233
1
1
4
4
-
-
B
B
O
O
B
B
.
.
NOMODDIY AKTIVLAR AUDITI
1.
Nomoddiy aktivlarning mohiyati, ahamiyati, o’ziga xos
belgilari va auditining xususiyatlari
Nomoddiy aktivlarga patentlar,
litsenziyalar, «nou-xou», savdo
markalari, tovar belgilari,
sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill,
tashkiliy xarajatlar, franshizalar,
mualliflik huquqlari, er va tabiiy
resurslardan foydalanish huquqlari, xizmat ko’rsatish belgilari va boshqalar
kiradi.
Mavjud me’yoriy hujjatlar va amaliy tajribaga tayangan holda nomoddiy
aktivlar auditini quyidagi tartibda o’tkazish maqsadga muvofiqdir:
hisob
ob’ektlarining nomoddiy aktivlar qatoriga to’g’ri kiritilganligi, intellektual mulk,
sanoat namunalari va shunga o’xshashlar uchun korxonaga mulkiy huquq
beradigan
hujjatlarni
tahlil
qilish,
hujjatlarda
aks
ettirilgan
qiymat
ko’rsatkichlarini o’rganish, nomoddiy aktivlar kirimi,
eskirish hisoblash va
hisobdan chiqarilishiga doir muomalalarning buxgalterlik hisobida to’g’ri aks
ettirilishi; nomoddiy aktivlarning haqiqatda mavjudligini inventarizatsiya qilish;
nomoddiy aktivlarni hisobga olish va uning huquqiy jihatdan to’g’ri
rasmiylashtirilganligi haqidagi xulosalarni umumlashtirish va aniqlangan xato
kamchiliklarni tuzatish bo’yicha tadbirlar belgilash.
Mohiyatiga ko’ra nomoddiy aktivlar qatoriga
jismoniy shaklga ega
bo’lmagan, lekin korxona faoliyatida uning boshqa aktivlari qatorida qatnashib
daromad keltiruvchi mablag’lar kiritiladi.
Patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, savdo belgilari, mualliflik huquqlari
kabi nomoddiy aktivlarning mohiyati O’zbekiston Respublikasining tegishli
yuridik qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
Nomoddiy aktivlarning o’ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
buyumlashgan ko’rinishga
ega emasligi; uzoq vaqt davomida ishlatilishi;
234
korxonaga foyda keltirish; ularni ishlatishdan olinishi mumkin bo’lgan
foyda
hajmining nisbatan yuqori darajadagi noaniqligi.
Nomoddiy aktivlarning mohiyatiga ko’ra xususiyatlarini ko’rib chiqamiz:
sanoat intellektual mulk ob’ektlariga kashfiyot huquqi, sanoat namunalari, tovar
belgilari, savdo markalari, xizmat ko’rsatish belgilari kiradi. Kashfiyot huquqi
kashfiyot egasiga qaror qabul qilish uchun maxsus berilgan huquqdir.
Kashfiyotlarni muhofaza qilishning eng ko’p tarqalgan tizimi ularni patentlashdir.
Dostları ilə paylaş: