3.Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari
Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan
o’tkazishdan maqsad buxgalteriya hisoboti moddalarining haqqoniyligini
ta’minlashdan iborat.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: qiymati korxonada belgilab
qo’yilgan chegaradan past bo’lgan ob’ektlar yoki qiymatidan qat’iy nazar xizmat
muddati 12 oydan kam bo’lgan ob’ektlar asosiy vositalar qatoriga o’tib
qolmaganligi; korxonada asosiy vositalar inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga
va aksincha o’tkazilmaganligi; bunda shuni nazarda tutish zarurki, ob’ekt
qiymatining chegarasi ob’ektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga
aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga asossiz
o’tkazish auditorlik tekshiruvi chog’ida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko’p
hollarda bunday o’tkazishning sababi korxonaning amortizatsiya hisoblash
ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi chog’ida korxonaning asosiy vositalar ob’ektlariga
mulkiy huquqi
ning talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur.
Auditorga asosiy vositalar ob’ektlarini yaratish, sotib olish, berish
shartnomalari, zarur hollarda esa - qonunchilikka muvofiq oldi-sottini ro’yxatga
olish guvohnomasi taqdim qilinadi.
Asosiy vositalarning to’g’ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar
mavjudligi va harakatini tekshirish chog’idagi muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Chunki, mulk solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblar,
shuningdek korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot
tuzish shunga bog’liq.
Auditor tekshiruv o’tkazishda asosiy vositalarni hisobga qabul qilish uchun
asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni (AV-1, AV-6 va boshqa shakllar) jalb qiladi.
Asosiy vositalarni baholashning to’g’riligini tekshirish yoppasiga (ob’ektlar
soni unchalik katta bo’lmaganda) yoki tanlab o’tkaziladi.
221
Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi
qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar ob’ektlarini sotib
olish usuliga bog’liq.
Auditor O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy
vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim
xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo’shishning qonuniyligini; tugallangan
qurilish ob’ektlari inventar qiymatining to’g’ri aniqlanganligi; qo’shimcha
qurilganidan
va qo’shimcha
jihozlanganidan, qayta
jihozlanganidan,
zamonaviylashtirilganidan yoki qisman tugatilganidan so’ng ob’ekt qiymati
to’g’ri aniqlanganligini tekshiradi.
Bunda auditor №21 BHMS ga muvofiq kiritilgan o’zgartishlarga alohida
e’tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan
bog’liq, ammo belgilangan tartibga ko’ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga
qo’shilmaydigan xarajatlar 01. 01. 2002 dan ob’ektlarning dastlabki qiymatiga
qo’shilmasdan, 9439 schyot debetiga olib borilganligiga e’tibor berishi kerak.
Auditor baholarni kelishish bayonnomasi va ta’sis hujjatlarida asosiy vositalar
baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy vositalar dastlabki
qiymatiga qo’shishning qonuniyligi; bozor baholarini qo’llashning ishonchliligini
tekshiradi.
Asosiy vositalar bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o’xshash
mahsulotlar baholari to’g’risida tayyorlovchi - tashkilotlarning yozma ravishda
bergan ma’lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda
e’lon qilingan baholar to’g’risidagi ma’lumotlardan; ayrim asosiy vositalar
ob’ektlarining qiymati to’g’risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin.
Bunday asosiy vositalarni tashib keltirish bo’yicha korxona tomonidan qilingan
xarajatlar ham ob’ekt qiymatiga qo’shiladi.
Chet el valyutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el
valyutasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan,
asosiy vositalar ob’ektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valyuta kursi
bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
222
Auditor kontrakt shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining o’tish vaqti
to’g’ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq bojxona
to’lovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga
qo’shilganligini tekshirishi lozim.
Auditor asosiy vositalarni baholashning to’g’riligini tekshirish chog’ida
asosiy vositalar dastlabki qiymatining o’zgarish hollari bo’lganligiga, qanday
sabablar (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash, qisman
tugatish) o’zgarishga olib kelganligiga, kapital qo’yilmalarga doir xarajatlar 0810,
0820, 0840, 0850, 0860 va 0890 schyotlarda aks ettirilganligiga e’tibor qaratishi
lozim.
So’ngi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim ahamiyat
kasb etmoqda. 21-BHMSga muvofiq korxonalarda asosiy vositalar ob’ektlarini
qayta baholash summalari 8530–«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»
schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv
qayta baholash natijalari
rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: barcha asosiy vositalar
to’lig’iga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi; asosiy vositalar tarkibida
hisobda turgan er uchastkalari va tabiiy foydalanish ob’ektlari qayta
baholanganligi; qayta baholash qanday usullar yordamida o’tkazilganligi
(indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo’yicha
to’g’ridan-to’g’ri hisoblab o’tkazilishi va h. k. ); bozor baholarini tasdiqlaydigan
hujjatlarning mavjudligi; hisob-kitoblar to’g’riligini tanlab tekshirish; qayta
baholashdan so’ng eskirganlik darajasi o’zgarganligi, qayta baholash
natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi, qayta baholash
natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligi, qayta
baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shunga
o’xshashlar.
Asosiy vositalar mavjudligini tekshirish uchun analitik hisobni tashkil etish
o’rganiladi. (bu haqda keyingi mavzuda batafsil ma’lumot beriladi). Shuningdek,
223
auditor asosiy vositalar qanday saqlanayotganligini va ularni inventarizatsiya
qilish natijalarini ham tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni tekshirishda auditor dastlabki
hujjatlar - iventarizatsiya ro’yxatlari (inv-1, inv-10, inv-18 shakllar),
inventarizatsiya komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari
bo’yicha korxona rahbariyatining qarorini o’rganadi.
Inventarizatsiya materiallarini tekshirish auditorga auditorlik risklari va
auditorlik amallarini tuzatish uchun, ichki nazorat natijalariga qanchalik tayanish
mumkinligiga ishonch hosil qilishi uchun zarur.
Bunda u inventarizatsiya o’tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani tashkil etish
va o’tkazish» nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 24-29 bandlariga rioya
qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga auditor inventarizatsiya natijasida
oshiqcha va kam chiqqan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schetlarida aks
ettirilishi va soliqqa tortilishining to’g’riligini ham tekshiradi. Bunda auditor
O’zbekiston Respublika Adliya Vazirligi tomonidan 23 iyun 2001 yilda 1054-
raqam bilan ro’yxatga olingan «Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi
va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish
to’g’risidagi qaror»ga rioya qilinganini tekshiradi.
Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi
ma’lumot manbalarining o’zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi:
*
moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko’rsatkichlari;
*
moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko’rsatkichlari;
*
Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari.
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari ko’rsatkichlarini
o’zaro taqqoslash natijalari jadvalda ko’rsatilgan shakl bo’yicha ishchi hujjatlar
bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |