alohida e’tibor beradi.
“Biznesni tadqiq etish usullari” fani iqtisodiyotni modernizatsiya-lash
sharoitida tarmoq va korxonalarda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarini nazariy va amaliy jihatlarini o’rganish va uni mo’’tadil
rivojlantirishning echimlarini topishda hamda magistratura ta’limi “Iqtisodiyot
(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” mutaxassislarini shakllanishida katta ahamiyatga
ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakatda biznes faoliyati yuritishiga
ta’sirini keng foydalaniladi.
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga biznes faoliyatini tahlil qilishning
murakkab bo’lgan usullari orqali
turli raqobat jarayonlarini, kon’yunkturaviy
o’zgarishlarni yoritib berish, shu bilan bir qatorda biznes muhitini tashkil etish,
iste’molchi xulq-atvorini modellashtirish, tovarning sifati, uning raqobatdoshligini
ta’minlash, firmaning bozordagi strategiyalarini to’g’ri tanlash bo’yicha yo’nalish
profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Dostları ilə paylaş: