Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Ichki auditorni sertifikatlash tartibi



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   155
audit (3)

3. Ichki auditorni sertifikatlash tartibi 
Ichki auditor sertifikati – ichki audit xizmatida faoliyat olib borish uchun 
ichki auditorning professional malakasini tasdiqlovchi hujjat (bundan keyingi 
o’rinlarda sertifikat deb yuritiladi). 
Sertifikat da’vogar tomonidan malaka imtihoni (bundan keyingi o’rinlarda 
imtihon deb yuritiladi) muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda, auditorlarning 
respublika professional jamoat birlashmalari (bundan keyingi o’rinlarda 
auditorlarning jamoat birlashmalari deb yuritiladi) tomonidan besh yil muddatga 
beriladi. 
Sertifikat egasi sertifikat olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili 
malaka oshirish kurslaridan o’tishi shart. 
Imtihon o’tkazuvchi komissiya (bundan keyingi o’rinlarda komissiya
deb yuritiladi) tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
auditorlarning jamoat birlashmalari vakillari, zaruriyat bo’lganda, buxgalteriya 
hisobi, audit, soliq solish va xo’jalik huquqi sohalarining etakchi mutaxassislari 
kiritiladi. 


183 
Komissiya auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kamida beshta a’zodan, shu 
jumladan komissiya raisidan iborat tarkibda tuziladi. 
Sertifikat olish, amal qilishini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, 
shuningdek uning dublikatini berish haqidagi arizani ko’rib chiqish uchun 
da’vogar (sertifikat egasi) tomonidan belgilangan miqdorlarda yig’im to’lanadi. 
Yig’im auditorlarning jamoat birlashmalari hisob raqamiga o’tkaziladi va 
imtihonlarni tashkil qilish va o’tkazish, sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan 
bog’liq xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi. Yig’im to’lash uchun bank 
rekvizitlari to’g’risidagi ma’lumotlar auditorlarning jamoat birlashmalari veb-
saytlariga joylashtiriladi
.
Auditorlarning jamoat birlashmalari huzuridagi auditorlarni tayyorlash 
markazlari – auditorlarni o’qitish va malakasini oshirish uchun litsenziyaga ega 
bo’lgan, faqat auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan ta’sis etiladigan 
nodavlat ta’lim muassasasi (bundan keyingi o’rinlarda o’quv markazlari deb 
yuritiladi). 
O’quv markazlari: 
auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan ichki auditorlarni tayyorlash dasturi 
(bundan keyingi o’rinlarda tayyorlov dasturi deb yuritiladi) bo’yicha 80 soatli 
maxsus o’quv kurslarni hamda ichki auditorlar uchun malaka oshirish dasturi 
bo’yicha 20 soatli kurslarni tashkil etadi; 
sertifikat blankasiga sertifikat egasining har yili malaka oshirish kursini 
o’taganligini tasdiqlovchi yozuv kiritadi; 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda, keyingi oyning 
10-sanasidan kechiqtirmay sertifikat egasining malaka oshirish kursini o’taganligi 
to’g’risida axborot taqdim etadi. 
Auditorlarning jamoat birlashmalari: 
imtihon o’tkazishni tashkil qiladi, shuningdek o’zlarining veb-saytlariga 
imtihon o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risidagi axborotni joylashtiradi; 


184 
tayyorlov dasturi asosida test savollarini va javob variantlarini tuzadi 
hamda ularni imtihon o’tkazish sanasidan yigirma kun oldin O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi; 
o’quv markazlarida o’quv jarayoni tayyorlov va malaka oshirish dasturlari 
asosida tashkil etilganligini nazorat qiladi; 
da’vogarlarni imtihonga qo’yish yoki rad etish to’g’risida qaror qabul 
qiladi; 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga imtihon o’tkazilgan sanadan 
boshlab o’n besh kundan kechiqtirmay imtihon natijalari bo’yicha da’vogarlarga 
berilgan sertifikatlar to’g’risida axborot taqdim etadi. 
Da’vogarga qo’yiladigan malaka talablari: 
Sertifikat olish uchun imtihonga quyidagi malaka talablariga javob 
beradigan da’vogarlar (bundan keyingi o’rinlarda da’vogar deb yuritiladi) 
qo’yiladi: 
1) oliy iqtisodiy ma’lumotga, shuningdek xorijiy davlatning oliy ta’lim 
muassasalari tomonidan berilgan va qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston 
Respublikasidagi oliy ta’limga ekvivalent deb e’tirof etilgan oliy iqtisodiy 
ma’lumotga hamda oliy ta’lim muassasini tugallaganidan so’ng oxirgi o’n yilning 
kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, moliya yoki soliq 
nazorati sohasida yoxud shu sohalarda dars berish bo’yicha amaliy ish stajiga 
(shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish; 
iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumotga, shuningdek xorijiy davlatning oliy 
ta’lim muassasalari tomonidan berilgan va qonun hujjatlariga muvofiq 
O’zbekiston Respublikasidagi oliy ta’limga ekvivalent deb e’tirof etilgan 
iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumotga hamda oliy ta’lim muassasini 
tugallaganidan so’ng oxirgi o’n yil ichida kamida uch yillik auditor, auditor 
yordamchisi, buxgalter, revizor, soliq maslahatchisi, soliq inspektori, ichki 
auditor xizmati xodimi sifatida ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik asosida) 
ega bo’lish; 
2) o’quv markazlarida maxsus tayyorlov kursini o’taganlik.


185 
Quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo’lgan da’vogarlarga maxsus 
tayyorlov kursini o’tamagan bo’lsa ham imtihon topshirishga ruxsat beriladi: 
auditorning malaka sertifikati (ariza berilgan sanada mazkur sertifikatning 
amal qilish muddati tugashiga 6 oydan ko’p vaqt qolgan bo’lsa); 
soliq maslahatchisi malaka sertifikati; 
buxgalter xalqaro sertifikati (CAP – Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi, 
CIPA – Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter va boshqalar), buxgalter 
xalqaro sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab, har yili malaka 
oshirganligini tasdiqlovchi guvohnoma mavjud bo’lsa. 
Imtihonda ishtirok etish uchun auditorlarning jamoat birlashmalaridan 
biriga da’vogar tomonidan belgilangan shakldagi arizaga ilova qilingan holda 
quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
belgilangan shaklga muvofiq to’ldirilgan anketa; 
pasport nusxasi; 
oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomning notarial yoki uni bergan oliy ta’lim 
muassasi tomonidan tasdiqlangan nusxasi; 
mehnat daftarchasidan notarius yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan 
ko’chirma; 
ikkita fotosurat (3 x 4 sm o’lchamda); 
maxsus tayyorlov kursini o’taganligi to’g’risidagi guvohnomaning asl 
nusxasi yoki auditor yoki soliq maslahatchisi malaka sertifikatining nusxasi 
yoxud buxgalter xalqaro sertifikatini olgan yildan keyingi yildan boshlab, 
buxgalter xalqaro sertifikati egasining har yili malaka oshirganligini tasdiqlovchi 
guvohnomaning va buxgalter xalqaro sertifikatining notarial yoki sertifikat 
bergan tashkilot tomonidan tasdiqlangan nusxasi; 
arizani ko’rib chiqish uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida 
yig’im to’langanligi to’g’risida bank to’lov hujjati. 
Maxsus tayyorlov kursini tugatgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish 
sanasigacha bo’lgan vaqt oralig’i bir yildan ko’p bo’lmaganda guvohnoma 
haqiqiy hisoblanadi. 


186 
Da’vogar taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda, to’langan yig’im 
unga qaytarib berilmaydi. 
Hujjatlar da’vogar tomonidan shaxsan yoki pochta orqali taqdim etiladi. 
Auditorlarning jamoat birlashmalari ariza kelib tushgan kundan boshlab 
uch kun ichida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 
imtihon topshirishga ruxsat berish to’g’risida; 
imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etish to’g’risida. 
Da’vogarga quyidagi hollarda imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi: 
Imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etish to’g’risida qaror qabul 
qilinganda, qabul qilingan qaror to’g’risidagi xabarnoma rad etish asoslari 
ko’rsatilgan holda auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan da’vogarning 
anketasida ko’rsatilgan manzilga yoki uning elektron manziliga yuboriladi.
Rad etish uchun asos bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 
da’vogarga o’n kun muddat beriladi.
Hujjatlar uch kun ichida qayta ko’rib chiqiladi. Belgilangan muddatda 
kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilgan arizani ko’rib chiqqanlik uchun 
yig’im undirilmaydi. 
Rad etish uchun asos bo’lgan kamchiliklar o’n kun ichida bartaraf 
etilmagan taqdirda, da’vogarning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi. 
Imtihon topshiradigan da’vogarlarning tasdiqlangan ro’yxati auditorlarning 
jamoat birlashmalari tomonidan komissiyaga topshiriladi. 
Guruhlarning shakllanishiga (kamida 10 kishi va ko’pi bilan 20 kishi) 
qarab imtihon o’tkaziladi. Guruhlar da’vogarlarning arizalarini ro’yxatga olish 
ketma-ketligida shakllantiriladi.
Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon topshirishga ruxsat berilgan 
da’vogarlarga imtihon o’tkaziladigan sanadan kamida o’n besh kun oldin imtihon 
o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risidagi xabarnomani auditorlarning jamoat 
birlashmalari veb-saytlariga joylashtiradi hamda da’vogarning anketada 
ko’rsatilgan manziliga pochta orqali yoki elektron xabar ko’rinishida yuboradi. 
Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon o’tkazishda: 


187 
da’vogarlarni ro’yxatdan o’tkazadi; 
imtihon o’tkazish uchun jihozlangan xonani zaruriy texnik vositalar bilan 
ta’minlaydi; 
imtihon o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar va materiallar saqlanishini 
ta’minlaydi; 
imtihon o’tkazish uchun zarur bo’lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi. 
Da’vogarlar imtihon topshirishga pasporti bilan kiritiladi. Pasporti 
bo’lmagan yoki imtihonga kechiqqan da’vogarlar imtihonga kelmagan deb 
hisoblanadi hamda imtihon topshirishga ruxsat berilgan navbatdagi shaxslar 
ro’yxatiga kiritiladi. 
Da’vogar auditorlarning jamoat birlashmalariga hujjatlarni topshirgan 
sanadan boshlab ikki marotaba imtihon topshirishga kelmagan taqdirda, da’vogar 
tomonidan taqdim qilingan hujjatlar qaytarib yuboriladi.
Imtihon uch soat ichida yozma shaklda test o’tkazish yo’li bilan o’tkaziladi. 
Har bir da’vogar tomonidan ro’yxat raqami, test savollari hamda maxsus 
test blankalari olinadi (bundan keyingi o’rinlarda test blankasi deb yuritiladi). 
Komissiya raisi tomonidan imzo qo’yilmagan test blankasi haqiqiy 
hisoblanmaydi. 
Test savollari auditorlarning jamoat birlashmalari taqdim etgan savollar 
asosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
Test savollari qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar 
hisobga olingan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi. 
Imtihon savollari tayyorlov dasturi bo’yicha tuziladigan 60 ta test savolidan 
iborat bo’ladi. 
Da’vogarga har bir to’g’ri javob uchun 1 ball, noto’g’ri javob uchun yoki 
javob bo’lmasa 0 ball qo’yiladi.
Test natijalarini ijobiy deb tan olish uchun asos bo’lib hisoblanadigan 
to’g’ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar miqdorining kamida 
75 foizini tashkil etishi kerak. 
Begona shaxslarning imtihonda qatnashishiga ruxsat etilmaydi. 


188 
Imtihon o’tkazishga ajratilgan vaqt tugagach, da’vogar test blankasini test 
savollari bilan birga komissiyaga topshiradi. Test blankasida da’vogarning 
ro’yxat raqamidan tashqari axborotlar (da’vogarning ismi, familiyasi, otasining 
ismi, shuningdek da’vogarning shaxsini aniqlash imkonini beradigan boshqa biror 
bir belgi) bo’lmasligi lozim. Ushbu talablarni buzgan da’vogar imtihon 
topshirmagan deb hisoblanadi. 
Imtihon o’tkazilayotganda da’vogarga quyidagilar taqiqlanadi: 
normativ-huquqiy hujjatlar, o’quv va maxsus adabiyotlardan foydalanish; 
uyali aloqa telefonlari yoki boshqa texnik vositalardan foydalanish; 
o’zaro gaplashish, yordam hamda maslahat va tushuntirishlar berish; 
test savollarini auditoriyadan olib chiqish. 
Ushbu talablarni buzgan da’vogarlar dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda 
auditoriyadan chiqarib yuboriladi va imtihon topshiraolmagan deb hisoblanadi. 
Imtihon natijalari komissiya tomonidan imtihon o’tkazilgandan so’ng ikki 
kun ichida e’lon qilinadi. 
Imtihon topshiraolmagan da’vogarlarga yig’im qaytarib berilmaydi. 
Imtihon topshirish natijalari salbiy baholangan da’vogarning hujjatlari 
qaytarib yuboriladi. 
Imtihonda ishtirok etish uchun da’vogarlar tomonidan berilgan ariza va 
unga ilova qilingan hujjatlar hamda komissiyaning yig’ilish bayonnomalari besh 
yil mobaynida auditorlarning jamoat birlashmalarida saqlanadi. 
Imtihon natijalari salbiy baholangan da’vogarlar natijalar e’lon qilingan 
sanadan boshlab o’ttiz kalendar kun mobaynida tegishli auditorlarning jamoat 
birlashmasiga yozma ravishda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi auditorlarning jamoat 
birlashmalari tomonidan belgilanadi. 
Berilgan apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan bir 
hafta ichida ko’rib chiqiladi va qabul qilingan qaror to’g’risida ariza beruvchi 


189 
yozma ravishda xabardor qilinadi. Ariza beruvchi apellyatsiya shikoyatining 
ko’rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega. 
Apellyatsiya shikoyatini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha quyidagi 
qarorlardan biri qabul qilinadi: 
imtihon natijalarini o’zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini 
qanoatlantirishni rad etish to’g’risida; 
ariza beruvchining imtihon natijalarini bekor qilish va qayta imtihon 
tayinlash to’g’risida; 
imtihon natijalarini o’zgartirish va ijobiy baholash to’g’risida. 
Imtihon natijalarini o’zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini 
qanoatlantirishni rad etish to’g’risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi: 
apellyatsiya shikoyatida keltirilgan dalillar tasdiqlanmasa; 
Ariza beruvchining imtihon natijalarini bekor qilish va qayta imtihon 
tayinlash to’g’risidagi qaror imtihon talablarini buzgan holda o’tkazilganda qabul 
qilinadi. Bunday hollarda ariza beruvchidan yig’im undirilmaydi. 
Apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini ko’rib chiqish 
natijalari bo’yicha qabul qilgan qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 
Imtihon natijalari komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi 
va auditorlarning jamoat birlashmalariga topshiriladi.
Sertifikat imtihonda qatnashish uchun ariza topshirilgan auditorlarning 
jamoat birlashmasi tomonidan beriladi. 
Sertifikat belgilangan shakldagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi va 
O’zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi. Sertifikat 
auditorlarning jamoat birlashmasining rasmiy qisqartirilgan nomidan keyin oraliq 
bo’shliqlarsiz (X...X 000000 tarzida) raqamlanadi. 
Sertifikat 
blankalari 
qat’iy 
hisobot 
hujjati 
hisoblanadi 
va qalbakilashtirishga qarshi himoya elementlariga ega bo’lgan maxsus qog’ozda 
“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan auditorlarning 
jamoat birlashmalari buyurtmasiga ko’ra tayyorlanadi. 


190 
Auditorlarning jamoat birlashmalari belgilangan tartibda berilgan 
va qayta rasmiylashtirilgan, shuningdek dublikatlari berilgan sertifikat blankalari 
hisobini yuritadi hamda saqlanishini ta’minlaydi. 
Sertifikat imtihon komissiyasining bayonnomalari olingandan so’ng o’n 
kun ichida rasmiylashtiriladi va sertifikat egasiga yoki notarial tasdiqlangan 
ishonchnoma asosida boshqa shaxsga ichki auditorlar reestriga imzo qo’ydirish 
orqali beriladi. 
Da’vogar sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida 
uni olish uchun kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy voz kechsa, 
auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan ushbu sertifikatni bekor qilish 
to’g’risida qaror qabul qilinadi. 
Sertifikat egasi tomonidan sertifikatning amal qilish muddati tugashidan 
uch oy oldin, biroq uning amal qilish muddati tugashiga olti oydan kam vaqt 
qolgan bo’lsa, auditorlarning jamoat birlashmasiga uning amal qilish muddatini 
uzaytirish to’g’risida arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim 
etiladi: 
anketa; 
sertifikatning asl nusxasi; 
sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi arizani ko’rib 
chiqish uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida yig’im 
to’langanligini tasdiqlovchi bank to’lov hujjati. 
Sertifikatning amal qilish muddati sertifikat egasi tomonidan imtihon 
muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda uzaytiriladi.
Sertifikatning amal qilishi sertifikat blankasida ko’rsatilgan muddatning 
tugash sanasidan boshlab besh yil muddatga uzaytiriladi. 
Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish ilgari berilgan sertifikat 
blankasiga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. 
Sertifikat blankasidagi uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun 
ajratilgan tegishli rekvizitlar to’lgan bo’lsa, ilgari berilgan raqam bilan yangi 


191 
sertifikat beriladi. Yangi sertifikat blankasining pastki o’ng burchagiga ilgari 
berilgan sertifikat haqidagi axborotlar yozib qo’yiladi. Ilgari berilgan sertifikat 
blankasi tegishli auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan belgilangan 
tartibda yo’q qilinadi. 
Sertifikat egasining familiyasi (ismi, otasining ismi) o’zgarganda, 
o’zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab bir oydan 
kechiqtirmay tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga belgilangan shakldagi 
arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo’lgan sertifikatning asl nusxasi hamda 
o’zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan holda 
topshiriladi. 
Sertifikat ariza topshirilgan kundan boshlab besh kun ichida ilgari berilgan 
sertifikat raqami bilan qayta rasmiylashtiriladi. Ilgari berilgan sertifikat blankasi 
tegishli auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda yo’q 
qilinadi. 
Yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat o’rniga sertifikat egasining 
arizasiga ko’ra uning dublikati berilishi mumkin. 
Sertifikat egasi sertifikati yo’qolganligini matbuotda e’lon qilishi va uning 
matbuotda e’lon qilinganligini tasdiqlovchi axborotni tegishli auditorlarning 
jamoat birlashmasiga taqdim etishi lozim. Sertifikat dublikatida uning avvalgi 
qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi 
blankaning yuqori burchagida “Dublikat” yozuvi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. 
Yaroqsiz 
holga 
kelgan 
sertifikat 
tegishli 
auditorlarning 
jamoat 
birlashmasiga yo’q qilish uchun qaytarib berilishi kerak. 
Sertifikatni qayta rasmiylashtirganlik hamda uning dublikatini berganlik 
uchun ariza topshirilgan sanadagi eng kam ish haqining to’rtdan bir qismi 
miqdorida yig’im undiriladi. 
Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: 
sertifikat egasining arizasiga muvofiq; 
har yillik 20 soatli malaka oshirish kursini o’tamaganda; 


192 
sertifikat egasi tomonidan ichki audit xizmatidagi faoliyati mobaynida 
olingan konfidentsial axborot xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining yozma 
ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganda, qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno; 
sertifikatni ichki audit faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy 
shaxsga berilganlik fakti aniqlanganda; 
ichki auditor sifatida uch yil faoliyat olib borilmaganda; 
muayyan mansabni egallash yoki xo’jalik sohasida muayyan faoliyat bilan 
shug’ullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud 
hukmi qonuniy kuchga kirganda; 
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati 
cheklangan deb topish to’g’risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda; 
sertifikatning amal qilish muddati tugaganda. 
Sertifikatning amal qilishi auditorlarning jamoat birlashmasi qarori bilan 
tugatiladi. Sertifikatning amal qilishi uni tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan 
sanadan e’tiboran tugatiladi. 
Sertifikat quyidagi hollarda bekor qilinadi: 
sertifikatni berish to’g’risidagi qarorning noqonuniyligi aniqlanganda; 
Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin