209
Korxonaning ijro etuvchi organi ichki
audit natijasida aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rishi shart.
Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun buzilishlarini
bartaraf etish, shuningdek umuman korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati
samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarning o’z vaqtida va zarur
darajada bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishi kerak.
Takrorlash uchun savollar:
1. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni nima bilan belgilanadi?
2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish nima?
3. Ichki auditorni sertifikatlash tartibi qanday?
4. Ichki nazorat va audit tizimiga qo’yilgan talablar nimalardan iborat?
5. Ichki nazoratning turlari qanday?
6. Ichki audit natijalarini umumlashtirish qanday amalga oshiriladi?
7. Ichki audit hisobotining tuzilishi qanday?