150
11-BOB.
AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI
1.
Auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash
Auditorlik hisoboti va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining
barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini
umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
*
ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;
*
aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;
*
auditorlik dalillarning etarliligini baholash;
*
buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
*
hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash;
*
tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning
mijoz-korxona rahbariyatiga
taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;
*
auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida asosan tekshirilayotgan xo’jalik
yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari
va hisobotlarida aks
ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim
hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy
axborotlarni baholaydilar.
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalik yurituvchi sub’ekt
mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum
darajada
professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko’rsatuvchi holatlarni
ob’ektiv baholashi zarur:
*
xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor
tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;
151
*
tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z
vaqtida taqdim qilinmagan
dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalik muomalalari;
*
mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
*
inventarizatsiya
natijasida
aniqlanib,
dalolatnoma
va
taqqoslash
vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va
tuzatilmagan katta
tafovutlar;
*
katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan
javoblar olinmaganligi;
*
tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki
hujjatlar yoki tegishli
ruxsat etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalik muomalalari.
Auditor to’plangan dalillar etarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan
bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak. Shuningdek, katta
xatolar xatarini dastlabki baholash va batafsil tekshirish rejalari ham e’tiborga
olinishi lozim.
Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida aniqlangan va hisobga olingan
bo’lsa, unda auditor to’plangan dalillarning etarliligiga va rejalashtirilgan hamda
qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga muvofiqligiga baho
berishi zarur.
Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o’tkazish
natijalari audit
o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishilganlik darajasini baholagan holda
auditorning ishchi hujjatlarida qaid qilinishi lozim. Masalan, audit o’tkazish
dasturining «Debitor va kreditor qarzlarni tekshirish» bo’limi bo’yicha
o’tkazilgan audit natijalarini baholashda quyidagi auditorlik amallarini tahlil
qilish va baholash maqsadga muvofiq:
Dostları ilə paylaş: