224
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari
ko’rsatkichlarining o’zaro mosligini tekshirish.
№
Ko’rsatkichlar
Ming sum. №
Ko’rsatkichlar
Ming sum.
Farqi
ming
so’m
%
1 Asosiy
vositalarning
boshlang’ich qiymati:
a)yil boshiga (010-satr, 3-ustun)
b)yil oxiriga (010-satr, 4-ustun)
143261, 0
149118, 0
3 Asosiy
vositalarning
boshlang’ich qiymati:
a)yil boshiga (130-satr, 3-
ustun)
b)yil oxiriga (130-satr, 4-ustun)
143261, 0
149118, 0
-
-
2 Asosiy vositalarning eskirishi:
a) yil boshiga (011-satr, 3-ustun)
b)yil oxiriga (011-satr, 4-ustun)
17776, 0
26009, 0
3 Asosiy vositalarning eskirishi:
a)yil boshiga (130-satr, 7-
ustun)
b)yil oxiriga (130-satr, 10-
ustun)
17776, 0
26009, 0
-
-
3 Asosiy vositalarning qiymati:
a) yil boshiga (012-satr, 3-ustun)
b)yil oxiriga (012-satr, 4-ustun)
125485, 0
123109, 0
3 Asosiy vositalarning qiymati:
a) yil boshiga (130-satr, 11-
ustun)
b)yil oxiriga (130-satr, 12-
ustun)
125485, 0
123109, 0
-
-
Buxgalteriya hisoboti va Bosh daftar (yoki tegishli hisob registrlari)
ko’rsatkichlarining mosligini tekshirishda №3 shakldan foydalaniladi.
Ushbu amallarni bajarish natijalari quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi.
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalar bo’limi bo’yicha ko’rsatkichlarni
Bosh daftar bilan taqqoslash.
Hisobot
Bosh daftar
№
Satr nomi
so’m.
Schyot
shifri
Schyot nomi
So’m
Farqi
1
So’
m
%
225
2
Jami asosiy vositalar yil
boshiga boshlang’ich
qiymati (130-satr, 3-ustun)
143261,
0
0110-
0190
Schyotning hisobot
yilining 01. 01. ga
qoldigi
143261, 0
-
-
3
Jami asosiy vositalar yil
oxiriga
boshlang’ich qiymati (130-
satr, 6-ustun)
149118,
0
0110-
0190
Schyotning hisobot
yili 31. 12 ga qoldigi
149118, 0
-
-
4
Asosiy vositalar eskirishi,
yil boshiga
(130-satr, 7-ustun)
17776, 0
0210-
0290
Schyotning hisobot
yili 01. 01. ga qoldigi
17776, 0
-
-
5
Asosiy vositalar eskirishi yil
oxiriga (130-satr, 10-ustun)
26009, 0
0210-
0290
Schyotning hisobot
yili 31. 12 ga qoldigi
26009, 0
-
-
6
Asosiy vositalar kirimi
(ishga tushirilishi) (130-satr,
4 ustun)
12730, 0
0110-
0190
Schyotlarning hisobot
davridagi debet
oborotlari summasi
12730, 0
-
-
7
Asosiy vositalar chiqimi
(130-satr, 5-ustun)
6873, 0
0110-
0190
Schyotlarning hisobot
davridagi debet
oborotlari summasi
6873, 0
-
-
- tegishli schetlar qoldiqlarining yigindisi olinadi.
Keyinchalik Bosh daftar ma’lumotlarini sintetik va analitik hisob registrlari
ko’rsatkichlari bilan solishtirish natijalari bo’yicha tekshiruv davom ettiriladi.
Asosiy vositalar analitik hisobining inventar kartochkalari ma’lumotlari bilan
taqqoslanadi. Auditor asosiy vositalar guruhlari bo’yicha harakat ko’rsatkichlarini
inventar kartochkalar bo’yicha analitik hisob ma’lumotlari bilan mosligini
tekshirishi mumkin. Auditor tekshiruvning mazkur bosqichida kuzatib chiqish
amallari yordamida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining analitik va sintetik hisob
registrlarida aks ettirilishini, Bosh daftar yozuvlarini tekshiradi. Natijada u asosiy
vositalar harakatiga doir muomalalar buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks
ettirilganligiga ishonch hosil qiladi.
Asosiy vositalar analitik hisobini tashkil etish auditida auditor moddiy
javobgar shaxslarni va ular bilan tuzilgan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risidagi
226
shartnomalar mavjudligini aniqlashi zarur. Agar shartnomalar bo’lmasa, u holda
auditor ularni tuzishni tavsiya qilishi lozim.
Amaldagi tartibga ko’ra asosiy vositalarning analitik hisobi ularning tasnifiy
guruhlari va inventar ob’ektlari bo’yicha, shuningdek ob’ektlarning moddiy
javobgar shaxslarda turish joyi (bo’linmalar, brigadalar, tsexlar, uchastkalar va
boshqalar) bo’yicha yuritiladi.
Korxonaga kelib tushgan asosiy vositalarni tekshirishda har bir ob’ekt
bo’yicha alohida tuzilgan qabul qilish - topshirish dalolatnomasi (naqladnoyi)
(AV-1 shakl) ning rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratish zarur. Bunda
dalolatnomadagi ob’ektning tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbai, chiqarilgan
yoki qurilgan yili, ishga tushirilgan vaqti, ob’ektning sinov natijalari, uning
texnik talablarga muvofiqligi va boshqa ma’lumotlar tekshiriladi.
Ayrim hollarda bir turdagi va narxi bir xil xo’jalik inventarlari, asboblar,
stanoklar olinganda «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy
dalolatnomasi» tuzilishi mumkin.
Bunda ushbu dalolatnoma ma’lumotlari, unga ilova qilingan pasportlar,
ishlatish tartibi, yo’riqnomalar ham tekshirilishi zarur.
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vosita ob’ektiga inventar raqam
berilgan bo’lishi lozim. Bu belgilar ob’ekt foydalanishda bo’lgan jami davr ichida
saqlanib, buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki hujjatlarida va hisob
registrlarida ko’rsatiladi. Ob’ekt hisobdan chiqarilganidan so’ng uning inventar
raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi.
Ayni vaqtda auditor asosiy vositalar ob’ektlari qiymatini baholash va qayta
baholash natijalarini inventar kartochkalarida, ham buxgalteriya hisobi
schyotlarida aks ettirishning to’g’riligini tekshirishi maqsadga muvofiqdir. Bunda
u O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (№129), Makroiqtisodiyot va
statistika vazirligi (№4) va Davlat Soliq qo’mitasi (№2002-86) tomonidan
tasdiqlangan «1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni
o’tkazish to’grisida Nizom»da belgilangan qayta baholash usullarining
227
qo’llanilishini tekshiradi. Xususan, qayta hisoblash koeffitsentlarining
qo’llanilishi va hisob-kitoblar to’g’riligiga alohida e’tibor berishi lozim.
Shu bilan birga qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki kamaygan
summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi ham tekshiriladi.
Qayta baholanib oshgan summa 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oladigan
schetlar» (0110-0190) debeti va 8510-«Mulklarni qayta baholash bo’yicha
tuzatishlar» schyotining kreditiga yoziladi.
Qayta baholangan asosiy vositalar ob’ektlari bo’yicha tiklanish qiymati
bo’yicha inventar kartochkaning «Rekonstruktsiyalash, modernizatsiyalash»
bo’limida qayd etilgan bo’lishi lozim. Shu bilan birga qayta baholangan eskirish
summasi ham inventar kartochkaning tegishli bo’limida aks ettirilgan bo’lishi
kerak. Har bir moddiy javobgar shaxs asosiy vositalar ob’ektlarining analitik
hisobini AV-9 shakldagi vedomostda yuritishi kerak. Shuning uchun auditor
tekshirilayotgan korxonada ushbu qoidaga rioya qilinayotganligiga ham ishonch
hosil qilishi lozim. Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan
shaklda va ikki nusxada to’la moddiy javobgarlik to’g’risida shartnomalar
tuzilganligi, shartnomalarning bir nusxasi moddiy javobgar shaxslarning hujjatlar
to’plami (shaxsiy delosi) da, ikkinchi nusxasi esa shu xodimlarning o’zlarida
saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi lozim.
Bulardan tashqari, auditor barcha moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni
o’z javobgarligiga olganligini tasdiqlab inventarizatsiya vedomostlarida imzo
qo’yganliklari hamda asosiy vositalarning keyingi kirimlari esa ularning dastlabki
hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini tekshiradi.
Amaliyotda eng ko’p uchraydigan kamchiliklardan biri - korxonalar bunday
kartochkalarni yuritishni ortiqcha ish deb hisoblaydilar (korxona buxgalteriyasida
inventar ro’yxatlarning borligini nazarda tutib), inventar kartochkalarni
yuritadigan korxonalar esa hamma vaqt ham bu kartochkalarning rekvizitlarini
to’liq to’lg’azishga rioya qilmaydilar.
Bulardan tashqari, asosiy vositalar kirimga olingan, hisobdan chiqarilgan va
korxona ichida joyi (moddiy javobgar shaxslar) o’zgartirilganda, ularning
228
inventar kartochkalariga bu haqda tegishli yozuvlar yozilganidan keyin, oy
oxirigacha joy-joyiga qo’yilmasdan alohida saqlanganligi aniqlanadi. So’ngra shu
kartochkalar asosida har oyda asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) ni hisob-
kitobi tuzilib, ularning har bir turi bo’yicha jamlangan kirim, chiqim oborotlari va
shu asosda tuzilgan «Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi» (AV-
8 shakl) ma’lumotlar ham tekshiriladi.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (AV-8 shakl) joriy
yilning 1 yanvariga ochilib, unda asosiy vositalarning mavjud qoldiqlari turlari
bo’yicha ko’rsatilishi lozim. Undagi oylik oborotlar va oy oxiriga, ya’ni keyingi
oyning
1-sanasiga
chiqarilgan qoldiqlari tekshiriladi. So’ngra uning
ma’lumotlariga asosan tuzilgan asosiy vostalarning oborot vedomostlari
tekshirilib, yakunlari esa Bosh daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi.
Shular asosida «Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi
hisobot» (3-shakl) ma’lumotlari tekshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, inventar kartochkalarini korxona buxgalteriyasida
tasnifiy guruhlar bo’yicha, ularning ichida esa ishlatilish joylari bo’yicha saqlash
yillik moliyaviy hisobot tuzishda asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot
(3-shakl) ni to’ldirishni osonlashtiradi. Auditor buxgalteriya xodimlarining
e’tiborini ushbu holatga qaratmoãi lozim. Agar hisob jarayonlari
avtomatlashtirilgan bo’lsa, kartochkalarni qo’lda to’lg’azishga ehtiyoj qolmaydi.
Bunda axborotlar korxonada mavjud bo’lgan analitik hisob mashinagrammalarida
saqlanadi, lekin ular AV-6 shakldagi kartochkalarda hisobga olinadigan
pozitsiyalardan kam bo’lmasligi lozim.
Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan maqsad
sotib olingan asosiy vositalar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini va foydalanishga
topshirilgan ob’ektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat.
Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:
Dostları ilə paylaş: |