hisob raqamidan olish mumkin. Bu holda muomalada pul massasining miqdori
oshadi. Shuning uchun ham tijorat banklar faoliyati ustidan
Markaziy bank nazorat
olib boradi.
Tijorat banklarning muhim funktsiyalaridan biri hisob-kitoblarni olib borishdir.
Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o’rtasida vositachi bo’lib xizmat qiladi.
Tijorat banklari yana qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va joylashtirish bilan
shug’ullanishi mumkin.
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qila borib mijozlarga har xil
axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.
Aktsioner tijorat banklarning yuqori organi
- aktsionerlarning umumiy
yig’ilishi hisoblanadi. Har yili aktsionerlarni yig’ilishi ustavdagi va ustav kapitalidagi
o’zgarishlarni, yillik faoliyat va uning natijalarini, bank daromadlarini
tasdiqlash,Bank Kengashi tarkibini saylash bankning sho’’ba
muassasalarini tashkil
qilish va bekor qilish kabi masalalarni ko’rib chiqishi mumkin.
Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
-
passiv operatsiyalar;
-
aktiv ssuda operatsiyalar;
-
bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari;
- bankning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va
boshqalar.
Tijorat banklarni ochishga litsenziya (ruxstanoma)ni Markaziy bank beradi. U
tijorat banklar faoliyatini olib borish bo’yicha iqtisodiy normativlar belgilab beradi va
ularning bajarilishini nazorat qilib boradi.
Dostları ilə paylaş: