129
Xususan, auditor tayyor mahsulotlarning hisobda haqqoniy va to’liq aks ettirilishi
to’g’risidagi dalil-isbotlarga ega bo’lish uchun tez-tez xom-ashyolar, materiallar
va tayyor mahsulot olinishi balansini tuzadi.
Xom-ashyo va materiallar balansini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi:
mahsulotning bir birligi uchun norma bo’yicha sarflangan xom-ashyo va
materiallar va haqiqatda olingan mahsulotlar hisob-kitobi; xom-ashyo va
materiallarni haqi-qiy sarfi bilan taqqoslash; xom-ashyo va materiallarni
sarflashda tafovutlarni aniqlash.
Tayyor mahsulot balansini aniqlashda uning haqiqiy chiqishi mahsulot birligi
uchun ketadigan xom-ashyo va materiallar normasidan kelib chiqqan holda
hisoblab chiqarilgan normativlari va xom-ashyo va materiallarning haqiqiy sarfi
bilan taqqoslanadi.
Bunday balansni tuzish xom-ashyo, materiallar sarfi va mahsulot chiqishi (ish
bajarish, xizmat ko’rsatish) normatividan chetga chiqishlarni aniqlash va shu
bilan birga moliyaviy natijani hisoblab chiqarishning haqqoniyligiga ishonch
hosil qilishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: