Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uning pog’onalari, maqsad va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

4-§. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uning pog’onalari, maqsad va
vazifalari
Biz ta’kidlaganimizdek O’zbekistonda bank tizimi ikki pog’onali bo’lib, 
banklar tizimining birinchi pog’onasi - bu O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 
ikkinchi pog’onasi - tijorat banklari, ularning shq’balari, chet el banklari sho’’balari 
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi banklar tizimini kengaytirgan holda quyidagi 
sxemada keltirish mumkin.
6-sxema
O’zbekistan Respublikasi Bank tizimi tarkibi 

noroHa
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Markaziy apparat
Viloyat bo’yicha Markaziy 
bank boshqarmalari
195 


7-sxema
II pog’ona
Nobank kredit 
tashkilotlar
Kredit tashkilo
tlar

Chet el banklari vakolatlari 
bo’limlari
Eamcjiap Ba ynapHHHr 6yjiHMjiapH
|
1
Universal banklar
Maxsus, ixtisoslashgan banklar
|
1
Funktsiyalari bo’yicha 
ixtisoslashuvi
Tarmoqlar bo’yicha 
ixtisoslashuvi
Innovatsiya banki Investitsiya banki 
Ipoteka va bosho’a banklar
Paxta bank
Sanoatqurilish bank
Asakabank
Xalq banki
Aloo’a bank va boshqalar
1991 yilning 1 sentyabrida Respublikamiz mustaqillikni e’lon qilinishi tarixiy 
bir voqea bo’ldi. Mustaqillik bizga o’z-o’zimizni boshqarishi, imkoniyatlarimizdan 
o’zimiz foydalanish, shaxsiyatimiz-ni qaytib olishimizga katta yo’l ochib berdi.
Butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti bizning 
respublikamizga ham kirib keldi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor 
iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati 
tug’ildi.
Mustaqillikka erishilguncha qadar O’zbekiston hududidagi bank muassasalari 
SSSR bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar Sobiq Ittifoq 
bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko’rsata olmasdilar bank tizimi 3 turdagi 
banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR O’urilish banki va SSSR Tashqi bankini o’ziga 
olardi. Sobiq SSSR bank tizimida Davlat banki monopol mavqeiga ega bo’lib, o’z 
vaqtida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo’jaliklarga hisob-kitob 
operatsiyalari bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi markaz hisoblanardi. Ham emissiya
196 


funktsiyalarini, ham hisob-kitoblar va kreditlar bo’yicha mijozlarga xizmat ko’rsatish 
funktsiyalarini bajarishini monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va 
nazorat organiga aylantirgan edi.
Ma’muriy buyruqbozlik davrida kredit munosabatlari iqtisodiyotni 
boshqarishida formal xarakterga ega edi. Davlat banki kredit resurslari bo’yicha 
cheklanmagan monopol mavqega ega edi. Kredit resurslari va pul resurslari 
harakatini ham boshqarish, ham nazorat qilishi davlat bankining monopol ta’siri 
ostida edi. Kapitalizmga xos barcha xususiyatlarini inkor etilishi sobiq «ittifoq» bank 
tizimini tor doirada rivojlanishiga olib keldi. Markazlashtirilgan bank boshqaruvi 
asosida faoliyat ko’rsatgan respublika banklari tor doirada pul resurslari harakatini 
boshqarar, lekin uni boshqaruvchiligini nazorat qilish Sobiq Ittifoq Davlat banki 
qo’lida edi.
Iqtisodiyotni boshqarishni markazlashtirilgan usulidan voz kechish va bozor 
iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlr qo’yilishi bilanoq markazlashtirilgan bank 
tizimini qator kamchiliklari ro’yobga chiqdi. Bu esa bank tizimida tub o’zgarishlarini 
amalga oshirishini talab etardi. Albatta, bu iqtisodiyotiga ilk qadamlar qayta qurishi 
sharofati bilan bozorga xos ba’zi bir belgilarni totalitar iqtisodiyotiga tadbiq etilishi 
bilan tushuniladi. Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu 
jarayonda bank tizimining tashkiliy strukturasini o’zgartirish, banklarni rolini 
oshirish, iqtisodiy tizimini rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni 
harakatdagi iqtisodiy dastakka aylantirish ko’zda tutilgandi.
O’ayta tashkil etish jarayoninig birinchi bosqichida davlat banklarini yangi 
strukturasini tashkil etish boshlandi. O’ayta tashkil modeli qo’yidagilarni o’z ichiga 
oladi:
-
ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirishi: Markaziy emission bank 
bevosita xo’jliklarga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari; 
-
ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini 
moliyalashga o’tkazish; 
-
iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit 
munosabatlari uslublari va formalarini takomillashtirish. 
197


Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o’zining kredit 
tizimidagi markaziy o’rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit 
berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funktsiyasini maxsus ixtisoslashgan 
banklarga topshirdi.
Ya’ni bankning emission faoliyati bilan kreditlash faoliyatini birga olib borish 
funktsiyasiga chek qo’yiladi. Davlat banki ihtisoslashgan banklar faoliyatini 
boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul kredit siyosatini olib boruvchi 
muassasaga aylandi. Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan 
maxsus ixtisoslashgan banklar: sanoat-qurilish banki, kommunal qurilish va sotsial 
taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Milliy bank, Jamg’arma banki xo’jaliklar bilan 
banklar o’rtasidagi aloqalari tobora yaqinlashtiradi ixtisoslashtirilgan davlat banklari 
o’zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini 
takomillashtirish jarayonida juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan 
banklar iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini to’liq ifoda qilolmasdi. Shuning 
uchun ham bank tizimini takomillashtirishning 2-bosqichi ob’ektiv zaruriyatga 
aylandi.
1988 yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimini tashkil etila boshladi. Lekin 
bu davrda, birinchidan, markazlashgan rejalashtirishda Markaziy bankning roli hali 
ham yuqori edi, ikkinchidan, sohalar deyarli hamma qismi bilan davlat tassarrufida 
edi.
O’zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga real 
asos 1991 yil 15 fevralda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonuni 
hisoblanadi. Bu qonunga binoan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy 
banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak, u faqat Respublika Oliy Majlisiga hisobot 
bnradi. Bu qonunni amalga tadbiq etish asosan Respublikamiz o’z mustaqilligini 
qo’lga kiritgandan so’ng boshlandi, Tijorat banklarining soni tobora oshib boradi.
O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini 
tanlaganligi bois, 1-bosqichdagi kredit-pul siyosati sohasidagi asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat qilib qo’yildi:
198 


- Markaziy bank boshchiligida hamda keng tormoqli mustaqil tijorat va 
xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish, respublika xududida 
yirik chet el banklarining bo’limlari va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit 
yaratish;
-
barqaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va naqd pul massasining asossiz 
o’sishini keskin cheklash; 
-
O’zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur 
iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlari hamda imkoniyatlarni yaratish. 
Birinchi bosqichda belgilangan vazifalarni bajarilishiga jadal kiritilishi 
respublika bank tizimini zamonaviylashgan ko’rinishini olishiga olib keldi. Hozirda 
respublikada keng tarmoqli banklar zamonaviy talablarga javob beradigan holda 
xo’jaliklar tashkilotlar, aholiga xizmat ko’rsatmoqda.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin