211
asosiy vositalarni tiklashni - ta’mirlash, zamonaviylash-tirish va qayta
jihozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirish;
ta’mirlash usullari; ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to’g’riligi;
asosiy vosi-talarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga
doir muoma-lalarni
hisobga olish;
asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hisobining
holatini baholash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o’ziga qarashli
(0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001-schyot)
va moliyaviy
lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310-schyot) saqlash joylarida moddiy
javobgar shaxslar bo’yicha hisobga olishning tashkil etilishini baholash;
korxonaning o’ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan
asosiy vositalar bo’yicha oylik eskirish hisob-lanishining to’g’riligini tekshirish
(0211-0299-schyotlar). Chunki, bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot
(ish, xizmat)lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti)
shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, oqibatda korxonaning
moliyaviy natijalari
(balans foydasi yoki zarari)ga va byudjetga to’lanadigan foyda (daromad)
solig’ining miqdoriga ta’sir etadi;
asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni
yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog’liq muomalalar bo’yicha
soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;
asosiy vositalarni xo’jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy)
ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning kor-xonada amal qilinayotgan tartibini,
korxonada bir yilga qabul qilingan
hisob yuritish siyosati
dan kelib chiqqan holda
baholash va tekshirish (asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag’
ajratish mexanizmidan foydalanib yoki foydalanmasdan);
agar auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo’lsa, korxonada
asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig’i va quvvati bo’yicha
korxonaning
ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tahlil qilish;
asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish.