197
19. Har tomonlama nazorat.
Korxonaning boshqaruvi va uning rivoji uchun
har bir tarmoqni har tomonlama nazorati muhimdir.
Tekshiruv tadbirini
rejalashtirishda, iqtisodiy, yuridik, ilmiy-texnikaviy hamda ijtimoiy bo’limlarini
har
tomonlama
o’rganish lozim. Yo’riqnomani noto’g’ri tushunish,
muhokamalarda
xatolik,
shaxsning
beparvoligi,
javobgar
shaxsning
parishonxotirligi yoki charchaganligi, jamoa o’rtasida kelishmovchiliklar, o’z
lavozimini suiste’mol qilish va odobsizlik qilish hammasi
ichki audit menejeri
yoki xodimlar bo’limi e’tiborida bo’lishi lozim.
20. Nazorat obektlarning o’zaro bog’liqlarini tushunish.
Agar biror-bir
obektning nazoratida oqsoqlik yuzaga kelsa, bevosita muammoni yuzaga
keltirgan vaziyat bilan ish olib borish. Bunday yondashish oqsoqlikning yuzaga
kelishi sababini aniqlash hamda kelgusida takrorlanmasligini ta’minlaydi.
Tekshiruv jarayonida
ichki audit tomonidan, kompyuter xotiralariga saqlab
qo’yilgan buxgalteriya operatsiyalarida pul harakatlari noto’g’ri hisob raqamlarda
aks ettirilganligi aniqlansa, bu holatda quyidagi choralar amalga oshiriladi:
a) buxgalteriya hisobi shakli bo’yicha yo’l quyilgan kamchiliklarni aniqlash
hamda ularni bartaraf etish;
b) amaliy buxgalteriya dasturining sifati yoki hajmi, dastur-texnika
kompleksiga baho berish;
v) xatoni e’tibordan chetda qoldirgan buxgalterning professional bilimiga baho
berish.
21. Dastlabki nazoratning ahamiyati.
Boshqarilayotgan ob’ektning ahvolining
yomonlashuvini
yoki
oqsoqlanishi
borasida
ogohlantirish
maqsadida
tekshiruvning boshlang’ich bosqichlarini kuchaytirish lozim.
Bu holat
nazoratdagi ob’ektning talab qilingan axvolga olib kelishda yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan yo’qotishlar va xarajatlarning oldini olishda yordam beradi.
22. Oldingi tekshiruvda kamchiliklar bo’yicha aniqlangan ma’lumotlardan
foydalanish.
Har bir nazorat jarayonida oldingi tekshiruvda aniqlangan
kamchiliklardan foydalanish, ushbu kamchiliklarni qaytarilmasligini ta’minlaydi.
23. Uzluksiz ravishda rivojlanib borish.
Vaqt o’tishi bilan hattoki
198
boshqaruvning ilg’or uslubi ham eskirib boradi. Ichki nazorat tizimini shunday
tashkil
etishi kerakki, u tashkilot faoliyatining ichki va tashqi o’zgarishlari
natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yangi muammolarni hal etishda
moslashuvchan
bo’lishi
kerak
hamda
tashkilotning
kengayishida
zamonaviylashishini ta’minlab berishi kerak.
Tashkilotda ichki audit tizimining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashning
asosiy yo’li quyida keltirilgan tamoyillarga rioya qilishdir:
1.
Mas’uliyatlilik tamoyili:
Tashkilotda faoliyat olib boruvchi har bir ichki
audit xodimi o’z faoliyatini olib borishda iqtisodiy, ma’muriy va intizomiy
mas’uliyatni his qilishi kerak. Agar xodim tomonidan mas’uliyat
his qilinmasa
nazorat talab darajasida olib borilmaydi.
2.
Muvozanatni ushlab turish tamoyili:
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
korxonaning nazorat funktsiyasi qanday tarzda olib borilishi, resurslar bilan
ta’minlanishi va bajarilishi bo’yicha auditor tomonidan buyruq berilmasligi
lozim. Nazorat sub’ektlari tomonidan majburiyatlar
korxonaning ish hajmi va
imkoniyatidan kelib chiqib belgilanishi lozim.
3.
Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha o’z vaqtida malumot berish:
Yuzaga
kelgan kamchiliklar bo’yicha malumot, ushbu kamchiliklar bo’yicha qisqa vaqt
ichida qaror qabul qilish vakolatiga ega kishiga o’z vaqtida etkazilishi lozim.
Agar ma’lumot kechiqtirilsa salbiy oqibatlarga olib keladi. Boshlang’ich
nazoratda oqibatlarning yuzaga kelish ehtimoli bo’yicha malumot o’z vaqtida
etkazilmasa, bu nazoratni amalga oshirilishidan mano qolmaydi.
4.
Nazoratga oluvchi va nazoratga olingan tizimning mutanosibligi:
Ichki
audit tizimining murakkablik darajasi nazoratdagi tizimning murakkablik
darajasiga mutanosib bo’lishi kerak, ya’ni ob’ekt bo’yicha tekshiruvni
muvaffaqiyatli olib borish uchun ichki audit shu darajada murakkab bo’lmog’i
lozim.
5.
Butlik tamoyili:
Har xil turdagi ob’ektlar bir-biriga aloqador bo’lgan ichki
auditni o’ziga qamrab olgan bo’lishi kerak, ya’ni audit
tor doiradagi obektlar
bilangina chegaralanmasligi kerak.
199
6.
Javobgarlikning taqsimlanish tamoyili:
Xodimlar o’rtasida vazifalar
shunday taqsimlanish kerakki, bir xodimga bir vaqtning o’zida quydagi vazifalar
yuklatilmasligi kerak: Belgilangan aktivlar bo’yicha operatsiyalarga ruxsat berish,
berilgan operatsiyalarni ro’yxatga olish, operatsiyalarning bo’lganligini
ta’minlash hamda ularning inventarizatsiyadan o’tkazish. Salbiy oqibatlar yuzaga
kelmasligini oldini olish maqsadida bu funktsiyalarni bir necha xodimlar o’rtasida
taqsimlanishi lozim.
7.
Ruxsat berish hamda ma’qullash tamoyili:
Har bir xo’jalik operatsiyalarini
amalga oshirilishida vakolatli shaxs tomonidan ruxsat berilishi rasmiy ravishda
ta’minlangan bo’lishi kerak. Rasmiy ruxsat bu umumiy turdagi xo’jalik
operatsiyalar yoki aniq bir operatsiya bo’yicha rasmiy qaror hisoblanadi. Rasmiy
ma’qullash bu boshqaruv tomonidan berilgan ruxsatidir. Yuqorida qayd etilgan
tamoyillarning barchasi bir biriga bog’liqdir, ularning birikishi aniq bir
vaziyatdan kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: