Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Logistikaning umumlashgan ta’rifini bering.
2. Logistikaning tarixiy ildizlari nimalardan iborat?
3. Logistikaning asosiy sohalari nimalardan iborat.
4. Logistikaning vazifalari nimalardan iborat?
5. Logistikada oʻrganish va nazorat qilish ob’yekti nima?
17
18
2 - BOB. LOGISTIK OQIMLAR. LOGISTIK
OPERATSIYALAR, TIZIMLAR VA ZANJIRLAR
2.1. Logistik oqimlar
Logistikada tahlil qilish, oʻrganish va boshqarishning asosiy obʻekti
logistik oqimlari hisoblanadi. Ular oʻzaro bogʻliq boʻlgan -
moddiy,
moliyaviy, xizmat koʻrsatish va axborot
oqimlari
majmuasini aks
ettiradi. Ushbu kompleks moddiy oqimlarga asoslangan boʻlib, ular
bilan barcha boshqa oqimlar tizimli aloqada boʻladi.
Demak, logistik oqimlar -
moddiy oqimlar;
axborot oqimlar;
servis oqimlar;
moliyaviy oqimlar.
Eng umumiy kontseptsiyada (ma‘noda) m o d d i y o q i m - bu
ishlab chiqarish korxonalariga kiradigan va ular ichida texnologik ishlov
berish siklidan oʻtadigan, asta-sekin tayyor mahsulotga aylanadigan xom
ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar boʻlib, uni iste‘molchilarga
yetkazib berish jarayonlari ham moddiy oqimlarni shakllantiradi.
Boshqacha soʻz bilan aytganda, moddiy oqimlar uch bosqichdan
oʻtadi: ishlab chiqarishgacha, ishlab chiqarish ichidagi va ishlab
chiqarishdan keyingi. Transport vositasi orqali tashiladigan material
oqimi mahsulot oqimi deb ataladi. Har qanday yuk tashish oqimi vaqt
birligidagi yuk hajmi va harakat yoʻnalishi bilan tavsiflanadi.
Logistik
zanjirning
asosida moddiy oqim, ya‘ni logistik jarayonning
boshidan oxirigacha harakatda boʻluvchi moddiy resurslar tashkil etadi.
Agar moddiy resurslar omborda saqlansa unda ular moddiy zahiraga
aylanadi.
Moddiy oqim qoʻyidagilarni oʻz ichiga oladi:
-
marketing tadqiqotlari asosida ma‘lum turdagi mahsulotga
boʻlgan talab oʻrganiladi;
19
-
soʻng ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan
moddiy resurslarni qidirish va xarid qilish boshlanadi (joyi, xajmi,
sifati va bahosi);
-
agar resurs talabga mos kelsa u ishlab chiqruvchining xom-
ashyo omboriga tashib keltiriladi;
-
soʻng mahsulot ma‘lum bir texnologiyaga amal qilingan
holda ishlab chiqiladi;
-
ishlab chiqarilgan mahsulot tayyor mahsulot omboriga tashib
boriladi;
-
soʻng tayyor mahsulot isteʻmolchiga yetkaziladi.
Jamoat yoʻlovchi transportida moddiy oqimlar yoʻlovchilar oqimi
deb tushuniladi. Ular shuningdek oʻziga xos xususiyatlarga ega va
hajmi, koʻlami (diapazoni), marshrutlari boʻyicha; shahar ichida, shahar
atrofi va shaharlararo aloqalarda transport vaqti boʻyicha;
foydalaniladigan transport vositalari turlari boʻyicha; sayohat shartlari
boʻyicha tasniflanadi.
Yoʻlovchi tashishning eng muhim koʻrsatkichi ularning kunning
vaqti, haftaning kunlari va yilning fasllari boʻyicha intensivligidir.
Axborot, moliyaviy va serviz (xizmat) oqimlari moddiy oqimlarga
nisbatan ikkilamchi hisoblanadi, chunki ular moddiy oqimlarga xizmat
qilish uchun moʻljallangan.
Logistika sohasida moliyaviy oqim - bu sotib olingan xom ashyo,
yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar, shuningdek, moddiy
oqimning harakatlanishi va oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan korxonalar
va tashkilotlarning xizmatlari uchun toʻlovlarni toʻlash uchun
mablagʻlarning yoʻnaltirilgan harakatidir. Moliyaviy oqim, qoida
tariqasida, moddiy oqim tomon (unga qarama-qarshi) yoʻnaltirilgan.
U moddiy oqimidan oldinda boʻlishi yoki oldindan belgilangan vaqt
oraligʻida undan orqada qolishi mumkin (mos ravishda, oldindan toʻlash
yoki kechiktirilgan toʻlov bilan toʻlash bilan). Bir qator kitoblarda ushbu
oqim material oqimining ―boshlangʻichi‖ deb nomlanadi, chunki uni
ishga tushirish odatda moddiy oqim harakati boshlanishining muhim
shartiga aylanadi.
20
S e r v i s o q i m - bu moddiy oqimning harakatlanish yoʻli
boʻylab amalga oshiriladigan xizmatlarning murakkab ketma-ket
toʻplamidir. Bunday xizmatlarga transport, toʻldirish va qadoqlash,
saqlash, yuklash, ekspeditsiya, vositachilik (bojxona yaqinida), sugʻurta,
xavfsizlik, axborot xizmatlari kiradi. Ushbu pullik xizmatlar, qoida
tariqasida, muntazam, davriy va bir martalik boʻlishi mumkin.
Moddiy, moliyaviy va xizmat oqimlarini samarali logistik
boshqaruvi zarur ma‘lumotlarni yigʻmasdan, tahlil qilmasdan va
uzatmasdan amalga oshirib boʻlmaydi.
I n f o r m a t s i o n l o g i s t i k o q i m deb moddiy va moliyaviy
oqimlarni tashkil etish va ragʻbatlantirish, serviz oqimlarida xizmatlar
koʻrsatish uchun turli xil aloqa kanallari orqali uzatiladigan xabarlar,
ma‘lumotlar, hujjatlar (qogʻoz, elektron shaklda) oqimiga aytiladi.
Axborot oqimidagi ma‘lumotlarning oʻz vaqtida yoki toʻliq olinmasligi,
ularning noaniqligi yoki buzilishi oʻzaro bogʻliq oqimlarning harakatida
uzilishlarni keltirib chiqarishi va katta yoʻqotishlarga olib kelishi
mumkin. Masalan, hujjatlar, guvohnomalar, bojxona deklaratsiyalarini
notoʻgʻri toʻldirilishi moddiy oqimlar harakatining kutilmagan
kechikishiga olib kelishi mumkin.
Logistik menejment kengashi (CLM) axborot oqimlari qondirishi
kerak boʻlgan quyidagi talablarni joriy qildi: xabarlarning ishonchliligi,
toʻgʻriligi, toʻliqligi va oʻz vaqtidaligi; texnik jihatdan ma‘lumotlarga
osonlikcha kirish imkoniyati (kompyuterlar va ularning dasturiy
ta‘minotining mosligini anglatadi); axborot sifatini nazorat qilish.
Barcha tavsiflangan logistik oqimlari bir-biri bilan chambarchas
bogʻliq va yagona yaxlit boshqaruv tizimiga muhtoj. Ular oʻzaro
munosabatlarining asoslari ushbu rasmda tasvirlangan.
2.1-rasm. Logistik oqimlarning oʻzaro munosabatlari
Dostları ilə paylaş: |