181
a) muayyan xodimlarning boshqa
xodimlarga hisobot berishi;
b) moliyaviy-xo’jalik faoliyati masalalariga oid ma’lumotlarni ichki
tekshirish va taqqoslash;
v) pul vositalari, qimatbaho qog’ozlar va tovar-moddiy
zahiralarni hisobga
olish natijalarini buxgalteriya yozishmalari bilan qiyoslash (inventarizatsiya);
g) ichki manbalardan olingan ma’lumotlarni tashqi manbalar ma’lumotlari
bilan taqqoslash;
d) tahliliy hisobotlar va qaydnomalardagi yozuvlarning arifmetik aniqligini
tekshirish;
e) amaliy dasturlar va kompyuter axborot tizimlari, shuningdek kompyuter
dasturlaridagi o’zgarishlar va ma’lumotlar
fayllariga kirish, tizimga ma’lumot
kiritish va undan ma’lumot olishni nazorat qilish vositasida nazoratni amalga
oshirish;
j) moliyaviy natijalarni reja ko’rsatkichlari bilan taqqoslash va tahlil qilish.
Ichki audit xizmati vazifalari o’z ichiga aniqlik monitoringini va ichki
nazorat tizimi samaradorligi oladi.
Korxonaning kuzatuv kengashi talablari va korxona hajmi va tashkiliy
tuzilmasidan
kelib chiqqan holda, ichki auditning maqsadi va hajmi turlicha
bo’ladi.
Ichki auditning funktsiyalari elementlari quyidagilardan iborat:
a) ichki nazorat muolajalari samaradorligi monitoringi (buxgalteriya hisobi
va ichki nazorat tizimini o’rnatish rahbariyatning vazifasi hisoblanadi, ichki audit
xizmati esa ushbu tizimlarni tekshirish, samaradorligi
monitoringni amalga
oshiradi, hamda ushbu tizimlarni takomillashtirish bo’yicha takliflar beradi);
b) boshqaruv va moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish (hisobot tayyorlash
uchun ma’lumotlarni tasniflash, tekshirish, hamda buxgalteriya
hisobi schetlari
qoldiqlari hamda boshqa alohida bo’limlar bo’yicha maxsus so’rovlarni amalga
oshirish);
v) samaradorlik, natijaviylik va iqtisod qilishni nazoratlash,
shu jumladan,
korxona nomoliyaviy vositalari nazorati;
182
g) respublika qonunchiligi, me’yoriy hujjatlar va boshqa talablarga rioya
qilishni nazoratlash hamda siyosiy, direktiv va
rahbariyatning boshqa ichki
talablariga rioya qilishni nazorat qilish.
Ichki audit xizmatining roli korxonaning kuzatuv kengashi tomonidan
belgilanadi. Ichki audit xizmati korxonaning tashkiliy tuzilmasining bir bo’limi
hisoblanadi. Ichki audit faoliyati o’zining ob’ektivligi va mustaqilligiga qaramay,
tashqi auditdan moliyaviy (buxgalteriya) hisobotni ishonchliligini taqdim
etishdagi mustaqillik darajasida emas. Tashqi audit faqat auditorlik xulosasi
uchun
javobgardir, lekin bu javobgarlik hisobot tayyorlashda ichki audit
ma’lumotlaridan foydalanganlik uchun kamaymaydi. Barcha moliyaviy hisobot
bo’yicha mulohaza va fikrlar tashqi auditor tomonidan qabul qilanadi.
Dostları ilə paylaş: