Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   155
audit (3)

Savdo markalari
- kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga oid berilgan 
nomlar, ramzlar yoki boshqa xil (aniqlab beruvchi) identifikatsiyalar. Ular egalik 
qilishni asoslash uchun ro’yxatga olinishi, ro’yxatga olinganlari esa - ularning 
faoliyat muddatlarini ma’lum bir davrga uzaytirish asosida yangilanib borishi 
mumkin. Bunday hollarda nomlanishlar, ramzlar va mahsulotning boshqa 
aniqlovchi identifikatsiyalari yuridik jihatdan himoyalanadi.
Savdo markasini sotib olish chog’ida to’langan pul mablag’lari summasi 
kapitallashtirib boriladi. Unga ishlov berish, uni himoya qilish, kengaytirish, 
ro’yxatdan o’tkazish yoki sudda himoya qilish natijasida yuzaga kelgan summalar 
ham kapitallashtiriladi.
Shu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali xizmat 
qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nisbatan qisqa 


236 
bo’lib chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi 
lozim.
Tovar belgilari
birorta korxona tovar (xizmat)larini boshqa korxonalar 
tovarlari yoki xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilardir. Ular 
og’zaki, tasviriy, hajmli va boshqacha ko’rinishlarda bo’lishlari mumkin. Asosiy 
faoliyati har xil xizmat ko’rsatishdan iborat bo’lgan (mehmonxona, turistik byuro, 
transport korxonasi va shunga o’xshash) tashkilotlar tomonidan foydalanadigan 
xizmat ko’rsatish belgilari ham tovar belgilariga tenglashtirilgan. Tovar belgilari 
va xizmat ko’rsatish belgilari ishlatiladigan tovarlar yoki ko’rsatiladigan 
xizmatlarga maxsus (alohida) huquqqa egalikni tasdiqlaydi. Bu belgilar tovarlarga 
yoki qadoqlangan idish(upakovka)larga, chizmalarga, prospektlarga, schyotlarga, 
blankalarga, tovarlarni kuzatuvchi yoki ularni sotishga doir muomalalar bilan 
bog’liq hujjatlar yorliqlariga tushiriladi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin