Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   155
audit (3)

Patent - 
bu yuridik jihatdan tan olingan va ro’yxatga olingan mutlaq 
huquqdir. Patentga oid huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar 
aralashmasligi sharti bilan patent amal qiladigan buyumdan, jarayon yoki 
faoliyatdan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini 
beradi.
Patentning patent organlarida ro’yxatdan o’tkazilishi uning himoyalanishiga 
kafolat bermaydi va u sudda muvaffaqiyat bilan himoyalanmaguniga qadar 
raqobatbardosh bo’la olmaydi. Shuning uchun ham sudda muvaffaqiyatli himoya 
qilinishi bilan bog’liq xarajatlarni patent bahosining bir qismi sifatida 
kapitallashtirish lozimligi to’g’risida umumiy kelishuv mavjud.
Agarda sud jarayoni boy berilgan bo’lsa, u bilan bog’liq xarajatlar ham 
amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi. Patentning 
balans qiymati zarardan nolga teng bo’lishi mumkin bo’lgan qiymatgacha 
kamaytiriladi.
Sanoat mulklari ob’ektlarining o’ziga xos xususiyati, ularga egalik huquqini 
tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarining mavjudligi hisoblanadi.
Audit jarayonida nomoddiy aktivlar muhofaza hujjatlarinnig haqiqiyligiga 
alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bunda, qoidaga ko’ra patent egasida 
saqlanadigan, faqat bitta rasmiy muhofaza hujjati berilishini, mazkur ob’ektdan 
litsenziyaga asosan foydalanadigan shaxslarda esa muhofaza hujjatining nusxasi 
bo’lishi lozimligini nazarda tutish kerak.


235 
Xalqaro amaliyotda 
«nou–xou»
tushunchasi bozor oborotida tijorat qadr - 
qimmatga ega bo’lgan, istalgan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish (tashkil etish 
va boshqaruv tizimini qo’shgan holda) axborotlarini o’z ichiga olishi mumkin.
Shuningdek, «nou–xou» huquqlari ya’ni texnik-tajriba yoki ishlab chiqarish 
sirlari ham sanoat mulki ob’ektlariga taalluqlidir. Bunday huquqlar, odatda, 
yuridik kuchga ega bo’lgan qandaydir hujjatlar bilan tasdiqlanmaydi, lekin ular 
tijorat siri hisoblanadi va maxsus muhofaza qilishni talab etadi.
Amalda axborotlarga monopol egalik qilish huquqning vujudga kelishiga 
asos bo’lib xizmat qiladi. «Nou - xou» ni muhofaza qilish shartlari quyidagilardan 
iborat. Birinchidan, axborotning uchinchi shaxsga ma’lum bo’lmasligi uning 
tijoriy qadr-qimmatiga zarur shart - sharoit (zamin) bo’lib xizmat qiladi. 
Ikkinchidan, u uchinchi shaxslarning bemalol kirishlari uchun yopiq bo’lishi 
kerak (qonun asosida). Uchinchidan, axborot egasi uning maxfiyligini muhofaza 
qilish uchun zarur chora - tadbirlarni qo’llashi lozim. Ushbu maxfiylik 
shartlaridan birortasining buzilishi axbrot egasini uni himoya qilish huquqidan 
mahrum etadi. «Nou-xou» egasi huquqlarini himoya qilish O’zbekiston 
Respulikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa tegishli qonuniy hujjatlar bilan amalga 
oshiriladi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin