yanvar Toshkent shahrida faoliyat ko’rsatuvchi banklar uchun 20 mln ekyu
ekvivalenti miqdoridagi mablag’ga ega bo’lishi kerak Tijorat banklarni belgilariga
qarab quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat
bankiga, aktsioner banklarga, kooperativ, xususiy,
mintaqaviy, aralash mulkchilikka
asoslangan bankka bo’linadi. Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning
aksariyat qismi mulk shakli bo’yicha aktsioner bank hisoblanadi.
Aktsioner banklar aktsioner jamiyat kabi ochiq tipdagi yoki yopiq tipdagi
aktsioner banklar bo’lishi mumkin. Aktsionerlar safiga kirish aktsiyalarni sotib olish
yo’li bilan amalga oshiriladi. huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aktsiyalarini
sotib olish va aktsionerlar bo’lishi mumkin.
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu
turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo’lishi
mumkin.
Xususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag’lari hisobidan tashkil
qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar
- universal va maxsus
banklarga bo’linadi.
Universal banklar xilma -xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlarni amalga
oshirish xususiyatiga ega bo’ladi. Maxsus banklar ma’lum yo’nalishlarga xizmat
ko’rsatib, o’z faoliyatini shu yo’nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga
bag’ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko’rsatuvchi banklar, eksport-
import operatsiyalarini
olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, zamin banklar
kirishi mumkin.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy,
viloyat banklariga bo’linishi mumkin.
Tarmoqlarga xizmat ko’rsatishga qarab: sanoat,
qurilish, qishloq xo’jalik,
savdo va boshqa banklarga bo’linishi mumkin.
Bozor iqtisodi sharoitida banklarining roli, ularning iqtisodga ta’siri o’sib
bormoqda.
214
Kredit muassasalari aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo’sh pul
mablag’larini yig’ish va joylantirishdan tashqari, kapital jamg’armalashni,
harakatlanuvchi
kapital
yordamida,
korxonalarning
xo’jalik
faoliyatini
takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o’rtasida, ishlab
chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Sanoat, transport, qishloq xo’jaligi sohasida qo’shimcha investitsiyaga bo’lgan
talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo’jaligida progressiv
yutuqlarga erishishni
ta’minlashi mumkin.
215