Tovuqsimonlar,asosiy turlarining hayoti” mavzusidagi kurs ishi chirchiq-2023 Mundarij a


-rasm.O‘rta Osiyoda kaklikning tarqalish areali



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə4/9
tarix11.05.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#111141
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pardaboyeva Aziza

3-rasm.O‘rta Osiyoda kaklikning tarqalish areali.
1.Uya qurishi.
2.Qishki uchrash joyi.
2.2. Bedana - Coturni coturnika U.
Bedana tovuqsimonlar turkumidagi eng kichik qush. Uning vazni 73 – 134 gramm keladi. Deyarli yerda yashaydi. Onda – sonda to‘satdan vaziyat bilan bog`liq holda birdan uchadi. U ko‘pincha o‘t – o‘lanlar orasida yashirinadi, oziqlanadi. Ko‘rinishi bilan kichik tovuqchani eslatadi. Dumi qisqa. Patlarining rangida qo‘ng‘ir,
4-rasm. qizg‘ish va kremsimon tuslar ko‘p bo‘ladi. Ular ko‘ndalang yo‘lli va dog‘lar shaklida namoyon. Tomog‘ida qizg‘ish yoxud qo‘ng‘ir – kulrang dog‘i bor. Tumshug‘i tiniq shoxsimon rangda. Oyoqlari biroz qoramtir tusda bo‘ladi. Urg‘ochisi bo‘rroq, uncha tiniq emas. Xavf tug‘ilsa yugurib, qochib qoladi, kam hollarda shovqin chiqarib uchadi. Tez uchadi. Uning sayrashi, tovushi: “patpaloq, vovoq, patpaloq” tarzida eshitiladi.
Bedananing areali bir necha qismdan iborat. Asosan Yevroosiyo bo‘lib Britaniya orollaridan to Mongoliya, Yaponiya va Koreyagacha bo‘lgan xududda tarqalgan. Qozog‘iston va O‘rta Osiyodagi mamlakatlarda ham uchraydi. Bu hudud uchun bu qush uya qiluvchi, uchib o‘tishda uchrovchi va qisman qishlovchi tur hisoblanadi.
O‘zbekistonda tekisliklar va tog‘larda tarqalgan. Cho‘lda uya qilmaydi. Uni uya qilish joyi asosan tog‘ va tog‘oldi rayonlari hisoblanadi. Vertikal tarqalish O‘zbekistonda dengiz satxidan 1600 – 1800 m, eng yuqorisi to 2700 – 3000 m gacha boradi.
Bedananing soni hududda har xil. Cho‘l va baland tog‘larda kamroq, daryo bo‘ylarida, tog‘oldi hududlarda esa ko‘proq sonli bo‘ladi. Qulayroq yerlarda 1 km. da 24 tani, noqulay bo‘lsa unda 5 – 16 tani tashkil etadi. Masalan: Toshkent vohasida uni soni 1 km. da 20 taga Qizilqumda esa 9 taga teng keladi (Rustamov, 2007).
Bedananing ko‘p omillarga, jumladan ob – havoga ham bog‘liq. Kutilmagan sovuq, kuchli yomg“ir ularni o‘limga yetadi.
Bedananing dushmanlari ham ancha. Ularga, yirtqichlar (sutemizuvchilar, qushlar), reptiliyalar (echkemar, turli ilonlar) tashlanadi, ovlaydi. O‘t o‘rilishi, bug‘doy o‘rimida ham ko‘p bedona nobud bo‘ladi.
Bedananing baxorgi migrastiyasi martning uchinchi dekadasidan boshlab aprel, maygacha davom etadi. Kuzgi migrastiyasi esa ancha yaxshi namoyon bo‘lib,uni avgustning o‘rtalaridan to noyabrgacha kuzatsa bo‘ladi.
Bedanalar tropik Afrikada (to Ekvotorgacha), Arabiston va Hindistonda qishlaydi. Kamroq bedonalar O‘rta Osiyoda (Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va boshq) ham qishlash qayd qilingan.
Bedana poligam tur hisoblanadi. Uning erkagi to‘g‘ri kelgan urg‘ochisi bilan qo‘shiladi. U deyarli juft hosil qilmaydi.
O‘rta Osiyo past tekisliklarida bedonaning sayrashi aprelning o‘rtalaridan boshlab eshitish mumkin. Shunda erkagini tovushini eshitgan urg‘ochilari unga tomon keladi va erkagi ular bilan qo‘shilishi mumkin.
Urchish davri ancha cho‘ziq. Bunga ko‘p omillar ta’siri bor. Yani gonadalar rivojidagi notekislik, ayrim qushlarni takror uya qurishi, va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Aprelning oxiridan to avgustgacha – tuxumli uyalari topilgan (Rustamov, 2007).
Bir uyasidagi tuxum soni 7 – 14 ta o‘rtacha 9 taga teng. Tuxumlarning o‘lchamlari: 26,0 – 28,0 x 21,0 – 23,0 mm. Tuxum bosish davri 15 – 20 kun bo‘ladi. Tuxumdan chiqqan jo‘jalari to 50 kungacha ota – onasi bilan birga bo‟ladi. Keyin tarqalib ketadi.
Jo‘jalarning o‘sishi yoz davomida ro‘y berib, uni ularni vazni, o‘zgarishidan ham bilib olsa bo‘ladi. Chunonchi: adabiyotlarda bedona jo‘jalarini vazni iyulda (Olma – otada) 38 – 80gr, avgust oxirida esa 40 – 100gr, oktyabrda 100 – 118gr kelgani aytilgan (Rustamov, 2007). Jo‟jalari 50 kunlik vaqtida kontur patlar bilan yaxshi qoplangan bo‘ladi. shu vaqtdan boshlab ular yaxshi uchadilar.
Bedanalarda tulash hodisasi juda ham cho‘zilgan, notekis ro‘y beradi. Jo‘ja patlarini birinch almashinishini – kuzda ro‘y beradi. Katta yoshli qushlarda har yili tulash iyunning ikkinchi yarmidan boshlanadi.
Bedanalar yoz – kuz davrida ko‘proq o‘simlik oziqani yeydi. Hayvonlarni kam yeydi.Bedanalar mayda xasharotlar, qurt, lichinkalar g`umbak bilan oziqlanadi. Umuman oziqa spektrida urug`lar, o‘simlik qismlari ustundir. Bedanalarni faol bo‘lishi ko‘proq ertangi va kechki soatlarga to‘g‘ri keladi. Kunning issiq vaqtida dam oladi.
O ‘rta Osiyo, O‘zbekistonda o‘tmishda bedanalar sanoat miqyosida ov obekti bo‘lgan. Bir ovchi kun davomida 50 tasini ovlagan. Hozirgi davrda u sport ovi obekti bo‘lib qoldi. Bedonani uyada, qafasda ham saqlaydilar. Sayroqi dekorotiv qush hisoblanadi. ,,Bedanalar jangi” ko‘rinishida ham bu qush ma’lum ahamiyatga ega. Yana bedonalar zarakunanda hasharotlarni ovlab bizga ancha foyda keltirashini ham e’tiborda saqlash lozim. Uni ovlash mumkin. Ammo bu ish ilmiy asosga ega norma, qoidalar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin