Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155
audit (3)

Mualliflik huquqlari
bu fan, adabiyot yoki san’at asarlarini nashr qilish, 
ommaviy ijro etish yoki boshqacha tarzda foydalanish uchun maxsus beriladigan 
huquqdir. Muallifga shaxsan mulkiy va mulkiy bo’lmagan huquqlar biriktiriladi. 


239 
Muallifning hayotligida yoki o’limidan so’ng begona qilinmaydigan yoki boshqa 
birovga o’tkazilmaydigan mualliflik huquqi muhim nomulkiy huquq hisoblanadi.
Mualliflik mulkiy huquqi asarlardan foydalanish va boshqa shaxslarga 
o’tkazish, shuningdek, avloddan-avlodga o’tkazishda unga tegishli maxsus 
huquqqa asoslanadi.
Mualliflik huquqi fan, adabiyot yoki san’at asarlarining yaratilishi bilan 
vujudga keladi va uni himoyalash sud orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib, sanoat, intellektual mulklar auditining boshqa aktivlar 
auditidan farq qiluvchi tavsiflovchi xususiyatlari ob’ektlarni ekspertiza qilish va 
ulardan kelib chiqadigan huquqlarni tahlil qilishdan iboratdir. Shuning uchun 
ushbu ob’ektlar auditida bu ob’ektlarga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni 
texnik tahlil qilish zarur. Buning uchun sanoat va intellektual mulk ob’ektlaridan 
foydalanishni yuridik rasmiylashtirish va huquqiy muhofaza qilish sohasida 
ishlaydigan, patent bilan ishonch bildirilgan mutaxassislarni konsul’tant sifatida 
jalb etish kerak.
Avval aytib o’tilganidek, bulardan tashqari, nomoddiy aktivlarga er 
uchastkalari va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ilmiy-tadqiqot va tajriba - 
konstruktorlik ishlari uchun qilingan uzoq muddatli xarajatlar va firmaning 
amaliy shuhrati (mavqeyi) kiradi. Er uchastkalari va boshqa tabiiy resurslardan 
foydalanish huquqlari ular egalarining tegishli ravishda xo’jalik faoliyati uchun 
yoki boshqa maqsadda foydalanishga alohida huquqqa egaligini nazarda tutadi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, erdan foydalanish huquqiga egalik mazkur er 
uchastkasining mulk qilib olinishini bildirmaydi. Korxona ushbu erdan sotish 
huquqiga ega bo’lmasdan foydalanishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlanmalari u yoki bu muayyan 
amaliy maqsad yoki qo’llash sohasiga tegishli bo’lmasdan butkul bilimlarni 
oshirishga ko’maklashadigan, asosan ilmiy - tadqiqotlar natijasida olingan 
bilimlardan foydalanish uchun yo’naltirilgan amaliy tadqiqotlar: muayyan 
buyumlar yoki jarayonlar sifatini yaxshilash, joriy qilish uchun o’tkaziladigan 
tajriba - konstruktorlik ishlari.


240 
Nomoddiy aktivlar haqidagi ma’lumotlarni balansda aks ettirish borasida har 
xil mamlakatlarda turlicha yondoshuvlar mavjud, shuningdek bir xil 
iqtisodchilarning o’zlarida bu mablag’larga nisbatan qarama-qarshi tushunchalar 
uchraydi. Milliy va xalqaro standartlarda ko’rsatilishicha, u yoki bu birliklarni 
balans aktiviga qo’shish shunday hollarda bo’lish mumkinki, agar u to’g’risidagi 
ma’lumotlar ishonchli va uning pulda baholanishi asoslangan bo’lsa, agar shu 
birlikdan iqtisodiy resurslar yoki iqtisodiy foyda olish ehtimoli mavjud bo’lsa.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin