152
amallarni bajarish natijasida joriy majburiyatlar to’liq va haqqoniy aks
ettirilganligi to’g’risida olingan dalillar, buxgalteriya hisoboti tuzilganidan so’ng
to’langan qarzlarga nisbatan etarli darajada deb baholanishi mumkin. Shundan
so’ng auditor to’lovi tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qarzlar summalarining katta
- kichikligini baholaydi;
-
schyotlarni buxgalteriya hisoboti tuzilganidan so’ng tayyorlangan moddiy
javobgar shaxslar hisobotlari bilan, hisob ma’lumotlari bo’yicha qoldiqlar bilan
solishtirish.
Buxgalteriya hisoboti tuzilgan kundan oldin olingan barcha schyotlar
(etkazib
berilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun) joriy
davrdagi hisobda va shu davr uchun tuzilgan hisobotda aks ettirilishi kerak.
Shuning uchun buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan so’ng tayyorlangan
materiallar harakati to’g’risidagi hisobotlar va schyotlardagi sanalar, mulklar va
majburiyatlarning balansda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish maqsadida
taqqoslanishi maqsadga muvofiq.
-mavjud qoldiqlarni schyot-fakturalar ma’lumotlari, moddiy javobgar
shaxslar hisobotlari va to’lov hujjatlari bilan solishtirish.
Agar
debitor va
kreditor qarzlarning miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy ahvoli uchun
sezilarli darajada bo’lsa, auditorlar hisobga olishning to’g’riligi va aniqligini
tekshirishi, shuningdek, hisob ma’lumotlari bo’yicha majburiyatlarning oshirib
ko’rsatilmaganligini aniqlashlari lozim. Bu holda dastlabki hujjatlar ma’lumotlari
analitik hisob registrlari (jurnallar, oborot yoki saldo vedomostlari) da aks
ettirilgan axborotlar bilan, oldin eng katta qoldiqlilaridan boshlab (chunki ular
bo’yicha oshirib ko’rsatish ehtimoli ko’proq) solishtiriladi. Olingan ma’lumotlar
bo’yicha hisob yozuvlarida (masalan, bitta schyotni
hisob registrida ikki marta
aks ettirish va shunga o’xshash) majburiyatlar (debitor va kreditor qarzlar) oshirib
ko’rsatilish holatlarining katta-kichikligini baholash zarur.
-mol etkazib beruvchilar va boshqa kontragentlar bilan hisob-kitoblarni
tasdiqlash.
Audit o’tkazish chog’ida bunday tasdiqni olish majburiy emas. Lekin,
ushbu amal ko’pchilik hollarda katta naf keltirishi mumkin. Masalan, mol etkazib
153
beruvchilardan olingan javoblar quyidagilarni tasdiqlash uchun ishlatilishi
mumkin:
*
mol etkazib beruvchilar bo’yicha debitor qarzlar ularning asosli da’vosi
hisoblanadi;
*
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari mol etkazib beruvchilarga barcha mavjud
qarzlarni o’zida aks ettiradi;
*
sotib olingan moddiy resurslar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar
tegishli hisobot davrida aks ettirilgan. Bunda audit o’tkazish chog’ida
kontragentlardan tasdig’ini olish zarurligi to’g’risida guvohlik beradigan
omillarni belgilab qo’yish kerak: xaridlarni ichki nazorat qilish tuzulmasining
bo’shligi;
moliyaviy muammolar; tovar-moddiy boyliklar bo’yicha qoldiqlar
chiqarishda yoki qarzdorlarni tekshirishda yo’l qo’yilgan xatolar to’g’risidagi
faktlar; bir necha mol etkazib beruvchilardan qilingan katta xaridlar; xaridlar
to’g’risidagi hisobot buxgalteriya balansini tuzish sanasiga tayyorlanmagan.
Tasdiqlash ishlarining natijalarini umumlashtirib, eng avvalo, ularning
ishonchliligini baholash zarur. Bunda qarzlarning yozma va og’zaki
shaklda
tasdiqlangan miqdori va ahamiyatliligi baholanadi.
Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish qabul
qilingan. Yozma tasdiqlarning ishonchliligi ularning to’g’ri rasmiylashtirilishiga
bog’liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib, tasdiqlangan va
tasdiqlanmagan summalarning katta-kichikligi, shuningdek majburiyatlarning
ishonchliligi to’g’risida auditor fikrini shakllantirish
uchun olingan dalillar
etarliligi baholanadi;
Debitor va kreditor qarzlar analitik hisobi ma’lumotlarining tengligini
tekshirish.
Dastlabki hujjatlarni tekshirib chiqish yoki debitor va kreditor qarzlar
tasdig’ini olish munosabati bilan auditorlar hisob-kitoblarni hisobga oladigan
analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi, hamda ularni Bosh daftar
ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Hisob-kitob muomalalari hisobga
olinadigan schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin:
*
mol etkazib beruvchilar schyotlari bo’yicha debet qoldiqlar;
154
*
mansabdor
shaxslar, direktorlar, raislar, sho’’ba va tobe korxonalarga va
boshqa o’zaro bog’liq tomonlardan qarzlar summalari;
*
mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir haddan tashqari katta
tuzatishlar;
*
da’vo muddati o’tib ketgan yoki o’tayotgan to’lanmay qolgan schyot-
fakturalar.
Barcha belgi qo’yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda
tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning
natijalarini boshqa
olingan dalillar bilan taqqoslash maqsadga muvofiq. Masalan, da’vo muddati
o’tib ketayotgan to’lanmay qolgan schyotlar va mol etkazib beruvchilar bilan
hisob-kitoblar bo’yicha debet qoldiqlarning aniqlangan summalariga ma’lumotlar
muvofiqligi to’g’risida tasdiq olinishi mumkin. Bu holda auditor analitik hisob
ma’lumotlarining ishonchliligi haqida etarli dalillarga ega bo’ladi.
Agarda olingan tasdiqlar natijalariga ko’ra kontragentda bunday
qarzdorlikning yo’qligi aniqlansa, u holda auditor analitik hisob ma’lumotlarini
ishonchsiz deb baholashi mumkin.
Analitik hisob registrlari ma’lumotlarini Bosh daftar bilan taqqoslash mijoz
tomonidan vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat tadbiri bo’lib hisoblanadi.
Qoidaga ko’ra, auditorlar
qilingan taqqoslashlarni, aniqlangan g’ayrioddiy
summalarni tahlil qiladi, jami summalarni qayta jamlab chiqadi.
Dostları ilə paylaş: