120
ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash to’g’risidagi
yozuvlar,
bayonnomalar, jadvallar va blankalar shaklida auditorning ishchi hujjatlarida aks
ettirilishi lozim. Ishchi hujjatlarda auditorlik amallarining rejalashtirilishi va
bajarilish natijalarini ham aks ettirish zarur. Auditorlik dalillarini to’plash ketma-
ketligini quyidagicha:
1. Auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning
umumiy audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga
bog’liq. Shartnomadan kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan
hisobni tashkil etishning samaradorligini baholash, to’lov layoqatini, rentabellikni
va boshqalarni bashoratlash ham aniqlanishi mumkin.
2. Tanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga
muvofiq auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim.
Bunda auditorlik amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan
tekshirishlar) va qaysi uchastkalarda qo’llash maqsadga
muvofiqligini aniqlash
zarur.
Etarli darajadagi va ishonarli dalillarga ega bo’lish uchun mohiyatan
o’tkaziladigan auditorlik amallari va analitik amallardan foydalaniladi. Auditor
hisob va hisobotning ma’lum bo’limlarini tekshirishda qo’llaniladigan auditorlik
amallarini batafsil bayonini dasturda aks ettirishi zarur. Bunda ayrim
muomalalarni tekshirishda qo’llaniladigan amallar mazmuni aks ettirilgan,
oldindan ishlab chiqilgan taxminiy ro’yxatlardan foydalanish mumkin.
3. Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash,
inventarizatsiya,
xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash,
og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda
keltirilgan.
Auditor quyidagilarni aniqlaydi: muayyan vaziyatda qanday usullarni
qo’llashi; u yoki bu usulni qaysi ob’ektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar,
majburiyatlar, sub’ektlar va hokazo) qo’llash zarurligi auditorlik amallarini
qanday ketma-ketlikda bajarishni.
Auditor tomonidan olingan dalillarning etarliligi va ishonarliligi turli amallar,
121
usullar va zarur dalillarni olish manbalarini muvofiqlashtirish
natijasida
ta’minlanadi.
4. Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash. Buning uchun audit
dasturidagi har bir bo’lim bo’yicha normativ-savolnoma va hisob-hisobot
ma’lumotlarining zarur ro’yxati tuziladi. Normativ-savolnoma ma’lumotlar
ro’yxati asos sifatida shakllantiriladi. Auditor bu ro’yxatni tekshiruv ob’ektiga
nisbatan aniqlashtiradi. Tekshiruvda ishtirok etadigan xodimlar ushbu ro’yxatdagi
hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Tekshiruvni
boshlashdan oldin hisob-hisobot ma’lumotlari – mijoz-korxonadan talab qilib
olinadigan hujjatlar va registrlarning ro’yxatini ham tuzish zarur.
5. Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni
bayon qilish. Bu bosqichda auditor auditni rejalashtirish chog’ida
belgilangan
tanlov hajmidan kelib chiqadi. Aniqlangan tafovutlar ularni aniqlash amallari
yoki kodlari va audit jarayonida aniqlangan dalillarning batafsil bayoni
ko’rsatilgan holda ishchi hujjatlarda ro’yxatga olinadi. Bayon qilish vaziyatdan
kelib chiqqan holda, ixtiyoriy holda bo’lishi mumkin yoki maxsus ishlab
chiqilgan ishchi hujjatlar shakllarini to’ldirish yo’li
bilan amalga oshirilishi
mumkin.
6. To’plangan dalillarni baholash deganda ularning audit maqsadiga erishish
va ishonchliligini aniqlashdagi rolini belgilash tushuniladi.
Dalillarni baholashda quyidagilarni aniqlash zarur: manbaning mustaqilligi,
olingan faktlar va boshqa ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi
(ya’ni buning qonunga zid emasligi); mazkur dalilning tekshiriladigan ob’ektga
taalluqliligi; tanlash hajmi va metodologiyasi. Shuningdek, mazkur dalilning
ob’ekt bo’yicha to’plangan boshqa dalillar bilan aloqadorligi;
ushbu
aloqadorlikning ko’lami va tavsifi; olingan dalillarning keyingi audit jarayonida
ko’llanilish imkoniyatlari; aniqlangan tafovutlarning jiddiylik darajasi; olingan
dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun etarliligini ham aniqlash zarur.
Xulosa
qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi
bo’yicha jiddiy xatolar yo’qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim.