2.3. Logistik tizim turlari
Logistik tizim – u yoki bu logistika vazifasi va operatsiyalarni
bajaruvchi teskari aloqaga moslashtirilgan tizimdir. U qoidaga koʻra, bir
necha tizimlardan iborat va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqaga ega.
25
Nazariyadan ma‘lumki, har qanday tizim ikki yoki undan ortiq
elementlardan tashkil topadi.
Logistik tizimning tuzilishida quyidagi omillar hisobga olinadi:
- korxonalarning soni;
- omborlar soni;
- transport modellari;
- aloqa;
- axborot tizimi.
Logistik tizimlar quyidagi belgilariga ko`ra farqlanadi:
Koʻlami boʻyicha:
- mikroiqtisodiyot tizimlari (sanoat korxonasi doirasida);
- makroiqtisodiy tizimlar (mamlakat, hudud yoki mamlakatlar
guruhi koʻlamida);
- mezologistik tizimlar – alohida turdagi mahsulotlar yoki
mahsulotlar guruhlarining ta‘minoti, ishlab chiqarish va sotish alohida
tizimlarning majmuasi.
Tayyorlash va qoʻllash doirasi boʻyicha:
- logistik tizimlar va jarayonlarni tahlil qilish, rejalashtirish,
loyihalashtirish va konstruktiv rasmiylashtirish bo`yicha vazifalarni
tayyorlash;
- logistik jarayonlarni boshqarish, nazorat qilish va o`tkazish bo`yicha
vazifalarni amalga oshirish;
- logistik quvvatlar va tizimlar unumdorligining hisob-kitoblari
boʻyicha vazifalar.
Xizmatning belgilanishi boʻyicha:
- transport logistikasi (tashish, ortish, tushirish, qayta ortish,
omborga joylashtirish, taqsimlash);
- ishlab chiqarish logistikasi;
- savdo sohasidagi logistika;
- xizmat koʻrsatish sohasidagi logistika.
Jarayonga bogʻliq moddiy oqimlarning izchilligi boʻyicha;
- ta‘minotda logistika;
- ishlab chiqarishda logistika;
26
- ombor logistikasi;
- transport logistikasi;
- idishlarga joylashtitrish jarayonidagi logistika;
- mahsulotlarni sotish sohasidagi logistika;
- ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash logistikasi;
- ishlab chiqarish chiqindilarini yigʻish va qayta ishlash sohasidagi
logistika.
Logistikadan foydalanadigan sohalar boʻyicha:
- tadbirkorlik faoliyati;
- tibbiyot;
- harbiy ish;
- qurilish.
Ta‘minot (xarid qilish) logistikasi tadbirkorlik logistikasining
boʻlimi boʻlib, u quyidagi masalalarni qamrab oladi:
- bozorda kerakli xomashyo, materiallar, qismlar va hokazolarni xarid
qilish;
- qabul qilingan yuklarni rasmiylashtirish, ularni nazorat qilish va
hisobga olish;
- korxonaga kelgan yuklarni tashish va omborga joylashtirish.
Taqsimlash va sotish logistikasi tadbirkorlik logistikasining yakuniy
qismi hisoblanadi va buyurtmachi bilan ishlab chiqaruvchilarning
aloqasini ta‘minlaydi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- buyurtmalarning bajarilishini tashkil etish;
- omborga joylashtirish va tashish.
Logistik tizim quyidagi xususiyatlarga ega:
- bir butunlik va alohidalik;
- aloqalar;
- tashkil qilish;
- integrativ sifatlar;
Barcha transport majmuasi masshtabida yuk oqimlarini yagona
markazlashgan logistik tizim asosida boshqarishni tashkil etish inter va
multimodal tashish turlarini yanada samarali amalga oshirishga hamda
yagona optimallashgan transport konveyerini yaratishga imkon beradi.
27
Logistik tizim asosida ekspeditorlik, saqlash va boshqa yordamchi
operatsiyalar markazlashadi, yuqori malakali transport, operatorlik va
boshqa kompaniyalar vujudga keladi va mamlakat transport majmuasi
infrastrukturasining ratsional rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi.
Transportni hududiy boshqarish – logistik tizimi konsepsiyasi va
texnologiyasi ishlab chiqilsa, ushbularni amalga oshirish mumkin:
- yuk oqimlarini boshqarish;
- temir yoʻlda yuk tashuvchilar va boshqa transport turlarining texnik
imkoniyatlarini bogʻlash;
- yuklarni bir transport turidan ikkinchi transport turiga qayta ortish va
vagonlarni turib qolish vaqtini tejash va yuklarni ortish-tushirish
vaqtini tejash va samarali ta‘minlash;
- multimodal tashishlarda barcha transport turlari qatnashchilarining
manfaatlari koʻzlanadi;
- hududiy muammolar e‘tiborga olinadi.
Yuqoridagi masalalarning hal qilinishida logistik markaz yuklangan
vagonlarning kelishini boshqa transport turlari kelishi vaqtiga
muvofiqlashtiradi.
Taklif etilgan logistik markaz konsepsiyalari yaqin vaqtda ortilgan
vagonlar oqimini o`tkazish bilan bog`liq muammolarni bartaraf etishga
imkon beradi. Boshqa transport turlarida qayta ishlov berish imkonini va
xalqaro transport yo`lkalarining raqobatbardoshligini oshiradi.
Transport logistik tizimi (TLT) samarali xizmat koʻrsatishi uchun
logistik-axborot tizimi quyidagi
mezonlarga
javob berishi lozim:
oddiylik – logistik axborotlarga yengil va oddiy yondoshish;
aniqlik – transport terminallarida joriy operatsiyalarni,
buyurtmalarni
bajarishdagi
jarayonning
oʻzgarishi
yuk
konsolidatsiyasi haqidagi axborotlarni aniq aks ettirish;
egiluvchanlik – transport-logistik zanjirdan foydalanuvchilar va
mijozlarning ma‘lumotlarga talabini boshqara olish qobiliyati;
hisobot ma‘lumotlarini samarali rasmiylashtirish – ma‘lumotlar
kompyuter monitorlari va hisobotda qulay shaklda boʻlishi
lozim.
28
Logistik tizimlar
makro, mikro, mezologistik
tizimlarga boʻlinadi.
Makrologistik tizim
– mamlakatdagi savdo, transport, sanoat,
vositaviy korxonalarni qamrab oluvchi materiallar oqimini boshqaruvchi
yirik tizimdir.
Makrologistik tizim biror bir mamlakatning aniq iqtisodiy
infrastrukturasini oʻzida aks ettiradi.
Makrologistik tizim quyidagi koʻrsatkichlarga qarab tavsiflanadi:
- mamlakatning ma‘muriy-hududiy boʻlinish belgisiga koʻra;
- tuman, tumanlararo, shahar, viloyat va viloyatlararo;
- mintaqaviy, mintaqalararo, respublika va respublikalararo;
- funksional – obyekt belgisiga koʻra;
- korxona, soha, korxonalararo, sohalararo, harbiy, institutsional va
h.k.
Mikrologistik tizim makrologistik tizimning tarkibiy qismlari,
tizimchalari hisoblanadi. Unga har xil ishlab chiqarish, savdo
korxonalari, hududiy ishlab chiqarish majmualari kiradi.
Mikrologistik tizim ichki (ishlab chiqarish ichidagi), tashqi va
integratsiyalashgan turlarga boʻlinadi.
Ishlab chiqarish ichidagi logistik tizimlar mahsulot ishlab
chiqarishning texnologik sikli doirasida materiallar oqimini boshqarishni
optimallashtiradi. Ishlab chiqarish ichidagi
logistik tizimning asosiy
vazifasi
– yakunlanmagan ishlab chiqarish va material resurslar
zahiralarini kamaytirish, firmaning kapital aylanishini tezlashtirish, uzoq
muddatli ishlab chiqarish davrini kamaytirish, material resurslar zahira
darajasini nazorat qilish va boshqarish, texnologik (sanoat) transport
ishini optimallashtirish. Ishlab chiqarish ichidagi logistik tizim ishini
optimallash mezoni mahsulot tannarxini va tayyor mahsulot sifatini
berilgan darajada ta‘minlash, uzoq muddatli davrni minimallash
hisoblanadi.
Mezologistik tizimlar
. Odatda davlatning xoʻjalik faoliyati
makroekonomika deb yuritiladi. Bu tushuncha mustahkam iqtisodiy
aloqalar bilan bogʻlangan mamlakatlarning xoʻjalik faoliyatini tavsiflash
uchun ishlatiladi. Oxirgi yillarda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda va
butun jahon amaliyotida yagona logistik tizimga bogʻlangan
29
korxonalarning katta guruhlaridan konglomeratlar tuzish jarayoni
kuzatilmoqda. Konglomeratlar moliya–sanoat guruhlar korporatsiyasi
hisoblanadi, bunda kapitallar birlashishi nazarda tutiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan korporatsiyalar (bir mamlakatda) va transmilliy,
ya‘ni bir nechta mamlakatlar xoʻjalik faoliyatini birlashtiruvchi boʻlishi
mumkin. Har xil darajadagi shunday konglomeratlar tashkil boʻlish
jarayoni korporativlash nomini oldi. Moliyaviy kapital sohasida ham
yirik xalqaro banklar birlashuvini yaratish, korporativlash jarayoni
kuzatilmoqda.
Bunday xoʻjalik faoliyati iqtisodiyotning oʻrta boʻgʻini –
mezoiqtisodiyot sohasining yaratilishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |