24
odatda funksional va ta‘minlovchi maqsadli kichik tizimlar (tizimosti)
ajratib koʻrsatiladi.
Funksional tizim osti
mahsulot yoki yuk oqimlarini (transportirovka,
saqlash, qadoqlash, zahiralarni boshqarish) va jamoat transportida
yoʻlovchi oqimlarini (avtomobilga chiqish uchun qulay yondashuvni
ta‘minlash, avtomobil kutish joyida xizmat koʻrsatish, yoʻlovchi tashish
va yoʻlda ularning xizmati, koʻchirish, yuklarni saqlash va boshqalar)
harakatlantirishda logistikaning asosiy vazifalarini optimal amalga
oshirish bilan bogʻliq boʻlgan elementlarni birlashtiradi.
Ta’minlovchi tizimosti
funksional quyi tizimlarni qoʻllab-
quvvatlashga qaratilgan. Uning elementlar bazasiga informatsion,
moliyaviy, ekspeditorlik, sugʻurta, ma‘lumotnoma, xavfsizlik, tibbiy va
boshqa funksiyalar kiradi.
Har qanday logistik tizimning eng muhim xususiyati uning
sinergiyasi
hisoblanadi. Bu xususiyat logistik tizimni tashkil etgan quyi
tizimlarning birgalikdagi harakati natijasida namoyon boʻladi. Bu
birikmaning umumiy ta‘siri barcha quyi tizimlar tomonidan alohida
yaratilgan effektlar yigʻindisidan yuqori boʻladi. Bu xossa birinchi bor
nemis olimi German Haken tomonidan nazariy asoslangan. Hayotda
ham koʻpincha sinergetika effektiga intilamiz, vaqt va xarajatlarni tejash
uchun u yoki bu harakatlarni (ishlarni) birlashtirishni rejalashtiriladi.
Transport dispetcheri mehnati bilan bogʻliq bir misol keltirish
mumkin. Unga oʻz vaqtida optimal boshqaruv qarorlar qabul qilish
uchun bir vaqtning oʻzida turli manbalardan sinxron kelayotgan
axborotlarga toʻliq ega boʻlishi zarur. Ushbu ma‘lumotni toʻliq olish,
lekin izchil yoki kech olish dispetcherga vaziyatni toʻliq tasavvur qilish
va eng yaxshi qaror qabul qilish imkoniyatini bermaydi.
Dostları ilə paylaş: