2. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini
shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash
Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining
katta-kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda amalga
oshirilishini aniqlash zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish №14-«Audi-torlik
tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga solinadi. Xususan, ushbu standartda
auditorlik tanlash maqsadi, mohiyati va usullari; tanlash tamoyillari, tanlash
risklari va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan. Auditorlik tanlash
tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam qismiga nisbatan auditorlik
amallarini qo’llash maqsadida o’tkaziladi. Tekshiriladigan to’plam deganda
schyotlarning qoldiqlarini yoki muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha
oborotlarni tashkil etuvchi butun tekshiriladigan to’plam haqida fikr
shakllantirishga imkon beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur
bo’ladigan elementlar tushuniladi.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti
moliyaviy hisobotning muayyan bo’limini, tekshiriladigan to’plamni tekshirish
tartibini aniqlashi lozim. Tekshiriladigan element ushbu to’plamdan tanlab
146
olinadi.
Tanlov o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganiladigan butun to’plamni
alohida guruhlar (quyi to’plamlar)ga bo’lishi mumkin. Ushbu guruhlar
elementlari bir-biriga o’xshaydi. To’plamni bo’laklash mezonlari, uning qaysi
guruhga tegishli ekanligini aniq ko’rsata oladigan bo’lishi lozim. Ushbu amal
stratifikatsiya deb nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esa o’z
nav-batida auditor ishini engillashtirishi mumkin.
Auditorlik tanlashga qo’yiladigan muhim talablardan biri- reprezentativlik,
ya’ni tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish
ehtimolining ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti ushbu talabni ta’minlash
uchun quyidagi statistik usullarning birortasidan foydalanishi mumkin:
1)
Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo’yi-cha o’tkazilishi mumkin.
2)
Sistematik tanlash. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir
sondan boshlab, har bir doimiy –intervaldan tanlab olinadi. Interval yoki to’plam
elementlarining soniga qarab, yoki ularning qiymatiga qarab tuziladi. Masalan,
mazkur toifadagi hujjatlarning har o’ninchisini o’rganish yoki elementlar to’plami
qiymatidan saldo yoki oborotni shakllantiradigan yuz ming (yoki million) so’mlik
qiymat ifodalangan hujjat tanlanadi.
3)
Uyg’unlashgan tanlash. Tasodifiy va sistematik tanlash usullaridan tarkib
topgan uyg’unlik ko’rinishida bo’ladi.
Auditorlik tanlash masalasiga nazariy jihatdan yondashilganda, hatto ushbu
maqsad uchun tanlash uslubini ishlab chiqadigan matematiklar mehnati talab
qilinsada, yuqorida keltirilgan tanlash usullaridan istalgan birini qo’llash uncha
murakkab ko’rinmaydi. Murakkablik tanlash jarayonini bevosita amaliyotda
bajarish chog’ida vujudga keladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash har biridagi elementlar
o’xshash xossalarga ega bo’lgan to’plamlar (quyi to’plamlar)ga nisbatan
qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin. Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat) larni
sotish cho-g’ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyot-fakturalarni tekshirishda
qo’llanilishi mumkin. Chunki, schyot-fakturalar yagona shaklga ega, bitta faylda
147
saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol etkazib beruvchilardan
olingan schet-fakturalarni tekshirishda, ularning mol etkazib beruvchilar
tomonidan raqamlanishi va tartib raqamlari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi
bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda auditor, agar statistik tanlash
usullarini qo’llamoqchi bo’lsa, tekshiriladigan to’plamdagi barcha schet-
fakturalarni o’zi raqamlab chiqishi mumkin (faqat tekshiruv maqsadida). Ko’p
hollarda esa mijoz-korxonadagi hujjatlar aylanish grafigining tuzilish printsipi
statistik tanlashni to’g’ri amalga oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki,
hujjatlarni arxivga topshirishda stratifikatsiyalashni amalga oshirishga imkon
beradigan bir xillik buziladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash ko’proq mijoz-korxonada
buxgalteriya hisobi kompyuterlashgan sharoitda samara beradi. Bu holda
tekshirishning kompyuterlashgan vositalaridan foydalanish imkoni bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plamdagi elementlar soni statistik usullarni qo’llash
samara bermaydigan darajada kam, yoki statistik usullarni qo’llash yoppasiga
tekshirishdan ko’ra samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday hollarda auditorlik
tashkiloti buxgalteriya hisobi schetlarida qoldiq va oborotlarning to’g’ri aks
ettirilganligini yoki nazorat tizimini yoppasiga tekshiradi. Amaliyotda ko’p
hollarda tekshiriladigan bosh to’plamni 100% to’liq tekshirish imkoni yo’q yoki
maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Bunda tekshiriladigan elementlarni tanlash
auditorlarning kasb mahoratiga tayangan holda amalga oshiriladigan nostatistik
usullar qo’llaniladi. Tanlash ko’lami muhimlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak,
ya’ni muhimlik darajasi qanchalik past bo’lsa, zarur bo’ladigan tanlash ko’lami
shuncha yuqori bo’ladi.
Har qanday tanlash (statistik yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti
quyidagilarni bajarishi lozim:
tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish;
tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan to’plamga
tarqatish (ekstrapolyatsiya);
tanlash risklarini baholash.
148
Tanlovga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi
navbatda ularning tavsifini aniqlashi lozim.
Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti barcha
tekshiriladigan to’plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to’plamga tarqatish
uslublari turlicha bo’lishi mumkin, ammo hamma vaqt tanlovning tuzilish
uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to’plam quyi to’plamlarga
bo’laklangan bo’lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har biri bo’yicha
amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkiloti tanlov hajmi (ko’lami)ni aniqlash chog’ida tanlash
risklarini, yo’l qo’yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim.
Tanlash riskining mazmuni shundan iboratki, tanlab olingan ma’lumotlar
asosida tuzilgan, ma’lum masalaga doir auditorning fikri xuddi shu masalaning
o’zi bo’yicha butun to’plamni o’rganish asosida tuzilgan fikrdan farq qiladi.
Tanlash riski nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishdagi kabi, schyotlar
bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini
batafsil tekshirishda ham mavjud. Auditorlik amaliyotida nazorat vositalarini test
sinovidan o’tkazish va schyotlar bo’yicha qoldiq hamda oborotlarning
to’g’riligini tekshirish uchun tanlash risklari birinchi darajali va ikkinchi darajali
toifalarga bo’linadi.
Nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishda tanlash risklarining quyidagi
turlari mavjud:
a) birinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchsizligidan
dalolat berib, ayni paytda haqiqatan bu tizim ishonchli bo’lganida to’g’ri
gipotezani chiqarib tashlash riski;
b) ikkinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchliligidan
dalolat berib, ayni payida ushbu tizim ishonchsiz bo’lganida noto’g’ri gipotezani
qabul qilish ehtimoli.
Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig
to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud:
a) birinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy
149
xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar
yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari;
b) ikkinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy
xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar
mavjud bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning
natijalari tahlilini auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirishi shart.
Dostları ilə paylaş: |