Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155
audit (3)

-
 
Har xil doiradagi ekspertlar xizmatidan foydalanish; 
-
 
Yuqori malakali audit xodimlar xizmatidan foydalanish; 
-
 
Audit resurslarni jalb qilishda tanlay olish. 
Autsorsing va kosorsingdan foydalanish ko’pgina tashkilotlarga ma’qul keladi, 
chunki ko’pgina kichik tashkilotlar o’zining shaxsiy audit xizmati tizimini tashkil 
eta olmaydi, shuningdek yirik korxonalarda ham. Ichki audit tizimini tashkil etish 
qo’shimcha ishchilarni jalb etish ularga sharoitlar yaratishni talab etadi. Bu esa 
tashkilotga moliyaviy zarar keltiradi. 
 
 


202 
6. Ichki audit natijalarini umumlashtirish 
Auditorlik faoliyati natijalari bo’yicha rahbariyatga davriy ravishda 
hisobotlar taqdim etiladi, unda bajarilgan ishlar audit bo’limi vazifalari va
auditorlik tekshiruvining kalendar grafiklari bilan qiyoslanadi, xarajatlar smetasi 
ijrosi tahlil qilinadi, asosiy chetlashishlarning sabablari izohlanadi va qanday 
zaruriy choralar qo’llash lozimligi ko’rsatiladi. 
Ichki audit xizmati hisobotiga odatda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: 
– mazkur audit maqsadi va xarakteri; 
– u qamrab olgan davr; 
– ixtiyoriy cheklovlarni o’z ichiga olgan audit ko’lami; 
– ichki auditorlarning nasl-nomasi, lavozimlar, ish joylari, auditorning 
malakaviy seotifikati mavjudligi, ichki audit o’tkazish jarayonida majburiyatlar 
ko’rsatilgan holda ichki audit guruhlari tarkibi; 
– mazkur audit jarayonida qo’llanilgan professional standartlar, qarorlar, 
qoidalar va metodik ko’rsatmalar; 
– rahbarlar, mutaxassislar hamda boshqa tekshiruv sub’ektlarining 
mutanosib vazifa va majburiyatlari ko’rsatilgan holda tekshiruv ob’ektlari; 
– mazkur audit maqsadlari uchun foydalanilgan mezonlar va bu 
mezonlarning maqbulligiga taalluqli tekshiruv ob’ektining rahbariyat bilan 
ixtiyoriy kelishmovchiliklari; 
– audit yakunlari bo’yicha qilingan xulosalar; 
– aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar (ushbu xulosa 
audit yakuni bo’yicha tayyorlanadigan barcha qaydlar uchun majburiy 
hisoblanmaydi); 
– tekshiruv ob’ekti rahbarining mulohazalari (agar ular berilgan bo’lsa), 
jumladan tekshirish natijalarida aniqlangan kamchiliklarni va ixtiyoriy 
kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo’yicha rejalashtirilgan choralar; 
– mazkur audit erishishi ko’zlangan maqsadlarning har biriga aloqador 
natijalar bo’yicha chiqarilgan xulosalar. 


203 
Ichki audit uchun maxsus ishlab chiqilgan hisobot shakli mavjud emas va 
audit hamda taftishning mahalliy yoki xorij amaliyotida qo’llanilayotgan hisobot 
shakllaridan yuzaki foydalanish mumkin emas. 
Ichki auditorlar ko’plab hisobotlarni audit dasturlari bajarilishi bo’yicha 
auditorlar hisobotlariga asoslangan holda hamda umumiy rejaga muvofiqlikda har 
bir auditorlik topshirig’i bo’yicha tuzadilar, masalan: 
* moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha davriy nazorat doirasida filial 
tekshiruvi haqida ichki audit xizmati hisoboti. Tuzilishi va mazmuniga ko’ra
“audit o’tkazish natijalari bo’yicha iqtisodiy sub’ektlar rahbariyatiga auditorning 
yozma axboroti” qoidasi (standarti) da keltirilgan tashqi audit uchun hisobotga 
talablardan foydalanish mumkin; 
* tashkilot va filiallar moliyaviy va xo’jalik faoliyati bo’yicha umumiy yoki 
alohida masalalar bo’yicha ma’lumotnoma va tahliliy hisobotlar, masalan, alohida 
topshiriqlar: iqtisodiy va investitsion loyihalarni baholash, iqtisodiy xavfsizlikni 
baholash, buxgalteriya hisobi tizimi yoki umuman ichki nazorat tizimini baholash
kabilar bo’yicha tahliliy hisobotlar; 
* xodimlarni o’qitish va malakasini oshirish, seminarlar o’tkazish, 
xodimlarni tanlash va testdan o’tkazish (attestatsiya) da nazorat vazifasini 
bajaruvchi kadrlar xizmatiga yordam ko’rsatish bo’yicha hisobotlar; 
* hisob, soliqqa tortish, tahlil, audit, xo’jalik qoidalari, axborot xizmati 
ko’rsatish va boshqa masalalar bo’yicha uslubiy tavsiyalar, qo’llanmalar va ilmiy 
ishlanmalar tayyorlash bo’yicha hisobotlar; 
* moliya, soliq, bank yoki boshqa xo’jalik qonunchiligi bo’yicha, inves-
titsion faoliyat, menejment, marketing, soliqqa tortishni optimallashtirish, 
filiallarni ro’yxatga olish, qayta tashkil qilish va tugatish masalalari bo’yicha 
qonunchilik hujjatlari havola qilingan holda ma’lumotnoma-hisobotlar yoki 
yozma konsultatsiyalar; 
* buxgalteriya hisobi (uni takomillashtirish bo’yicha) va hisobotlar tuzishni
kompyuterlashtirish bo’yicha hisobotlar; 


204 
* ichki audit xizmatining tashqi auditorlar, taftish komissiyasi, soliq 
inspektsiyasi va boshqa tekshiruvchilar bilan o’zaro munosabatiga oid hisobot. 
Tekshirish natijalari bo’yicha xulosalar: tekshiruv ob’ektlarining u yoki bu 
haqiqiy faoliyat natijalarining tasdiqlangan mezonlarga mosligini tavsiflashi; 
aniqlangan chetlanishlarning tasdiqlangan mezonlardan og’ish darajasi, tusi va 
ahamiyatini ko’rsatishi; mavjud muammolarning sabablarini va ular yuzaga 
keltirishi mumkin bo’lgan oqibatlarni aniqlashi; aniqlangan muammo vakolati 
doirasiga kiradigan mas’ul mansabdor shaxslarni ko’rsatishi lozim. 
Shuni ham hisobga olish lozimki, xulosalar salmog’i hisbot va xulosalarning 
ishonarliligi, shuningdek, ularni tayyorlashda qo’llanilgan mantiqqa bog’liq 
bo’ladi. 
Umumiy rejalar va alohida topshiriqlarni bajarish bo’yicha hisobotlar 
asosida ichki audit xizmati ishining yillik hisoboti tuziladi va audit bo’yicha 
qo’mitaga taqdim etiladi. Bunday hisobot, shuningdek, menejerlar (nazorat 
sub’ektlari) dan olingan hisobotlar asosida ichki audit xizmati faoliyati 
samaradorligi va natijaliligi baholanadi. 
Umumlashma ko’rinishdagi yillik hisobotda nafaqat kamchilik va ularni 
bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar, tavsiyalarda taklif etilgan chora-tadbirlar 
haqqoniyligi, balki ichki audit xizmati ish smetasini bajarish bo’yicha hisobot, 
uning ishidagi cheklovlar va strategik reja hamda kelgusi yillik ish rejasi 
mazmuniga tuzatishlar kiritish bo’yicha takliflar ham keltiriladi. 
Audit bo’yicha qo’mita aktsiyadorlarlar umumiy yig’ilishi va direktorlar 
kengashi ishi jarayonida ichki audit xizmati hamda turli darajali menejerlarning 
ichki audit xizmatining strategik ish rejasiga tuzatishlar kiritish bo’yicha 
takliflarini muhokama qiladi. Tasdiqlangan yangi maqsad va vazifalar ichki audit 
xizmatining strategik ish rejasiga kiritiladi, keyin ichki audit xizmati boshlig’i 
yangi qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlash bo’yicha xarajatlarga 
tuzatishlarni tasdiq uchun taqdim etadi, shuningdek, yangi strategik reja tuzadi. 
Hisobotlarning shakli va mazmuni quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 


205 
Sarlavha. Xulosa yoki hisobotga muayyan “nom” – sarlavha biriqtiriladi, 
shu bo’yicha uni boshqa axborotlardan farqlash mumkin (odatda hisobot nomi 
umumiy reja nomi bilan bir xil bo’ladi). 
Imzo va sana. Hisobot (xulosa) ostiga mutanosib imzo qo’yiladi. Sana
auditorga ushbu sanagacha davrda ma’lum bo’lgan harakatlar e’tiborga 
olinganligini anglatadi. Boshqacha aytganda, hisobot tuzish kuni emas, balki 
tekshiruv ob’ekti haqida dalillar olingan sana qo’yiladi. 
Maqsad va ko’lam. Hisobot auditning maqsad va vazifalarini aks ettirishi 
lozim. Bu – nazorat chora-tadbirlari vazifalari va chegaralari haqida axborotlardir. 
To’liqlik. Moliyaviy topshiriqlar bo’yicha audit natijalariga oid xulosalar 
ular asoslangan hujjatlarga ilova qilinishi lozim; mablag’lardan foydalanish 
samaradorligi auditi natijalari haqida hisobot bunday hujjatlarga ega bo’lmasligi 
ham mumkin. Hisobotlar tekshiruvchilar uchun tayyorlangan shaklda taqdim 
etilishi lozim. 
Manzillilik. Hisobotda u kimga jo’natilayotganligi ko’rsatilishi lozim, bu 
auditni tashkil etish holati, alohida qoidalar yoki mavjud amaliyot bilan 
belgilanadi. Agar rasmiy tasdiqlangan materialni jo’natish protsedurasi mavjud 
bo’lsa, bu qoida majburiy emas. 
Tekshiruv predmeti. Hisobotda ular aloqador bo’lgan moliyaviy hisobotlar 
(moliyaviy audit holatida) yoki sohalar (mablag’lardan foydalanish samaradorligi 
auditida) ko’rsatilishi talab qilinadi. Bu tekshirilayotgan tashkilot nomi, 
moliyaviy hisobotlar qamrab olgan sana va davr va shaxsan tekshiruv predmetini 
o’z ichiga oladi. 
Yuridik asos. Hisobotlarda tekshiruv o’tkazish uchun asos bo’ladigan 
qonunchilikka yoki boshqa qonunga havola bo’lishi shart (masalan, direktorlar 
kengashi qarori, tasdiqlangan yillik yoki umumiy audit rejasi va b.). 
Standart va yo’riqnomalarga mutanosiblik. Hisobot va xulosalarda 
foydalanuvchi nazorat chora-tadbirlari umumqabul qilingan protseduralarga 
mutanosiblikda o’tkazilganligini tushunishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar 
keltirilishi lozim. 


206 
O’z 
vaqtidalik. 
Audit 
haqida 
hisobot 
yoki 
ma’lumotnomalar 
foydalanuvchilarga, xususan, tekshirish natijalari bo’yicha zaruriy choralarni 
ko’rishi lozim bo’lganlarga maksimal natija keltirishi uchun qisqa muddatlarda 
taqdim etilishi talab qilinadi. 
Kamchiliklar aniqlangan holatda tekshiruv natijalari haqida hisobotga odatda 
ularni bartaraf etish bo’yicha zaruriy choralarni qabul qilishga taalluqli tavsiyalar 
kiritiladi. 
Tavsiyalar quyidagi talablarga javob berishi lozim: mutanosib xulosalarga 
asoslanishi va ulardan kelib chiqishi; mazkur kamchilik yoki muammo 
mavjudligining asosiy sabablarini bartaraf etishga yo’naltirilgan bo’lishi; shaklan 
aniq, sodda va lo’nda, lekin alohida ko’rib chiqiladigan holatlarda tushunilishi 
uchun etarli darajada batafsil bo’lishi; aniq choralar qabul qilishga yo’naltirilishi 
(ular dinamik bo’lishi va mutanosib choralarni qabul qilish uchun javobgar va 
bunday choralar qo’llashga vakolatli tashkilot, filial yoki bo’linma manziliga 
jo’natilishi lozim); uyg’unlik va mazmun nuqtai nazaridan ijobiy bo’lishi; ongli 
muddatda amalda bajariladigan va huquqiy yoki boshqa cheklovlarni hisobga 
oluvchi; iqtisodiy samarali bo’lishi (ularni bajarish bilan bog’liq xarajatlar 
olinadigan foydadan ortib ketmasligi) lozim. Bunda imkoniyatga qarab tejalgan 
mablag’lar va potentsial foydaning miqdoriy bahosini keltirish, agar o’lchash 
mumkin bo’lsa, vaqt va mablag’larning qo’shimcha sarflarini keltirish talab 
etiladi. Shuningdek, natijalarga yo’naltirilgan bo’lishi (ular kutilgan natijalar 
haqida, agar mumkin bo’lsa, miqdoriy o’lchovlarda tasavvur berishi lozim); 
ularning bajarilishiga ishonch paydo bo’ladigan tarzda tuzilishi (masalan, qayd 
qilingan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qandaydir choralar qo’llanilgan 
yoki qo’llanilmaganligini aniqlash); qilingan ish haqida hisobotga kiritilgan 
boshqa tavsiyalarga mutanosiblik (zid kelmaslik) va shu nuqtai nazarda ketma-ket 
bo’lishi lozim. 
Tavsiyalarni tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 
qo’llanilishi talab etilgan choralarga nisbatan tekshiruv sub’ektlarining rahbarlari 
fikrini imkon qadar oldinroq oydinlashtirish zarur. 


207 
Keyin tavsiyalarni bajarishni tekshirishda taklif etilgan tavsiyalar 
samaradorligi yoki hatto maqbulligi haqida nazorat sub’ektlari fikri qayta 
aniqlanadi. 
Nazorat 
sub’ektlari fikri ayniqsa ichki auditorlar bilan 
kelishmovchiliklar ichki auditor ishchi hujjatlari va hisobotlarida majburiy 
ravishda aks ettirilishi darkor. 
Tavsiyalar bajarilishini tekshirish ichki auditorlar nazorat sub’ektlari 
o’rtasida teskari aloqasi ta’minlanadi va quyidagi maqsadlarda olib boriladi: 
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yo’naltirilgan tavsiyalarni bajarish 
bo’yicha nazorat sub’ektlari harakatlari o’z vaqtidaligi va tizimliligini kuzatish; 
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qo’llanilgan choralarning 
haqiqiy samaradorligini baholash; tavsiyalarni bajarish mehnat sig’imi va 
“xarajatliligini” baholash; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga 
yo’naltirilgan qo’shimcha ishlar o’tkazish yoki tavsiyalarning amaliyligini 
qo’shimcha kelgusi tekshiruvini o’tkazish zaruratini aniqlash; ushbu holat yoki 
vaqt uchun tatbiq qilinayotgan tavsiyalar nomuvofiq yoki nomaqbulligiga oid 
dalillar olish; ichki auditorlar tavsiyalari bajarilishi tekshiruvi bo’yicha ish 
natijalarini mutanosib hisobotga kiritish. 
Tekshiruvlar turli shakllarda o’tkazilishi mumkin: audit qilinayotgan ob’ekt 
joriy hisobotida ushbu bandni kiritish yoki maxsus joriy hisobot shaklida 
tavsiyalarni bajarish jarayoni haqida joriy axborotlar negizida; tekshirilgan 
tashkilotlardan olingan ularning bajarilishini tasdiqlovchi, mutanosib hujjatlar 
asosida, shuningdek, bevosita nazorat ob’ektlarida tavsiyalarning ayrim jihatlari 
bajarilishini tekshirish yo’li bilan. Bunda tashkilot, filiallar va bo’linmalardagi 
takroriy tekshiruvlar ularning faoliyatini chuqur tahlil qilishni talab qilmaydi, 
samara paydo bo’lishining kutilgan muddati asosida grafik bo’yicha rejali tartibda 
olib boriladi. 
O’tgan auditorlik tekshiruvi tavsiyalari bajarilish jarayonini o’z ichiga olgan 
auditning to’liq dasturi bo’yicha qayta tekshirish o’tkazish jarayonida ko’pincha 
nazorat ob’ektini ichki auditorlar tomonidan yil davomida qayta tekshirilishi o’z 
maqsadiga ko’ra avvalgi dasturlardan farq qiluvchi audit dasturi yordamida 


208 
amalga oshiriladi. Biroq hatto maqsadlar mos kelmaganda ham oldingi audit 
tavsiyalarini bajarishni tekshirish bandi joriy tekshiruv dasturiga kiritilishi lozim. 
To’liq dasturda qayta tekshirishni kutilayotgan samara uni o’tkazish 
xarajatlaridan ortishi muqarrar holatda rejalashtirilishi va olib borilishi maqsadga 
muvofiq. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin