Qirg`ovullarni parvarish qilish. Qirg`ovullarni parvarish qilinadigan qafasning katta – kichilikligi har xil bo‘ladi. Sirdaryo ovchilik xo‘jaligida qirg`ovullar kattaligi 40 x 14 m xajmidagi qafaslarda boqiladi. Qafas ichi bo‘laklarga ajratilgan. Qafas uchun ishlatiladigan to‘r simning oralig`i 20 x 20 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Xuddi shanday to‘r sim bilan qafasning tepasi ham yopiladi. Bunday katta qafas ichida bir necha tup daraxt bo‘lgani ma’qul.
Agar xo‘jaliklar doimiy qafas ko‘radigan bo‘lsa, u holda yirtqich xayvonlar himoya qilish choralarini ko‘rish ham nazarda tutilishi lozim.
Buning uchun qafaslar asosiga 30 – 40 sm chuqurlikda beton poydevor qilina yoki sim o‘rin 50 sm chuqurlikka ko‘miladi. Bu aytilganlarga amal qilingan holda qurilgan qafasdan yirtqich xayvon o‘ta olmaydi.
Xulosa
Ma’lumki qushlar umurtqalilar orasida pat – par bilan qoplangan, anotomik, morfologik tuzilishi bilan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan uchuvchi hayvonlardir. Bu sinfdagi turlar xilma –xilligi ancha ko‘p bo‘lib (8.600) umurtqalilar orasida baliqlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Qushlar sinfining xozirgi yashab turgan taksonlari, ularning vakillari xaqiqiy (tipik) qushlar kenja sinfiga mansubdir, ularning bir necha katta turkumlari va 35 – 40 ta turkumi mavjud. Ana shu turkumlar orasida tovuqsimonlar o‘ziga xos morfologiyasi, tarqalishi, biologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tovuqsimonlar turkumi qushlarning qadimgi guruxi bo‘lib uning vakillari yer shari bo‘ylab keng tarqalgan, o‘ziga 250 ta turni va ko‘plab kenja turlarni birlashtiradi. Tanasining vazni MDX xududida 80 – 120 grammdan (bedona) to 60 kg (kaklik) gacha keladi. MDX da bu turkumning 20 turi, O‘zbekistonda 7 turi yashaydi (ular, kaklik, kirokutkalar (cho‘l, ko‘k, Mo‘ylovli), bedana, qirg`ovul). Ana shu turlar orasida tarqalishi sonini ko‘pligi va bir qator biologiyasi, xo‘jalik axa-miyati jixatidan ishda keltirilgan turlar – kaklik, bedona, qirg`ovullar aloxida e’tiborga loyiq. Kaklik tog`larda yashovchi qush. Vazni 370 – 770 gramm. O‘tloq, ko‘chmanchi xolda yashaydi. Sport ovi obyekti xisoblanadi. Ovchilik xo‘jaliglarida ko‘paytirilimoqda. O‘zbekistonning cho‘l zonasi tog`larida soni kamaymoqda. Uni ovlash jadallashgan. Ovlashni ilmiy – xuquqiy jixatlari o‘rganilishi lozim. Bedana – tovuqsimonlar turkumining eng kichik vakili. Vazni 73 – 134 gramm.Faqat yerda yashaydi, xavoga kam ko‘tariladi. Uskarativ qush xisoblanadi. Yana uni ovlanadigan tur deb ham xisoblash mumkin. O‘zbekistonda tekislik va tog`larda tarqalgan. Cho‘l zonasida uya qilmaydi. Bularda migrastiya paytida ko‘p bo‘ladi. Tog`, tog`oldi rayonlarida uya ham qiladi. Qirg`ovul bizning mamlakatda 6 ta kenja tur shaklida tarqalgan. Bularga Zarafshon, Amudaryo, Xiva, Sirdaryo, Yettisoy qirg`ovullarini kiritish mumkin. Qirg`ovullar o‘troq xayot kechiradi. Poligam tur xisoblanadi. Kenja turlarning tarqalishi, soni xar xil. Bizning Buxoro viloyatida Zarafshon qirg`ovuli kenja turi yashaydi. Bu kenja tur O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Ammo keyingi yillarda regionda uning osni ortib bormoqda. Buni qishloq xo‟jaligi ekinlari tarkibini o‘zlashtirish bilan kimyoviy moddalarni ishlatilishini kamayganligi bilan bog`lash mumkin. Extimol bu qushni qizil kitobdan chiqarsa ham bo‘ladi. uni ko‘paytirishning ilmiy – biotexnik jixatlari ishlab chiqilishi va ma’lum kvatada ov qilinishi yo‘lga qo‘ysa ham bo‘ladi. Ishda keltirilgan tovuqsimonlar – ovlanadigan qushlar. Ular yana qishloq xo‘jaligiga zarar keltiruvchi xasharotlarni ham yeb foyda keltiradi. O‘zbekistonda tovuqsimonlar turkumi vakillari xayotini o‘rganish shu asosda ularning sonini ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanish dolzarb masaladir.