Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   155
audit (3)

Muqobil balans tuzish
– auditorlik ishining muhim elementidir. U auditni 
boshlashdan oldin sintetik va analitik hisob registrlarining yoki bosh daftarning 
ma’lumotlari bo’yicha tuziladi. Natijada, auditor tasdiqlanishi lozim bo’lgan 
balansga o’xshash, yangi balansga ega bo’ladi. Agar rasmiy va muqobil balanslar 
o’rtasida tafovutlar vujudga kelsa, bu tofovutlar mijoz-korxona hisobotida bosh 
buxgalterning ataylab qilgan chalkashliklarini bildiradi.
Bayon qilinganlarni umumlashtirish asosida ta’kidlash zarurki, auditorlik 
tekshiruvlarining samaradorligi ma’-lum darajada auditorlik dalillarni to’plashda 
qo’llaniladigan usullarni qanday mahorat bilan qo’llashga ham bog’liq. 
Takrorlash uchun savollar: 
1.
Auditorlik dalillar nima?
2.
Auditorlik dalillarning qanday turlari mavjud?
3.
Auditorlik dalillarning qanday manbalari mavjud? 


130 
4.
Auditorlik dalillarni olishning qanday usullari mavjud? 
5.
Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari deganda nimalarni tushunasiz? 


131 
9
9
-
-
B
B
O
O
B
B
.
.
 
 EKSPERT ISHLARIDAN FOYDALANISH 
 
1. Ekspert ishidan auditorlik dalili sifatida foydalanish
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorga ko’pincha nafaqat kompyuter 
texnologiyasi sohasidagi, balki mijozning biznesiga bevosita aloqador bo’lgan, 
buxgalteriyaga taalluqli bo’lmagan maxsus bilimlar ham zarur bo’ladi. Bunday 
hollarda auditorlik tekshiruvi o’tkazishda faqat auditorlik firmasining xodimlari 
emas, balki pudrat shartnomasi asosida chetdan maxsus ekspert mutaxassislar 
ham jalb qilinadi. Masalan, quruvchi tashkilotlar kabi, neftni qayta ishlash 
kompaniyalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi va tibbiy xizmat 
ko’rsatuvchi tashkilotlarni ham tekshirish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin. 
Bunda mazkur muayyan soha ekspertlari yordamiga murojaat qilish zarur.
Auditorlik tashkiloti qanday hollarda va qay tarzda ekspert tayinlashi, ekspert 
ishlarining natijalarini rasmiylashtirishga oid qanday talablar mavjudligi va 
ulardan foydalanish tartiblari №16 «Ekspert ishlaridan foydalanish» nomli 
auditorlik faoliyatining milliy standartida bayon qilingan. Standartga muvofiq 
mazkur auditorlik tashkilotining shtatida turmaydigan, buxgalterlik hisobi va 
auditdan boshqa (tashqari) ma’lum sohalarda (ma’lum masalalar bo’yicha) etarli 
darajadagi bilim va (yoki) tajribaga ega, ushbu sohaga taalluqli masalalar 
bo’yicha xulosa bera oladigan mutaxassis ekspert deb tan olinadi.
Ushbu standart talablari tekshiruv natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik 
xulosasi tayyorlash ko’zda tutilgan barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy, 
auditorlik xulosasi berish ko’zda tutilmagan tekshiruvlar, hamda professional 
xizmat ko’rsatuvchi auditorlik tashkilotlari uchun esa tavsiya tavsifiga ega 
hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti muayyan topshiriqni bajarish chog’ida mazkur 
standartning majburiy talablaridan chetga chiqish holatlarida ushbu vaziyatni 
o’zi-ning ishchi hujjatlarida aks ettirishi va mijoz korxona rahbariyatiga taqdim 
etadigan yozma hisobotida ko’rsatishi shart. Auditorlik tashkilotining o’z yuridik 
xizmati bo’lmagan yoki masala uning sohasidan tashqariga chiqadigan bo’lsa, u 


132 
holda auditorlik tashkiloti yuridik shaxs hisoblangan, ixtisoslashtirilgan tashkilot 
xizmatidan foydalanishi mumkin.
Ekspert mijoz-korxona shtatida turmasligi munosabati bilan, auditorlik 
tashkiloti audit o’tkazish chog’ida uning xizmatidan faqat, tekshirilayotgan 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt roziligi bilan foydalanishi mumkin.
Mijoz-korxona ekspert xizmatidan foydalanishni rad qilganida auditorlik 
tashkiloti o’tkazilgan audit natijalari bo’yicha salbiy auditorlik xulosasi 
tayyorlash masalasini ko’rib chiqadi. Ekspert ishlari natijalari to’g’risidagi xulosa 
mazkur standart talablariga muvofiq tayyorlanishi va rasmiylashtirilishi lozim 
bo’lib, uning mazmuni va shakli ekspert xizmati ko’rsatish shartnomasida ko’zda 
tutilishi lozim. Shuningdek, bu shartnomada ekspert xizmatlarining maqsadi va 
hajmi; muayyan masalalar bayoni (tafsiloti); zarur hollarda ekspert bilan xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt o’rtasidagi o’zaro munosabatlar; xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
axborotlarining maxfiyligi; ekspert o’z ishida maqsad qilib qo’ygan taxminlar va 
uslublar hamda ularning auditorlik tashkiloti ekspert xizmatidan foydalangan 
oldingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va uslublarga mos kelishi to’g’risidagi 
ma’lumotlar ham keltirilishi zarur.
Ekspertga asosan quyidagi ishlarni bajarish uchun taklif qilinishi kerak: 
1)
mulklarning ayrim turlarini baholash (er, binolar, mashina va uskunalar, 
san’at asarlari, zargarlik buyumlari, qimmatbaxo toshlar va b.); 
2)
mol-mulklar miqdori va sifatini aniqlash (konlardagi qazilma boyliklar 
zaxiralari, mashina va uskunalarning xizmat muddatlari va b.); 
3)
maxsus usullar va amallar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish (aktuar 
baholash va b.) 
4)
bajarilmagan shartnomalar bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan, bajarilgan 
ishlar va xizmatlarning hajmini o’lchash. Bu realizatsiya qilinganligini tan olish 
uchun zarur; 
5)
ta’sis shartnomalari, me’yoriy hujjatlar va xo’jalik shartnomalarini yuridik 
baxolash va interpretatsiyalash (talqin qilish).
Auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert ishidan foydalanish to’g’risida 


133 
auditorlik tashkiloti o’rganishi lozim bo’lgan xolatlarning tavsifi va murakkabligi, 
ularning jiddiyligi, hamda maqsadga muvofiqligi, ushbu holatlarga nisbatan 
boshqa auditorlik amallarini qo’llash mumkinligi va ishonchliligidan kelib 
chiqqan holda qaror qabul qiladi.
Auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda xizmatidan foydalangan ekspert 
tegishli maxsus malakaga ega bo’lib, buni tasdiqlovchi hujjat (malaka attestati, 
sertifikat, litsenziya, diplom va sh. o’.) taqdim etishi lozim. Shuningdek, ekspert 
auditorlik tashkiloti xulosa olishni mo’ljallagan soxada tegishli tajriba va obro’ga 
ham ega bo’lishi hamda bu tavsiyalar, muloxozalar, nashr qilingan ishlari, 
ma’lumotnomalar bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishga jalb qilingan ekspert xolis bo’lishi 
lozim. Auditorlik tashkiloti qoidaga ko’ra, quyidagi hollarda audit o’tkazish 
chog’ida ekspert ishidan foydalanmasligi lozim: 
Agar ekspert – jismoniy shaxs auditorlik tashkiloti audit o’tkazayotgan 
korxonaning rahbari yoki asosiy ta’sischilaridan biri hisoblansa, yoki ko’rsatilgan 
shaxslar bilan yaqin qarindoshlik aloqasi bo’lsa (ota-onasi, er-xotin, aka-uka, opa-
singil, o’g’il, qizi shuningdek er-xotinlarining aka-ukalari, opa-singillari, ota-
onalari va bolalari) yoki auditorlik tashkiloti audit o’tkazayotgan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning mansabdor shaxsi yoki shtatdagi xodimi hisoblansa; 
-ekspert-huquqiy shaxs auditorlik tashkiloti tomonidan audit o’tkazilayotgan 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sischisi, kreditori, sug’urtalovchisi hisoblansa 
yoki ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ekt ekspert yuridik shaxsning asosiy ta’sischisi 
hisoblansa. Agar ekspert tayinlaganidan so’ng yuqorida ko’rsatilgan holatlar 
ma’lum bo’lsa yoki vujudga kelsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasini 
tasdiqlaydigan qo’-shimcha ishlarni amalga oshirishi yoki boshqa ekspert 
tayinlashi lozim. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekspert ishidan foydalanishni rad qilishi 
yozma ravishda rasmiylashtirilishi lozim. Bunday rad etish hollarida auditorlik 
tashkiloti o’tka-zilgan audit natijalari bo’yicha salbiy xulosa tuzishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda ekspert ishidan tekshirilayotgan mijoz-


134 
korxona va ekspert tashkiloti o’rtasida yoki auditorlik tashkiloti va ekspert 
tashkiloti o’rtasida tuzilgan pullik shartnoma asosida foydalanadi.
Ekspert xizmati shartnomada umumqabul qilingan shartlardan tashqari 
quyidagilar ko’zda tutilgan bo’lishi lozim: 

ekspert ishining maqsadi va hajmi; 

auditorlik tashkiloti ekspert xulosasidan kutayotgan muayyan masalalarning 
bayoni; 

ekspert tashkiloti va xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida o’zaro munosabatlar 
bayoni, agar bu talab qilinsa; 

xo’jalik yurituvchi sub’ekt axborotlarining maxfiyligi; 

ekspert o’z ishida qo’llashni mo’ljallayotgan taxminlar va usullar, ularning 
olidingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va usullarga mos kelishi (agar 
auditorlik tashkiloti oldingi davrlarda ekspert xizmatlaridan foydalangan 
bo’lsa) to’g’risida ma’lumotlar.
Ekspert o’z ishining natijalarini yozma shakldagi (hisobot, hisob-kitob va sh. 
k) xulosa ko’rinishida taqdim etadi.
Ekspert xulosasi tajribali auditor va (yoki) boshqa ekspert tanishib chiqib, 
ekspert tomonidan bajarilgan ishlar to’g’risida tasavvurga ega bo’ladigan 
darajada to’liq va batafsil bo’lishi lozim. Xususan, ekspert xulosasida quyidagilar 
aks ettirilgan bo’lishi zarur: 

xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi; 

ish bajarilgan ob’ekti; 

bajarilgan ish hajmi va ekspertning mas’uliyat chegarasi; 

qo’llanilgan ish usullari, shu jumladan ularning oldingi davrlarda 
foydalanilgan usullarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti 
ekspert ishidan foydalangan bo’lsa); 

ishni bajarish chog’ida ekspert tomonidan qabul qilingan taxminlar, shu 
jumladan ularni oldingi davrlarda qabul qilingan taxminlarga mosligi (agar 
oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert ishidan frydalangan bo’lsa); 

bajarilgan ish bilan bog’liq bo’lgan xal etilmay qolgan xar qanday jiddiy 


135 
shubxalar; 

bajarilgan ishlarning natijalari.
№16 AFMSda ta’kidlanishicha, ekspert xulosasi uchta qismdan iborat: kirish, 
tekshirish va xotima.
Ekspert xulosasining kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi: 

ekspert o’z ishini bajargan xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi; 

ekspert tomonidan bajarilgan ishlar nomi va bu ishlarning bayoni 

ekspert haqida ma’lumotlar: nasabi, ismi-sharifi; malakasi; 

materiallarning o’rganish uchun qabul qilingan sanasi; 

o’rganish uchun qabul qilingan materiallar nomi; 

audit o’tkazilayotgan vaziyat va xulosa berish uchun axamiyatga ega bo’lgan 
birlamchi ma’lumotlar, ularning olinish manbalari ko’rsatilgan xolda; 

ekspert oldiga qo’yilgan masalalar.
Ekspert xulosasida keltiriladigan masalalar shakli ekspert xizmati ko’rsatish 
to’g’risidagi shartnomada qanday berilgan bo’lsa, shunday bo’lishi lozim. Ularni 
aniqlashtirish zarur bo’lganida ekspert masalani bayon qilishi, so’ngra o’zining 
kompitentsiyasiga muvofiq vazifani qanday tushunganligini ko’rsatadi. Agar 
ekspert ayrim masalalarni, uning maxsus bilim doirasidan chetga chiqishini 
(to’liq yoki qis-man) aniqlasa, bu holni xulosada ko’rsatadi. Ekspert masalalarni 
guruxlash va ularni eng maqsadga muvofiq o’rganish tartibini taminlaydigan 
ketma-ketlikda bayon qilish huquqiga ega. Agar masala ekspert tashabbusiga 
ko’ra o’rtaga qo’yilsa, u ham kirish qismida bayon qilinadi.
Ekspert xulosasining tekshirish qismida izlanish jarayoni va uning natijalari 
bayon qilinadi, hamda aniqlangan faktlarga tushuntirish beriladi.
Ekspert tomonidan hal etilgan har bir masalaga izlanish qismining ma’lum 
bo’limi mos kelishi lozim. O’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan ikki va undan 
ortiq masalalarni bir vaqtning o’zida o’rganish zarur bo’lganida, olingan natijalar 
bitta bo’limda bayon qilinadi. Tekshirish qismida quyidagilar bayon qilinadi: 

tekshirish usullari maxsus bilimga ega bo’lmagan shaxslar uchun tushunarli 
bayon etilgan va zarur bo’lganda ekspert xulosalarining to’g’riligini mazkur 


136 
izlanishlarni takrorlab tekshirish mumkin bo’lgan darjada batafsil bo’li-shi 
zarur; 

taxminlarni o’rganish chog’ida qabul qilingan tushuntirish va asoslashlar; 

qo’yilgan masalalarni had etishda ekspert tomonidan qo’llanilagan me’yoriy 
hujjatlar, ularni nashr qilgan organ va sanasi ko’rsatilgan holda; 

hal qiluvchi masalaga doir xulosani asoslaydigan, tekshirish natijalarining fikr 
muloxazalar batafsil bayon qilingan ekspert bahosi.
Maxsus atamalarga izoh berilishi lozim. Agar qo’yilgan masalalarning 
ayrimlariga javob berish imkoni bo’lmasa, xulosaning izlanish qismida ekspert 
buning sababini ko’rsatadi.
Ekspert xulosasining xotima qismida kirish qismida keltirilgan masalalarning 
javobi tarzidagi xulosalar keltiriladi.
Qo’yilgan masalalarning har bittasiga aniq javob berilgan bo’lishi yoki 
tekshirish jarayonida u yoki bu sabablarga ko’ra uni hal etish imkoni 
bo’lmaganligi ko’rsatilishi lozim.
Ekspert oldiga masala qilib qo’yilmagan, ammo tekshirish chog’ida 
aniqlangan xolatlar to’g’risidagi xulosalar ekspert xulosasining so’ngida bayon 
qilinadi.
Agar ekspert xulosasining xotima qismi uning tekshirish qismida bayon 
etilgan tadqiqot natijalarining batafsil bayonisiz tuzilishi mumkin bo’lmasa, 
xulosaning tekshirish qismiga izoh berib o’tish mumkin.
Ekspert xulosasida keltirilgan ma’lumotlar aniq bayon etilgan bo’lib, ularning 
shakli va mazmuni yaqqol ko’rinadigan hamda turlicha izohlanmaydigan bo’lishi 
lozim.
Ekspert xulosasi qog’ozda yoki auditorlik tashkiloti bilan kelishilgan, 
auditorlik tashkilotining arxivida ishchi hujjatlarni saqlash uchun belgilangan 
vaqt davomida, undagi ma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydigan boshqa hujjatda 
tayyorlanishi mumkin.
Ekspert xulosasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi lozim: 

hujjatning nomi; 


137 

hujjatning sanasi; 

ekspertning shaxsiy imzosi va uning rasshifirovka; 

yuridik shaxs hisoblangan ekspert xulosasi uning muxri bilan tasdiqlanishi 
lozim; 
Ekspert o’z xulosasini kamida uch nusxada tuzib, uning bittasini auditorlik 
tashkiloti tekshiruv o’tkazayotgan xujalik yurituvchi sub’ektga, ikkinchisini esa 
auditorlik tashkilotiga taqdim qiladi.
Ekspert ishlarining natijalari auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagi jixatlari 
bo’yicha ko’rib chiqilishi lozim: 

ekspert xulosasi uchun asos bo’lgan ma’lumotlar; 

xulosa tuzishda ekspert tomonidan foydalanilgan taxminlar va usullar, shu 
jumladan ularning oldingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va usullarga 
mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert xizmatidan 
foydalangan bo’lsa); 

o’tkazilgan auditning umumiy natijalari.
Agar auditorlik tashkiloti tomonidan ekspert ishlarining natijalarini ko’rib 
chiqish chog’ida ekspert xulosasi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt ma’lumotlari 
o’rtasida jiddiy nomuvofiqliklar aniqlansa yoki auditorlik tashkiloti ekspert 
ishlarining natijalarini asossiz deb topsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasining 
asosliligini ta’minlovchi qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishi yoki boshqa 
ekspert tayinlashi lozim.
Ekspert xulosasi auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlari qatoriga qo’shiladi. 
Agar istisno holatlarda ekspert og’zaki tushuntirishlar bersa, ular ham auditorlik 
tashkiloti tomonidan ishchi hujjatlarda aks ettirilishi lozim.
Qandaydir 
o’rganilgan 
xolatlarni 
baxolashda 
ekspertning 
jiddiy 
ishonchsizliligidan, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt va ekspert o’rtasida yoki 
auditorlik tashkiloti va ekspert o’rtasidagi echimi topilmagan kelishmovchiliklar 
natijasida ekspert xulosasi olish imkoni bo’lmasa, auditorlik tashkiloti salbiy 
auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bildirishi mumkin.


138 
Audit o’tkazish chog’ida ekspert xizmatidan foydalanish, jumladan auditorlik 
xulosasida bu to’g’rida ko’rsatib o’tilishi, auditorlik xulosasi uchun auditorlik 
tashkiloti zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin