Qirg`ovul kushandalari. To‘qayzorlarning qalin bo‘lishi hamda yantoq, chingil va mimizoga o‟xshash o‘tlarning chakalakzorlarga aylanib ketishi qirg`ovulning uchishiga xalaqit beradi.Bu esa uning kushandalari – chiyabo‘ri, to‘qay yallovsini, tulkilarga ham yem bo‘lishiga qulay sharoit yaratadi.
Bulardan tashqari, bo‘ktargi degan yovvoyi qush, ukki ham qirg`ovul jo‘jasini yeydi. Ko‘rinib turibdiki, bu parrandaning tabiiy dushmanlari aytarli ko‘p emas va ular qirg`ovulning qirilib ketishiga unchalik ta`sir qilmaydi. Lekin daryo suvining birdan ko‘payishi, sohillarni suv bosishi yoki yuvib ketishi kabi tabiiy ofatlar oqibatida qirg`ovulning tuxumi va jo‘jalar nobud bo‘lishi mumkin. Qirg`ovulning kamayib ketishiga, hammadan ham mavsumi amal qilishmagan ayovsiz ov sabab bo‟lmoqda. Parrandalar uchun yaxshi makon bo‘lgan qamishzorlarni yoqish va to‘qaylarni yo‘q qilib tashlash ham qirg`ovulning kamayishiga olib kelmoqda.
7-rasm.O’rta Osiyoda Qirg`ovulning tarqalish areali: 1. Uya qo’yishi, 2. Qishki uchrash joyi Qirg`ovulni tutish. Qirg`ovulni ko‘paytirishni yo‘llaridan biri uni sharoitga moslashtirishdir shu maqsadida respublikamizning ovchilik xo‘jaliklari mart, aprel, sentyabr, oktyabr oylarida Sirdaryo va Angren daryolari yoqasidagi suv bosadigan o‘tloq joylarda qirg`ovullarni tutishadi. Qirg`ovulni 10 – 15 sentyabrgacha ov qilmagan ma’lum, chunki uch oyga to‘lmagan qirg`ovul jo‘jalari tutqinlikda yashay olmaydi.
Qirg`ovulni qamishzor atrofi, jiydazor, butazorlarga yaqin qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan va ariq, daryoga yaqin joylarda tutish oson.
Kuzda qirg`ovullar qayerda ko‘p yig`ilganligi suv va ovqatga qatnaydigan yo‘llarda, bahorda esa erkak qirg`ovullarni qichqirishidan bilib olish mumkin.
Qirg`ovullarni tuzoq bilan ovlash qadimdan bor. Bu usul juda oson va unum-lidir, chunki bir kishi kuniga 150 – 200 ga yaqin tuzoq qo‘yish mumkin. Lekin bu usulning bir kamchiligi bor. Agar ovchi tuzoqqa ilingan qushni darrov tutib olmasa, qush undan chiqib ketish uchun tipirchilashi va oqibatda oyog`ini mayib qilishi mumkin.
Qirg`ovullarni tomi qamish, tol va shunga o‘xshash materiallardan nishab qilib yopilgan uyalarda ham tutish oson. Bunday uyalarni yasash uchun to‟rtta qo-ziq kerak bo‟ladi. Old tomonidagi ikkita qoziqqni er ustidan bir metr baland qilib qoqiladi, uning orqasiga qoqiladigan qoziq esa erdan 45 sm chi-qib turadi. Qoziqlarning orasi 2 m bo‘lishi kerak. Uyaning tomi yuqorida aytganimizdek, qamish, tolga o‘xshagan narsalar bilan yopiladi. Shiyponin eslatadigan bunday uyaning osti o‟tlardan tozalanadi va uyerga arpa, makkajo‟xo-ri sepib qo‟yiladi.
Uyani odamlardan panaroq joylarga qurish kerak. Atrofdagi uyadan har tomonga eni 20 – 25 sm so‘qmoq qilinadi va don sepib qo‘yiladi. Parrandalar so‘qmoq yo‘ldan donlarni terib yeyish bilan ovora bo‘lib, uyaga borib qolganini bilmay qoladi. Har bir uya oldiga 15 – 20 tagacha qirg`ovul yig`iladi.
Qushlar uyaga ancha o‘rganib qolganlaridan keyin ularni tutish oson bo‘ladi. Buning uchun uyani qoplaydigan (4 kv/m li) to‘rning bir tomoniga taxta torti-ladi. Shu taxta tirgavuch bilan ko‟tarib qo‘yiladi. Tirgovuchlarga boylangan ip ovchining bekinib turadigan joyigacha tortiladi. Uya ostiga 5 – 6 ta qush yig`ilishi bilan ip tortilsa bas, taxta erga tushib ketib qushlar to‘r ichida qoladi.
Bunday uyalar, bir tomondan, qirg`ovullarning kuz, qish paytlarida ovqatlanishi uchun xizmat qilsa, ikkinchidan, ularni tutishda qopqon vazifasini o‘taydi. Suv ichgani bogan, dalada va uya atrofida donlab yurgan qirg`ovullarni tutishda o‘z – o‘zidan yopiladigan qafas juda qo‘l keladi. Qafas yengil (500 – 700 gramm) va uni o‟rnatish ko‘p vaqt talab qilmaydi. Bir kishi qushga 70 – 80 ta qafas o‘rnatishi va uni kuzatib turishi mumkin. Qafasga tushgan qush deyarli shikastlanmaydi. Qirg`ovullarni va umuman qushlarni tutishda boshqa usullarga nisbatan qafas bilan qushlarni yil bo‘yi ovlash mumkin.
Qirg`ovullarni tutishda bazan to‘rdan foydalansa bo‘ladi. To‘r bilan kuniga 25 – 30 qushni tutish mumkin. To‘r qirg`ovullar ko‘proq yig`iladigan chingil, jiyda butalar ostida kurilgan uya atrofidagi joylarga tutiladi. To‘rning uzunligi 100 – 125 m, balandligi 3m va to‘r orasi 40 x 40 mm bo‟ladi. agar xo‘jaliklarda tayyor to‘r bo‘lmasa uni qo‘lda to‘qish ham mumkin. Qirg`ovulni to‘r bilan ov qilishning eng qulay vaqti ertalab va kechqurun, parrandalar ovqatlanayotgan paytdir. To‘r o‘rnatib bo‘lingan, uning ikki ochiq tomonidan 4 – 5 kishi parrandalarni to‘r ichiga joylaydi. Lekin bunda ehtiyotlik bilan harakat qilish kerak, aks xolda qushlar uchib ketishi ham mumkin. Qushlar bezovta qilinsa yashirinishga shoshiladi. Qushlarni shunday haydash kerakki, ular to‘ppa – to‘g`ri to‘r tomon yo‘l olsin. Mazkur usul bilan bir yo‘la 6 – 8 qirg`ovul tutsa bo‘ladi.