Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


Asosiy vositalar auditining ketma ketligi



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155
audit (3)

Asosiy vositalar auditining ketma ketligi: 
A. Umumiy muolajalar. Testlar - nazorat quroli. 
1.
Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT); 
2.
Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT); 
3.
Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; 
4.
Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; 
5.
Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish
6.
Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi 
ko’rsatkichlarning bir xilligini tekshirish; 
7.
Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash; 
B. Mohiyati bo’yicha tekshirish muolajalar. 
1.
Inventarizatsiya; 
2.
Shartnomalarni ko’rib chiqish (tekshirish); 
3.
AV kirimi, chiqimi va hisobini hujjatlashtirilishini to’g’ri 
rasmiylashtirilganligini tekshirish; 
4.
AV aktivlarga kiritilish mezoniga mosligini tekshirish; 
5.
AV baholash va kirimini hisobda qayd etilishini qonunchiliqga va hisob 
siyosatiga mosligini teqshirish; 
6.
AV hisobi va amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini va uni hisob siyosatiga 
mosligini teqshirish; 
7.
AV ta’mirlash xarajatlarini rasmiylashtirish va hisobini to’g’riligini 
tekshirish; 
8.
Asosiy vositalarni qayta baholash va natijalarni hisobda aks ettirilishi; 
9.
Tekshirilayotgan davr muomalalarini to’g’riligining tekshirish; 
10.
Sotib olingan va chiqib ketgan AV bahosini hisob ma’lumotlari bilan 
solishtirib tekshirish; 
11.
Hisobotlardagi muhim axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish
12.
Xato va kamchiliklarning taxminiy ro’yxati; 
13.
Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot; 
14.
Tanlab tekshirish natijalarining tahlili; 


213 
15.
Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati; 
16.
Asosiy vositalar auditi bo’yicha xulosa. 
Auditor ushbu asosiy masalalarni o’rganib, ularga auditorlik hisobotining 
tahliliy qismida baho berishi va yo’l qo’yilgan xatolar hamda hisobning 
belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo’yicha takliflar 
berishi lozim.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xo’jalikka kelishi bilan birinchi 
navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur: 

korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish bo’yicha 
tekshirilayotgan hisobot davridagi hisob yuritish siyosati, uning o’tgan hisobot 
davridagiga nisbatan o’zgarishi bilan tanishish; 

asosiy vositalarning so’nggi invetarizatsiya(ashyoviy ro’yxat)dan 
o’tkazilishi va uning natijalarini aniqlash; 

asosiy vositalarni so’nggi qayta baholash materiallari va ularning hisobda 
aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O’zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O’zbekiston Respublikasi 
Davlat mulk qo’mitasining tegishli me’yoriy hujjatlariga muvofiq korxona 
balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati 
bo’yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim.

korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo’yicha doimiy komissiya 
tashkil etilishi: asosii vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar 
shaxslar haqida buyruk (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shuningdek, 
ular bilan shaxsan to’la moddiy javobgarlik to’g’risida shartnomalar tuzilganligini 
aniqlash; 

tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan va ro’yxatga olinmagan yuridik hamda 
jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo’yicha tuzilgan shartnomalarni 
o’rganish:; 


214 

buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi 
inventar kartochkalar) va komp’yuterda yoki qo’lda baja-riladigan variantdagi 
aniq inventar ro’yxati (AV-9 shakl) yuritilishiga ishonch hosil qilish lozim;

ishdan bo’shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lumotlar 
(buyruqlar, xodimlar ro’yxati)ni o’rganish ; 

asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi 
me’yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi 
(unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona 
buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash.
Shu tarzda olingan ma’lumotlar auditorga mazkur korxonada asosiy vositalar 
hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish imkonini va 
tekshiruvda maxsus e’tibor berish lozim bo’lgan masalalarni aniqlashga yordam 
beradi.
Auditor asosiy vositalar hisobiga doir muomalalarni tek-shirishni 
boshlashidan oldin ichki nazoratning ahvolini test usulida aniqlashi maqsadga 
muvofiqdir. Bu nafaqat ichki nazorat tizimining ishonchliligini baholash, balki 
auditorlik tekshiruvi o’tkazish dasturiga tuzatish kiritishga ham imkon yaratadi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin