Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


Axborot – xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir. Mijoz korxona



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155
audit (3)

Axborot
– xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir.
Mijoz korxona
– auditorlik xizmati ko’rsatilayotgan xo’jalik yurituvchi 


114 
subekt.
Uchinchi shaxslar
– auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda 
aloqador bo’lgan va bu aloqadorlik auditor fikriga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan 
yuridik yoki jismoniy shaxslardir.
Tahlil qilish
– bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor 
tomonidan mushohada qilinishi va o’z fikrini shakllantirishi.
Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi xo’jalik yurituvchi subektlar 
buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida auditorning mustaqil 
bildirilgan fikridan iborat. Buning uchun auditor hisobotning ishonchliligi yoki 
uning ishonchliligini rad etish to’g’risidagi asosli fikr bildirishga imkon 
beradigan dalillarni to’plashi zarur.
Ishonchlilik
– moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ulardan malakali 
foydalanuvchilarga xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining natijalari 
to’g’risida to’g’ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga asoslangan qarorlar 
qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, 
bu auditorlik dalillar qanchalik ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini 
tavsiflaydi. Audit jarayonida olingan dalillarning ishonchliligi mustaqillik va 
manba kompetentligi, ichki nazorat tizimining samaradorligi kabi omillarga 
bog’liq. Auditorning o’zi mustaqil manbalardan olgan dalillarning ishonchlilik 
darajasi xo’jalik yurituvchi subektdan olingan dalillarga qaraganda yuqoriroq. 
Barcha dalillar yig’indisini faqat so’ngilari etarli bo’lganidagina ishonchli deb 
hisoblash mumkin.
Dalillarning etarliligi ularning miqdori va sifati bilan belgilanadi. U tanlash 
ko’lami va to’plamdagi muayyan elementlarning tavsifi bilan bog’liq. 
Axborotlarning samaradorligi esa tanlash elementlarining reprezentativligi (bosh 
to’plamning o’rganilayotgan belgilar bo’yicha xususiyatlari tanlama to’plamda 
namoyon bo’lishi)ga bog’liq, ya’ni reprezentativlik qancha yuqori bo’lsa, 
auditorlik riski shuncha past bo’ladi. Auditorlik risklarini pasaytiruvchi 
dalillarning etarliligi to’g’risida auditor ichki nazorat tizimini baholash va 
auditorlik riskining hajmiga asoslanib xulosa qilishi mumkin. Ichki nazorat tizimi 


115 
qanchalik ishonchli va auditorlik riski qanchalik past bo’lsa, auditordan 
shunchalik kam dalil-isbotlar to’plash talab etiladi.
Dalillarning etarliligini aniqlashda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: 
mustaqil manbalar (uchinchi shaxslar)dan olingan dalillarning mijoz-korxona 
xodimlaridan olingan dalillarga nisbatan ishonchliroq ekanligi; auditorlik 
tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki tahlili natijasida olingan ma’lumotlarning 
uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlarga qaraganda ishonchliroq ekanligi; 
hujjatlar va yozma ko’rsatmalar shaklidagi auditorlik dalillarining og’zaki 
ko’rsatmalarga qaraganda ishonchliroq ekanligi. Nihoyat, turli manbalardan 
olingan dalillardan foydalanish natijasida qilingan xulosalarni taqqoslash 
imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Amaldagi standartlarga muvofiq auditorlik baholash uchun zarur ma’lumotlar 
miqdori qat’iy chegaralab qo’yilmagan. Shu boisdan auditor o’zining professional 
fikriga tayangan holda xo’jalik yurituvchi subekt moliyaviy hisoboti-ning 
ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzish uchun zarur bo’ladigan ma’lumotlarning 
miqdori haqida mustaqil qaror qabul qilishi lozim. Auditorlik dalillarining o’z 
vaqtida to’planishiga alohida e’tibor berish zarur. Aks holda ular oshiqcha va 
keraksiz bo’lib qoladi. O’z vaqtidalik har bir auditorlik dalilining tekshirilayotgan 
davrga bevosita taalluqliligi yoki mijoz-korxona faoliyatining hisobot 
tuzilganidan so’ng, ammo auditorlik xulosasi tuzilishidan oldin sodir bo’lgan 
ma’lum bir jiddiy hodisalariga taalluqli ekanligidan ham iboratdir. To’plangan 
dalillar tekshirilayotgan hisobot tuzilgan sanaga qanchalik yaqin bo’lsa, ular 
shunchalik ishonarli bo’ladi.
Agar xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi dalillar mijoz korxona 
ma’muriyatiga auditorlik xulosasi soliq organiga topshirilmasdan oldin taqdim 
etilgan bo’lsa, u holda buxgalteriyada hisobotlarga zarur tuzatishlarni kiritish 
imkoni bo’ladi. Agar hisobot soliq organiga topshirilganidan so’ng audit 
o’tkazilsa, tuzatish kiritish imkoni yo’q, lekin joriy davrda aniqlangan xato 
kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish mumkin.
Auditorlik tekshiruvlarining asosi auditorlik dalillarini topishdan iborat. U 


116 
ma’lumotlarni 
to’plash, 
moliyaviy 
hisobotning 
ishonchliligi 
(yoki 
ishonchsizligi)ni, 
moliya-xo’jalik 
muomalalarining buxgalteriya hisobini 
yuritishga oid belgilangan qoidalar va nizomlarga muvofiqligi-ni va shu bilan 
birga auditorlik xulosasi tuzish uchun auditorning shaxsiy fikrini shakllantirish 
maqsadida ularni umumlashtirish va baholashni nazarda tutadi.
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib, 
ular 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin