“Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risida” nizomga muvofiq
ichki audit xizmatining huquqlari quyidagilardan iborat:
ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar
bo’yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari,
boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob kitoblar, zarur
hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxonaning
mansabdor va ma’sul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish;
ichki audit o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli
mutaxassislarini jalb etish.
Ichki audit xizmati xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
ichki auditni amalga oshirishda qonunlar, nizomlar va boshqa
me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilish;
moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini
tekshirish;
hisobotlar tuzish;
ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga
rioya qilish;
korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari
tomonidan zarar etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu
haqida darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik
hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda
uning o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish;
Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis
hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.
173
Ichki auditorlar majburiyatlariga, shuningdek quyidagilarni kiritish
mumkin:
-
Nazorat tizimining samaradorligini tekshirish;