2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish
O’zbekiston Respublikasida davlatning tashabbusi bilan qimmatli qog’ozlar
bozorini rivojlantirish va davlat korxonalarida korporativ boshqarish samarasini
oshirish maqsadida ichki audit instituti shaklantirila boshlandi.
2006 yil 27 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-475
sonli “Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora tadbirlari
to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq 2007 yil 1 yanvardan boshlab aktivlarning balans
qiymati 1 milliard so’mdan ko’p bo’lgan korxonalarda kuzatuv kengashlari
tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit xizmatlari
tashkil etila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi
№215 sonli “Ustav fondida davlatning ulushi bo’lgan korxonalarni boshqarish
samaradorligini ta’minlash va davlat mulkining mutanosib hisobini olib borish
choralari to’g’risida”gi Qarori bilan Korxonalarda ichki audit xizmati
to’g’risidagi Nizom tasdiqlangan bo’lib, u ichki audit va auditorlar xizmat
faoliyatini belgilovchi birinchi me’yoriy hujjatdir. Islohotlar iqtisodiyotning
nodavlat sohasini ham qamrab oldi. O’z vaqtida “Aktsionerlik jamiyatlari va
aktsionerlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” va “Mas’uliyati cheklangan va
qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining
Qonunlariga tegishli o’zgartirishlar kiritildi. Natijada ichki audit xizmatini
shakllantirish zarurligi to’g’risidagi me’yoriy talablar nafaqat ustav kapitalida
davlat ulushi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlargagina emas, balki
respublikaning boshqa yirik nodavlat korxonalariga ham taalluqli bo’lib qoldi.
2010 yil 26 noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1438
sonli “2011-2015 yillarda respublika bank tizimi yanada isloh qilish va
176
barqarorligi oshirishning ustivor yo’nalishlari va yuqori xalqaro reyting
ko’rsatkichlariga erishish to’g’risida”gi Qarori ichki auditorlar instituti faoliyatini
huquqiy-me’yoriy tartibga solish uchun qo’shimcha rag’bat bo’ldi. Ushbu qaror
bilan Respublikaning mikromoliyalashtirish sohasi va bankdan tashqari moliyaviy
sektorini 2011-2015 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar
tasdiqlangan bo’lib, unda Ichki auditorga malakaviy talablar hamda ichki audit
xizmati xodimlarini sertifikatsiyalash tizimini tadbiq etishga taalluqli huquqiy-
me’yoriy hujjatlarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Hukumat
qarori loyihasi ishlab chiqilishi ko’zda tutilgan. 2011 yil 14 sentyabrda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №258 sonli “O’zbekiston
Respublikasi hukumatining ba’zi bir qarorlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar
kiritish to’g’risida”gi Qarori respublikada ichki audit institutini me’yoriy tartibga
solishni takomillashtirish bo’yicha islohotlarning mantiqiy davomi bo’ldi.
Qarorga muvofiq Ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom matniga ba’zi
o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilib, ularga ko’ra ichki audit xizmatida
ishlash uchun nomzodlarga malakaviy talablar qaytadan ko’rib chiqildi. Bu
o’zgarishlar bo’yicha ichki audit xizmatida ishlashga da’vogarda ichki auditor
sertifikati bo’lishi lozim. Shuningdek, ichki audit xodimlari sertifikatlash tartibi
auditorlarning
respublika
professional
jamoat
birlashmalari
tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanishi
ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasida ichki audit Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16
oktyabrdagi 215-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq ishlab chiqilgan
“Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit
amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir
takliflarni tayyorlash;
177
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning
bartaraf etilishini nazorat qilish.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funktsiyalari hisoblanadi:
har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga
muvofiq ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha tegishli tekshirishlar o’tkazish yo’li
bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari
bo’yicha);
tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi
yuzasidan ekspertiza o’tkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda
korxonaning tarkibiy bo’linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq,
bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining
takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi
auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi
kengashiga ko’maklashish.
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga egadir:
ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha
korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv
organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning
tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxona mansabdor va mas’ul
shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish;
ichki auditni o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli
mutaxassislarini jalb etish.
Ichki audit xizmati quyidagilarga majbur:
ichki auditni amalga oshirishda boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya
qilish;
moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
178
ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya
qilish;
korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar
etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol
korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli
yozuvni qayd etish;
aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z
vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga
muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablardan biriga javob berishi
kerak:
Ichki auditorning malaka sertifikatiga ega bo’lish;
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga
tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy ma’lumotga,
oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq
nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ega
bo’lish.
Ichki audit xizmatiga tegishli auditor sertifikatiga ega bo’lgan uning rahbari
boshchilik qiladi.
Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik
smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga
taqdim etadi.
Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega
bo’lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish
vositasida saqlanishi kerak.
Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuvchi kengashi tomonidan har
yili attestatsiyadan o’tkazilishi kerak.
Quyidagilar ichki audit xizmati mustaqilligining asosiy shartlari hisoblanadi:
179
ichki audit xizmati rahbarini va uning xodimlarini lavozimga tayinlash va
egallab to’rgan lavozimidan ozod etish, korxona kuzatuvchi kengashining
qarorlari bo’yicha ularga ish haqi miqdorini va boshqa to’lovlarni belgilash;
korxona kuzatuvchi kengashiga bevosita bo’ysunish.
Davlat tomonidan quyidagi turkumdagi korxonalarda ichki audit o’tkazilishi
majburiy talab hisoblanadi:
kredit tashkilotlari;
qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari;
notarial tashkilotlar;
sug’urta tashkilotlari va lizing kompaniyalari;
investitsion fondlarni boshqaruvchi tashkilotlar.
Korxona tomonidan ichki nazorat, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan
ma’lumotlarni hujjatlashtirish tartibi, moliyaviy axborotlarni maxfiyligini
ta’minlash hamda kadrlarga qo’yiladigan malakaviy talablarni o’zida aks etuvchi
qonun qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Davlat organlari tomonidan majburiy moliyaviy nazoratda bo’lishi kerak
bo’lgan operatsiyalar qonunchilik tomonidan belgilab qo’yilgan. Bunday
operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar pul mablag’lari va boshqa mulklar bilan
operatsiya qiladigan tashkilotlardan vakolatli organ – O’zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurash Departamenti (vakolatli organ)ga topshiriladi.
Budan tashqari, tashkilotlar vakolatli organga, agar shunday asos bo’lsa, mazkur
operatsiya terrorizmni moliyalashtirish yoki daromadlarni berkitish maqsadida
foydalalaniladigan operatsiyalar (shartnomalar) bo’yicha ham ma’lumot
topshiradilar. Quyidagilar bundan darak berishi mumkin: shartnomaning
chalkash va odatdan tashqari tarzda bo’lib, uning yaqqol iqtisodiy ma’nosi va
yaqqol iqtisodiy maqsadi yo’qligi; shartnoma tashkilotning ta’sis etilish hujjatlari
ko’zda tutgan maqsadlarga nomuvofiqligi; operatsiyalar va shartnomalar bir
180
necha marta amalga oshirilganda, ularning maqsadi majburiy nazoratdan chetga
chiqish bo’lganini aniqlanishi.
Ochiq tashkilotlarda ichki nazoratni tashkil etish talablarini taqqoslash shuni
ko’rsatadiki, ular xorijdagi me’yorlardan deyarli farqlanmaydi.
“Ichki nazorat tizimi” termini xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali olib borish va nazorat qilish, aktivlar va
hisobot hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, firibgarlik va xatoliklarning odini
olish va aniqlash, buxgalteriya yozishmalarning aiqligi va to’liqligi va haqqoniy
moliyaviy axborotning o’z vaqtida tayyorlanishi maqsadida qabul qilingan
tashkiliy choralar, metodika va muolajalar (ichki nazorat vositalari) majmuini
bildiradi.
Ichki nazorat tizimi bevosita buxgalteriya hisobi tizimi kiradigan masalalar
doirasidan chetga chiqadi va nazorat muhitini o’z ichiga oladi. Nazorat muhiti
deyilganda korxona rahbariyatining ichki nazorat tizimini o’rnatish va olib
borishga, shuningdek ushbu tizim ahamiyatini tushunish anglanadi. Nazorat
muhiti nazoratning konkret vositalarining samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi va o’z
ichiga quyidagilarni oladi:
a) korxonani boshqarish usuli va asosiy tamoyillari;
b)korxonananing tashkiliy tarkibi;
v)javobgarlik va vakolatlarning taqsimlanishi;
g)amalga oshirilayotgan kadrlar siyosati;
d)tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy (buxgalteriya) hisobotini
tayyorlash tartibi;
e)ichki boshqaruv hisobini yuritish va ichki maqsadlarda hisobotlarni
tayyorlash tartibi;
j)korxona xo’jalik faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligini
ta’minlash;
z)korxona boshqaruvi tarkibida taftish komissiyasi, ichki audit xizmatining
mavjudligi va ular ishini tashkil etishning o’ziga xosligi.
Korxona rahbariyati o’rnatadigan
Dostları ilə paylaş: |