Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155
audit (3)

*
 
sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini (miqdori va qiymati 
ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet 
oborotlari bilan taqqoslash;
 


229 
*
 
yangidan sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining jismonan mavjudligi 
va dastlabki hujjatlarini tekshirish;
 
*
 
foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati 
buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;
 
*
 
soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash;
 
*
 
hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan 
hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini. 
 
Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni boshlashda 
dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi 
nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o’tkazilishi zarur.
Korxonadagi asosiy vositalar o’ziniki va lizing shartnomasi asosida olingan 
bo’lishi mumkin. O’z asosiy vositalari korxonaga tegishli bo’lib, lizinga 
olinganlari esa operativ (qisqa muddatli) va moliyalanadigan (uzoq muddatli) 
lizing sharti bilan olingan bo’ladi. Lizing oluvchi va lizing beruvchi o’rtasidagi 
o’zaro munosabatlar Fuqarolik Kodeksi, Lizing to’g’risidagi qonun va boshqa 
tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilingan holda, yozma 
ravishda tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq tartibga solib turiladi.
 
4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirish 
 
Auditor asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirishda 
o’rnatilgan har oylik eskirish hisoblash qoidalariga buxgalteriya tomonidan rioya 
qilinayotganligini aniqlashi lozim. Bunda tekshirish uchun asosiy vositalarga 
eskirish hisoblashda to’ldiriladigan 6-shakldagi hisob-kitob jadvali asos bo’lib 
xizmat qiladi. Auditorga xizmat qilish muddati o’tib, amortizatsiya hisoblash 
to’xtatilgan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxati taqdim etilishi lozim. Agar 
korxonada tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash mexanizmi qo’llanilsa, ushbu 
holat uning hisob yuritish siyosatida ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 


230 
*
korxona hisob siyosatida ko’rsatilgan - asosiy vositalarga amortizatsiya 
hisoblash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; 
*
amortizatsiya ajratmalarini asosiy vositalarning u yoki bu guruhiga olib 
borishning to’g’riligini tekshirish; 
*
har oylik amortizatsiya ajratmalari summalari bo’yicha hisob-kitoblarni 
tekshirish; 
*
amortizatsiya ajratmalarining hisobda o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirilishini 
tekshirish.
Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks 
ettirishning to’g’riligini aniqlash № 5 BHMS, 21-BHMS va mijoz-korxona hisob 
siyosati to’g’risidagi buyrug’ining tegishli qismiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Buning uchun korxona hisob siyosati bo’yicha buyrug’ining qoidalari; asosiy 
vositalar 
amortizatsiya 
hisob-kitobi 
bo’yicha 
ishlanma 
jadvallar 
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Auditor amortizatsiya hisoblashning maxsus shartlari qo’llaniladigan asosiy 
vositalar ob’ektlarining ro’yxatini olishi zarur. Bularga xususan quyidagilar 
kiradi: 
*
xizmat qilish muddati o’tib ketgan asosiy vositalar; 
*
amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalar; 
*
konservatsiyadagi asosiy vositalar; 
*
amortizatsiya hisoblash to’xtatilgan asosiy vositalar; 
*
jadallashtirilgan amortizatsiya usuli qo’llanilayotgan asosiy vositalar; 
*
noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar; 
*
moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar.
Amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishini tekshirish chog’ida auditor 
amortizatsiya hisoblash usullari (chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli, 
foydali ishlatish muddati davomidagi yillari yigindisi bo’yicha qiymatini 
hisobdan o’chirish usuli, qiymatni mahsulot (ish) hajmiga mutanosib ravishda 
hisobdan o’chirish usuli)ga e’tibor berishi zarur.


231 
Asosiy vositalar ob’ektlarining bir xil guruhlari bo’yicha amortizatsiya 
hisoblashning tanlangan u yoki bu usulini qo’llash butun foydali xizmat qilish 
muddati davomida boshqasiga o’zgartirilmasdan amalga oshirilishi lozim. 
Ammo, soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya ajratmalari hisoblash O’zbekiston 
Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq asosiy vositalar ob’ektlarining dastlabki 
qiymatiga nisbatan amalga oshirilishi ham mumkin.
Auditor tanlab tekshirish usuli bilan asosiy vositalarning foydali xizmat qilish 
muddati to’g’ri belgilanganligini aniqlaydi. Chunki, hisobot davridagi 
amortizatsiya ajratmalari summasi va amortizatsiya ajratmalari normalarini 
belgilash shunga bog’liq. Amortizatsiya ajratmalari normalari noto’g’ri 
belgilangan holatlar aniqlanganida, auditor buning oqibatida mahsulot(ish, 
xizmat)lar tannarxi qanchalik oshgan(pasaygan) ligini aniqlaydi.
Shuningdek, amortizatsiya hisoblash muddatlarining boshlanish va to’xtatilish 
muddatlari, amortizatsiya hisoblashning muntazamligi, amortizatsiya hisoblashda 
pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo’llashning to’g’riligini tekshirish 
zarur.
Amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to’g’riligi tanlab tekshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib 
borishning to’g’riligini tekshirish amortizatsiya ajratmalarini auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Auditor 
amortizatsiya hisoblanadigan ob’ektlar asosiy vositalarning qaysi guruhiga 
(ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish) tegishliligini, asosiy vositalar mahsulot 
ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) da ishlatilayotganligi yoki 
operativ (qisqa muddatli) lizing shartnomasi asosida berilganligini aniqlashi 
lozim. Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan 
amortizatsiya ajratmalari o’z mablag’lari manbalari hisobiga, operativ lizing 
asosida topshirilganlari bo’yicha esa foyda va zararlar schyotiga olib boriladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni hisobga olishda eng ko’p uchraydigan 
qoida buzilish hollari: ayrim korxonalarda asosiy vositalarga eskirish hisoblash 
har choraklikda amalga oshiriladi; soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish 


232 
maqsadida ataylab xizmat qilish muddati o’tib ketgan asosiy vositalarga ham 
eskirish hisoblash davom ettiriladi; asosiy vositalarga asossiz tarzda 
tezlashtirilgan eskirish hisoblanadi va h. k.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin